Innоvatsiоn iqtisоdiyot

Kitobda "Innovatsion iqtisodiyot" faniga kirish, innovatsiyalar nazariyasi: texnologiya va samaradorlik, innovatsiyalarning endogen xususiyatlari, tanlov va sanoatning rivojlanishi, texnologiyalar konsortsiumi va innovatsiyalar, innovatsiyalarning iqtisodiy ahamiyati, innovatsiyalarning sohalar bo'yicha turlari, bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil etish, innovatsiyalar jarayonining chiziqli modeli, innovatsiyalar va tadbirkorlik, innovatsion siyosat, jahon tajribasini o'rganish, innovatsiyalar va iqtisodiy rivojlanish va boshqa mavzular chuqur o'rganilgan. Shuningdek, "Innovatsion iqtisodiyot" fanining dolzarb muammolari va ularning yechimlari haqida ham so'z yuritilgan. Kitob oxirida nazorat savollari, takrorlash uchun savollar va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Innovatsiyalar nazariyasi: texnologiya va samaradorlik: Innovatsiyalar to'g'risida umumiy tushunchalar, innovatsiyalar nazariyasi, innovatsion rivojlanishning mohiyati va mazmuni, bilimlarga asoslangan iqtisodiyot va uning xususiyatlari, innovatsion jarayon modellari va amal qilish qonuniyatlari.
  • Innovatsiyalarning endogen xususiyatlari: Bozor tuzilmasi va uning yangi texnologiyalar rivojlanishiga ta'siri, Endogen o'sish nazariyasi va kapital jamlanishi ta'siri, bilim diffuziyasi, innovatsion faoliyat rivojlanishida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o'rni.
  • Tanlov va sanoatning rivojlanishi: Yuqori texnologiyali majmualarning mazmuni va mohiyati, Innovatsion va sanoat rivojlanishi, Innovatsiyalarni amalga oshirishda tanlovning ahamiyati, Innovatsion faoliyatning bugungi infratuzilmasi, Yuqori texnologiyalarni joriy etishni rag'batlantirish, Yangi mahsulotni o'zlashtirishda kapital xarajatlar va risk darajasini pasaytirish, Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida innovatsion faoliyat.
  • Texnologiyalar konsortsiumi va innovatsiyalar: Texnologiyalar transferi to'g'risida umumiy tushunchalar, Texnologiyalar konsortsiumining innovatsiyalarga ta'siri, Jarayonlar bo'yicha innovatsiyalar.
  • Innovatsiyalarning iqtisodiy ahamiyati: Korxona innovatsion salohiyati, Innovatsiyalarning mamlakat iqtisodiyotidagi o'rni, Milliy sanoat tarmoqlarini rivojlanish bosqichlari, Respublika sanoat-tarmoqlarining iqtisodiy o'sishdagi ustuvor vazifalari, O'zbekistonda sanoat-innovatsion strategiyasini rivojlantirish yo'llari.
  • Innovatsiyalarning sohalar bo'yicha turlari: Xizmatlar sohasidagi innovatsiyalar, Marketing innovatsiyalari, Narxlarni shakllantirishdagi innovatsiyalar, Tashkiliy va biznesni yuritishdagi innovatsiyalar.
  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil etish: Innovatsion faoliyat jarayonining chiziqli modeli, Innovatsion korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyatini ta'minlash yo'llari.
  • Ilmiy-texnika taraqqiyoti va uni boshqarish: Ilmiy texnika taraqqiyotini boshqarishning davlat siyosati, mohiyati va uning bosh maqsadi, Ilmiy texnika taraqqiyotini boshqarishning huquqiy asoslari va innovatsion siyosat yo'nalishlari.
  • Intellektual mulk, intellektual mulkni shakllantirish va boshqarish: "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar" to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, Patent huquqining rivojlanish tarixi, Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida intellektual mulkni O'zbekistonda muhofazalash, Butun jahon intellektual mulk tashkiloti.
  • O'zbekistonda milliy innovatsion tizim: O'zbekistonda milliy innovatsion tizimning shakllanishi, Innovatsiyaga asoslangan iqtisodiy tizimning xususiyatlari, O'zbekistonda milliy innovatsion tizimning rivojlanish istiqbollari, O'zbekiston Respublikasida texnologik va sotsiogenetik innovatsiyalar.
  • Innovatsion marketingda tovar va xizmatlarni strategik yo'nalishlari: O'zbekiston Respublikasida zamonaviy innovatsion marketing strategiyalari, Innovatsion marketingda innovatsion strategiyalarning ahamiyati.
  • Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalash: "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, Intellektual mulk va kapitalning shakllanishi, Ilmiy kashfiyotlar, Kashfiyot obektlari, Kashfiyotni aniqlash tartiblari.
  • Patentlar va patent axborotlarini izlash: Patent, litsenziya va sertifikat olish uchun patent byurosiga ariza berish, Chet elda patentlash, Litsenzion shartnoma haqida tushuncha.
  • Sanoat namunalari va selektsiya yutuqlari innovatsion rivojlanishning boshqaruv ob'ekti sifatida: Sanoat namunalari va selektsiya yutuqlari, San'at namunasining patentga layoqatlilik shartlari, San'at namunasiga talabnomalarning tuzilishi va patentlash tartibi.
  • Innovatsion iqtisodiyotda menejment strategiyalari: Zamonaviy innovatsion strategiyalar va innovatsiyalar marketingi, Innovatsion marketingni shakllantirishning kontseptual asoslari.
  • Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi: Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimining ahamiyati, Innovatsion dastur.
  • Innovatsion sohada kadrlarni boshqarish mexanizmi: Innovatsion strategiyaning mohiyati va turlari, Korxonalarda innovatsion faoliyatni boshqarish, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi, Innovatsion sohada kadrlarni boshqarish mexanizmi.
  • Innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalga oshirishda klaster usullarini qo'llash zaruriyati: Innovatsion g'oya, ishlanma va texnologiyalarni xalq xo'jaligiga transfer qilishda klaster usullaridan foydalanish, Innovatsion faoliyani davlat tomonidan tartibga solish.