Avtomobil yo‘llanini jihozlash

Mazkur oʻquv-uslubiy majmua “Avtomobil yoʻllarini jihozlash” fanidan tayyorlangan boʻlib, unda yoʻl harakatini tashkil etish texnik vositalari, yoʻl belgilari, yoʻl chiziqlari, svetoforlar va sunʼiy noravonliklar kabi yoʻl jihozlarining turlari, vazifalari, qoʻllanilishi va oʻrnatilishi boʻyicha batafsil maʼlumotlar berilgan. Shuningdek, yoʻl taʼmirlash ishlari jarayonida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan tadbirlar hamda yoritish tizimlarining loyihalash asoslari atroflicha oʻrganilgan. Kitobda keltirilgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi standartlari va xalqaro tajribalarga asoslangan.

Asosiy mavzular

  • Yoʻl boʻlaklarida koʻkalamlashtirish: Avtomobil yoʻllarini koʻkalamlashtirishning turlari va vazifalari, ularni qoʻllash qoidalari, meʼmoriy yechimlar va dizayni, shuningdek, ekiladigan daraxtlar va butalarni tanlash mezonlari, ularni ekish va parvarishlash usullari hamda qoʻllaniladigan texnik vositalar haqida maʼlumot beradi. Yoʻlning xavfsizligini, estetik koʻrinishini hamda ekologik holatini yaxshilashda koʻkalamlashtirishning ahamiyati yoritilgan.
  • Yoʻl toʻsiqlari va ularni oʻrnatishda qoʻyiladigan talablar: Yoʻl toʻsiqlarining vazifalari va tasnifi, ularning turlari (yoʻnaltiruvchi, toʻxtatuvchi, chegaralovchi va boshqalar) hamda ularni oʻrnatishda qoʻyiladigan talablar haqida maʼlumot beradi. Jumladan, harakatni tartibga soluvchi turli toʻsiqlar (baryerlar, parapetlar, bordyurlar), yoʻl oʻtkazgichlar va koʻpriklarda qoʻllaniladigan toʻsiqlar, piyodalar toʻsiqlari hamda ularning konstruktiv xususiyatlari batafsil tahlil qilingan.
  • Yoʻl belgilari va ularni oʻrnatishda qoʻyiladigan talablar: Yoʻl belgilari va chiziqlarining turlari, vazifalari, qoʻllanilishi, tayyorlanish usullari hamda ularni oʻrnatishda qoʻyiladigan talablar, joylashish meʼyorlari va zonalari haqida batafsil maʼlumot beradi. Shuningdek, harakat sharoitiga qarab yoʻl belgilarini tanlash va ularni tahlil qilish uslublari koʻrib chiqilgan.
  • Yoʻl taʼmirlash ishlari bajarilayotgan joylarni jixozlash: Yoʻl taʼmirlash ishlari bajarilayotgan hududlarni jixozlash uchun qoʻllaniladigan yoʻl harakatini tashkil qilishning texnik vositalari (yoʻl belgilari, svetoforlar, ogohlantiruvchi sharlar, konuslar, toʻsiqlar va boshqalar) haqida maʼlumot beradi. Ishni bajarish tartibi, mavjud texnik vositalar va ularni qoʻllash qoidalari batafsil yoritilgan.
  • Yoʻl harakatini tashkil etishning umumiy prinsplari: Yoʻl belgilari va yoʻl chiziqlarini joylashtirishning umumiy printsiplari, harakatni boshqarish vositalari, ularning turlari va vazifalari, hamda ularni oʻrnatishda qoʻyiladigan talablar haqida batafsil maʼlumot beradi.
  • Svetoforlar va ularning konstruktsiyalari: Svetoforlarning turlari, ularning vazifalari, konstruktsiyalari hamda ularni oʻrnatish qoidalari va texnik xususiyatlari haqida maʼlumot beradi. Harakatni tartibga solishda turli turdagi svetoforlarning qoʻllanilishi va ularning joylashtirish sxemalari koʻrib chiqilgan.
  • Sunʼiy noravonliklar: Sunʼiy noravonliklarning turlari, ularning konstruktiv xususiyatlari, qoʻllanilishi va oʻrnatish qoidalari haqida batafsil maʼlumot beradi. Jumladan, monolit va yigʻma-echiladigan konstruksiyalar, ularning oʻlchamlari va qoʻllaniladigan joylari haqida maʼlumotlar keltirilgan.
  • Yoritish tizimi: Avtomobil yoʻllarini yoritish tizimi, yoritish usullari, yoritish moslamalari, ularning turlari, konstruktiv xususiyatlari va ularni joylashtirish boʻyicha talablar haqida maʼlumot beradi. Yoʻl va uning hududlarini yoritish meʼyorlari va standartlari ham yoritilgan.