Gaz neft quvurlari va gaz neft omborlari fani bo‘yicha

Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Gaz neft quvurlari va gaz neft omborlari" fanining namunaviy dasturi talablari asosida tayyorlangan. Kitobda gaz va neft quvurlari hamda omborlarining texnologik jarayonlari, ularning klassifikatsiyasi, loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish, sinash va ularni saqlash kabi masalalar chuqur yoritilgan. Asosiy e'tibor talabalarga gaz va neft sanoatining dolzarb muammolarini yechishga, zamonaviy texnologiyalarni qo'llashga o'rgatishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • 1-mavzu. Gaz neft quvurlari va gaz neft omborlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar.: Fanning vazifalari va boshqa fanlar bilan bog‘lanishi, zamonaviy holati va kelajagi, O‘zbekiston Respublikasida gaz neft sohasining rivojlanishi. Gaz neft quvurlari va omborlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishning asosiy muommolari. O‘zbekiston Respublikasida gaz neft ta’minotining kelajakdagi rivojlanishini istiqbollari.
  • 2-mavzu. Gaz, neft mahsulotlarini fizik xususiyatlari.: Gaz va neft mahsulotlarining asosiy harakteristikasi. Gaz, neft mahsulotlarini fizik xususiyatlari: solishtirma og‘irligi, qovushqoqligi, issiqlik sig‘imi, bug‘lanishi, qotib qolish harorati, kengayish koeffitsienti, yonish harorati, portlanuvchanligi.
  • 3-mavzu. Suyultirilgan gazlarning asosiy tasniflari va ularni saqlash.: Suyultirilgan gazlarning asosiy tasniflari. Suyultirilgan gazlarning zichligi. Suyultirilgan gazlarning xosliklari. Suyultirilgan gazlarni saqlash va ularning sxemalari. Suyultirilgan gazlarning rezervuarlari. Rezervuarlarning joylashtirish qoidalari.
  • 4-mavzu. Neft va gaz qazilmalari.: Gaz, neft qazilmalarining turlari. Neft va gaz qazilmalarida olib boriladigan jarayonlar. Gaz, neft qazilmalarida neft va gazni yig‘ish qurilmalari.
  • 5-mavzu. Gaz neft magistral quvurlari.: Gaz neft magistral quvurlari. Magistral quvurlarning klassifikatsiyasi. Magistral gaz quvurlarning o‘tkazish usullari. Ularning sxemalari. Magistral neft quvurlari. Magistral quvurlarni loyihalash. Magistral quvurlarni loyihalashdagi vazifalar. Magistral quvurlarning gidravlik hisobi. Neft quvurlarining maqbul diametrini tanlash.
  • 6-mavzu. Gaz neft quvurlari va armaturasi.: Gaz neft mahsuloti ishlatiladigan quvurlar. Quvurlar armaturasi turlari va ularning vazifalari. Zadvijkalar, ventillar, kranlar. Gaz-quvurlari va armaturasi. Gazni transportida ishlatiladigan quvurlar. Quvurlar armaturasi turlari va ularning vazifalari. Zadvijkalar, ventillar, kranlar. Gaz neft-quvurlarining montaji. Yer tagida va yer ustida joylashgan gaz neft- quvurlarining montaji
  • 7-mavzu. Gaz taqsimlash stantsiyalari va gaz neft omborlari.: Gaz taqsimlash stantsiyalarining tuzilishi va undagi uskunalar. Gaz neft omborlari. Gaz neft mahsulotlari omborlarining turlari. Gaz neft mahsulotlari omborlarida olib boriladigan asosiy operasiyalar.
  • 8-mavzu. Gaz neft omborlarini loyihalash.: Neft bazalarini loyihalash. Umumiy kerakli ma’lumotlar. Loyihalash uchun vazifa. Qurilish maydonini tanlash tartibi. Qurilish uchun maydon tanlash va kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni tayyorlash. Gaz neft omborlarining bosh rejasi. Ularda bo‘ladigan jarayonlarning klassifikatsiyasi. Neft omborlaridagi neft mahsulotlarini sarfining nazorati. Neft omborlaridagi neft mahsulotlarini uzatishdagi sarfini nazorati qilish.
  • 9-mavzu. Neft va neft mahsulotini yetkazib berish.: Qabul qiluvchi va tarqatuvchi uskunalar. Vagon-tsisternalar. Vagon tsisternalarning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichi. Neft va neft mahsulotini to‘kish tizimlari. Vagon-tsisternalardan neft mahsulotlarini to‘kish tizimlari. Nasos yordamida to‘kish. Bosim ostida to‘kish. To‘kish davomiyligi normalari.
  • 10-mavzu. Neft va neft mahsulotlarini tashish bo‘yicha asosiy ma’lumotlar.: Neft va neft mahsulotlarini quvur transportida tashishda texnologik va iqtisodiy hisoblashlar. Neft va neft mahsulotlarini tashish. Neft va neft mahsulotlarini temir yo‘l, avtomobil va suv transportida tashish. Gaz mahsulotlarini tashish. Gaz mahsulotlarini temir yo‘l, avtomobil va suv transportida tashish.
  • 11-mavzu. Neft va neft mahsulotlarining nasos stantsiyalari.: Neft va neft mahsulotlarining nasos stantsiyalarining ishlashi. Neft va neft mahsulotlarini magistral quvur bo‘yicha haydash.
  • 12-mavzu. Gaz neft mahsulotlari rezervuarlari.: Gaz neft mahsulotlarini saqlash rezervuarlari. Rezervuarlarning umumiy ma’lumotlari va klassifikatsiyasi. Neft mahsulotlari rezervuarlari. Yer ustida joylashgan metall rezervuarlar turlari. Ularning tuzilishi. Po‘lat vertikal silindrik rezervuarlar va boshqa shakldagi metalli rezervuarlar. Metall bo‘lmagan rezervuarlar va ularning tavsiflari.
  • 13-mavzu. Optimal trassani har xil sharoitlarda tanlash.: Sun’iy va tabiiy to‘siqlarni o‘tishda quvurlarni joylashtirish. Quvurlarni qiyin sharoitda qurish shartlari. To‘siqlarning klassifikatsiyasi. Quvurlarni tog‘ sharoitlarda joylashtirish usullari. Temir yo‘l va avtomobilь yo‘llaridan quvurlarni joylashtirish ishlari, cho‘l sharoitlarida joylashtirish va qurish ishlari.
  • 14-mavzu. Quvurlarni korroziya qarshi himoyalash.: Quvurlarni korroziya qarshi himoyalash usullari. Quvurlarning ichki qismini tozalash. Magistral gaz-neft quvurlarni tozalash. Quvurlarning ichki qismini tozalash sxemalari.
  • 15-mavzu. Quvurlarni sinash.: Magistral gaz-neft quvurlarni sinash usullari. Magistral gaz-neft quvurlarni mustahkamligini sinash