Yo‘l qurilishi materiallari I.II
Ushbu kitob "Yo'l qurilishi materiallari" fani bo'yicha talabalarga yo'l qurilish materiallarining fizik, mexanik va kimyoviy xossalari, ularning turlari va qo'llanilish sohasi, sifatini aniqlash va nazorat qilish usullari, hamda ularni tayyorlash texnologiyasini o'rganishga qaratilgan. Kitobda asfaltbeton, sementbeton, polimer materiallar, yog'och materiallari va boshqa qurilish materiallari haqida keng ma'lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- 1-mavzu. Avtomobil yo‘llarini qurishda yo‘l qurilish materiallarining o‘rni va ahamiyati: O‘zbekiston Respublikasida qurilayotgan yangi avtomobil yo‘llari va ularda yo‘l qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyojlar. Yo‘l qurilish materiallarini yo‘l to‘shamalarida ishlash sharoitlari va ularga qo‘yilgan umumiy talablar. Tegishli me’yoriy hujjatlar haqida ma’lumotlar.
- 2-mavzu. Avtomobil yo‘llarini qurishda yo‘l poyi gruntlariga qo‘yilgan me’yoriy talablar.: Yo‘l poyi gruntlariga Xalqaro standartlar bo‘yicha qo‘yilgan me’yoriy talablar. Yo‘l poyi gruntlarining klasifikatsiyasi. Yo‘l poyi gruntlarining fizik mexanik xossalari. Toshli gruntlar xossalari. Gilli gruntlar xossalari.
- 3-mavzu. Gruntlarni zichlash va uni alohida usullari: Yer ishlarini bajarish muddati. Gruntlarni zichlash va uni alohida usullari. Gruntlarni zichlovchi mexanizmlar turlari va ularni ish jarayonida qo‘llanilishi, zichlovchi mexanizmlarni tanlash.
- 4-mavzu. Tog‘jinslarini kelib chiqishi bo‘yicha turlari.: Jins hosil qiluvchi minerallar. Tog‘jinslarining tavsifi xaqida umumiy ma’lumotlar. Tog‘jinslarining kelib chiqishi bo‘yicha tasnifini ularning asosiy fizika-mexanik xossalari bilan bog‘liqligi. Asosiy magmatik, cho‘kindi va metamorfik tog‘jinslarining texnik tavsifi. Magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘jinslaridan olinadigan tosh materiallarning turlari va qurilish xususiyatlari.
- 5-mavzu. Tosh maydalash zavodlari.: Tosh maydalash zavodlarining turlari. Tosh maydalash zavodlarining ishlash texnologiyasi. Chaqilgan tosh materiallarini fraksiyalarga ajratish. Shag‘al-qum aralashmalarini boyitish. Chaqiq tosh materiallari va ularning turlari. Chaqiq tosh materiallarini ishlab chiqarish texnologiyasi.
- 6-mavzu. Mineral bog‘lovchi materiallar va ularning qurilish xossalari.: Mineral bog‘lovchi materiallar haqida umumiy tushuncha. Mineral bog‘lovchi materiallarning qotish sharti bo‘yicha tasnifi. Havoiy ohak va uning xossalari. Gips bog‘lovchi maternali va unnng xossalari. Magnezial bog‘lovchilar va suyuq shisha xossalari Gidravlik bog‘lovchi materiallar.
- 7-mavzu. Polimer materiallar.: Polimer materiallar haqida tushuncha va ularning tasnifi. Polimerlar. Termoplastlar, reoktoplastlar, plastmassalar va ularning xossalari. Polimerbetonlar va polimer moddalar xomashyosi. Mayda tuyilgan to‘ldirgich polimerlar, stabilizator, qotirgich, pigmentlar va ularnnng xossalari. Yo‘l va aerodrom qoplamalarini belgilash uchun markirlovchi rangli polimer materiallar.
- 8-mavzu. Avtomobil yo‘llari qurilishida ishlatiladigan bo‘yoq va laklar: Bo‘yoqlar haqida umumiy ma’lumotlar. Lak va bo‘yoq materiallarni tashkil et uvchilari. Yo‘l qurilishida ishlatiladigan lak va bo‘yoq materiallar. Lak va bo‘yoq materiallarni asosiy xossalari.
- 9-mavzu. Portlandsementning tarkibi xossalari: Portlandsement tayyorlash texnologiyasi asoslari. Portladsementning mineralogik tarkibi va qotishining asosiy nazariyasi Sement toshi korroziyasi. Portlandsementning xossalari va uning qo‘llanilishi. Portlandsementning maxsus turlari: tez qotuvchi portlandsement, toshqolli portlandsementlar.
- 10-mavzu. Sementbeton qorishmalari.: Sementbeton haqida ma’lumot. Semenbetonning tasnifi va ularga bo‘lgan asosiy texnik talablar. Sementbeton turlari va xossalari. Sementbeton qorishmasining tarkibi. Beton ishlari texnologiyasi. Oddiy og‘ir beton uning xossalari. Beton uchun ishlatiladigan materiallar (sheben, qum. sement, qo‘shimchalar, suv) ga bo‘lgan talablar.
- 11-mavzu. Sementbeton qorishmasini tayyorlash texnologiyasi.: Sementbeton qorishmasi uchun tarkibni tanlashning ahamiyati. Sementbeton qorishmasi uchun tarkib ishlab chiqishga bo‘lgan talablar. Sementbeton qorishmasi uchun nominal tarkib tanlash. Sementbeton qorishmasi tarkibini korrektirovka qilish.
- 12-mavzu. Sementbeton qorishmasi tayyorlash zavodlari.: Sementbeton tayyorlash zavodlariga qo‘yilgan me’yoriy talablar. Sementbeton qorishmasini tayyorlash zavodlarida bog‘lovchi va inert materiallar saqlash omborlari. Sementbeton qorishmasini tashishga qo‘yilgan me’yoriy talablar.
- 13-mavzu. Betonning maxsus turlari.: Yo‘lbop sementbeton va unga bo‘lgan talablar. Og‘ir betonning maxsus turlari. Yengil betonlar va ularning xossalari. Betonning maxsus turlari. Sementbeton qorishmasiga qo‘shiladigan qo‘shimchalar. Sementbeton asoslari va qoplamalarni parvarishlash.
- 14-mavzu. Temirbeton.: Temirbeton haqida umumiy ma’lumotlar. Temirbeton maxsulotlar tasnifi. Yo‘lbop temirbeton maxsulotlarini ishlab chiqarish. Temirbeton maxsulotlarni ishlab chiqarishning texnologik sxemasi. Yig‘ma beton va temirbeton maxsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasining o‘ziga xosligi.
- 15-mavzu. Temirbeton maxsulotlarni sifatini baholash.: Temirbeton maxsulotlarini qotishini belgilanish darajalari. Temirbeton maxsulotlarini sifatini boshqarish va optimallashtirish texnologiyasi.