Bronxial astma rivojlanishining genetik va immunologik asoslari
Mazkur monografiya bronxial astma (BA) xastaligini, uning rivojlanishidagi genetik va immunologik omillarni chuqur o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda zamonaviy tadqiqotlar natijasida olingan ma'lumotlar asosida BA xastaligining mohiyati, uni tashxislash, davolash va oldini olishning dolzarb muammolari atroflicha ko'rib chiqilgan. Kitobda o‘zbek populyatsiyasida BA bilan xastalangan bemorlarda olib borilgan tadqiqot natijalari, xususan, oilalarda bu kasallikning irsiy moyilligi, genetik omillarning roli, immunologik o'zgarishlar va genetik markerlarning ahamiyati atroflicha tahlil etilgan. Shuningdek, bronxial astmani erta tashxislash, prognozlash va davolashda qo'llaniladigan usullar, jumladan, molekulyar-genetik va immunologik tadqiqotlar yoritilgan. Monografiya tibbiyot xodimlari, xususan, pulmonologlar, allergoлогlar, umumiy amaliyot shifokorlari, magistrlar, klinik ordinatorlar va talabalar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Bronxial astmaning klinik va geneologik tekshirishlar asoslari: Mazkur bobda bronxial astmaning jahondagi asosiy muammolaridan biri ekanligi, uning davolashda erishilgan muvaffaqiyatlarga qaramay, bemorlarning nogiron bo'lishi va vafot etishi qayd qilinayotganligi, davolashda erishilayotgan yutuqlarga qaramay, xastalik ustidan to'liq nazoratga erisha olmayotganligi va shu sababli ularda xastalikni qo'zish xavfi yuqori bo'lishi ta'kidlangan. Shuningdek, BA ni davolashda xastalikni avj olishi va qo'zishini rivojlanishiga sababchi omillarni chuqur tahlil qilishni va xastalikni klinik va biologik fenotiplarini hisobga olgan holda BA ga maqsadli davolashni ishlab chiqish talab etilishi, Venzel tomonidan taklif qilingan tasnif asosida BA fenotiplarini aniqlash va GINA tomonidan berilgan ta'rif asosida bronxial astma xususiyatlari tahlil qilingan.
- Bronxial astma rivojlanishining immunologik asoslari: Bobda bronxial astma rivojlanishida sitokinlarning patogenetik ahamiyatini o'rganishga qaratilgan tadqiqotlar, BA ko'p omilli xastalik bo'lib, uning asosida ko‘pgina ta’sirlovchilarga (immunologik, infeksion, jismoniy va boshqalarga) bronxlarni giperreaktivligi yotadi. Bu tashqi patogen omillar va organizm ichki nuqsonlarini qo‘shilishi natijasida yuzaga kelishi, BA xastaligi rivojlanishining barcha xavf omillarini ikkita guruhga, ya’ni ichki va tashqi omillarga ajratish, ichki omillar xastalikga beriluvchanlik tug‘diradi, tashqi omillar xastalikni paydo bo‘lishiga olib keladi. Ichki omillarga genetik omillar, atopiya, bronxlar giperreaktivligi, jins, semirish kiradi. BA xastaligini yuzaga kelishida ichki omillar birontasi 100 % ahamiyatga ega emas, ammo tashqi omillar ta’sir qilganda xastalanish ehtimoli oshadi. BA ta’rifi bo‘yicha xastalik asosida bronxial obstruksiyaga olib keluvchi surunkali yallig‘lanish va bronxlar giperreaktivligi yotadi. HAMMASiga ma'lumki, boshqa xastaliklar kabi BA xastaligi klinik ko‘rinishi xarakterini ma’lum darajada xastalik patogenetik rivojlanishining xususiyatlari belgilaydi. Shu tufayli BA yoritilgan ilmiy ishlarda bu xastalikning rivojlanish patogenezida immunologik holatining o‘rni keng muhokama qilinadi. Bronxial yallig‘lanish yuzaga kelishida IgE asosiy rol o‘ynaydi va bu xastalikni patogenetik asosi bo‘lib hisoblanadi, bu esa oilaviy BA xastaligini rivojlanishida genetik omillarning ahamiyatini ko‘rsatadi.
- Bronxial astma rivojlanishining molekulyar-genetik tamoyillari: Mazkur bobda multifaktorial xastaliklar (ko‘p omilli) insonlarda eng ko‘p tarqalgan xastaliklar guruhi bo‘lib, ular insonda uchraydigan xastaliklarning 93% ga yaqinini tashkil qiladi va bu xastalik juda keng klinik polimorfizmga ega bo‘lishi bilan tavsiflanadi. BA xastaligi ham ana shunday multifactorial xastaliklardan biri hisoblanib, xastalik rivojlanishida ichki (genetik) va tashqi muhit omillari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunda organizmdagi mutant genlar va tashqi muhit omillarining ta’sirlari natijasida bir emas, balki genning bir nechta lokuslar mutatsiyaga uchraganligi uchun poligen (ko‘p genli) xastaliklar ham deb ataladi. Mutant genlarning natijasi har doim emas, balki ma’lum tashqi muhitning sharoitlari natijasida fenotipik ko‘rininshi yuzaga chiqqanligi uchun ularni yana irsiyatga moyil xastaliklar deb ham nomlanadi. Xastalikga irsiy beriluvchanlik faqat qo‘zg‘atuvchi tashqi muhit omillari ta’sir qilgandagina ruyobga chiqishi mumkin. Tashqi muhitning har qanday odatdagi xavf omillari qo‘zg‘atuvchi omil bo‘la olishi mumkin. Multifaktorial xastaliklarda patologik fenotip barcha irsiyatida o‘zgarish bo‘lgan shaxslarda yuzaga kelavermaydi, balki mutant genlar va tashqi muhit omillarining qo‘shilgan yig‘ma natijasi ma’lum bir chegaradan o‘tsagina yuzaga kelishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda multifaktorial xastaliklarda organizmda patologik genotip bo‘lishiga qaramasdan insonlar fenotipik jihatdan soppa-sog‘lom bo‘lib qolishi mumkin. O‘tkazilyotgan zamonaviy genetik tadqiqotlar natijalari shuni darak beradiki, BA xastaligi patogenezida allergik yallig‘lanishni rivojlanishi irsiy beriluvchanlikni va ma’lum genlarning rolini tushinish imkoniyatlarini beradi. Bugungi kunda molekulyar genetika sohasini erishgan muvaffaqiyatlari tufayli BA xastaligiga beriluvchanlik shakllanishiga javobgar genlarning polimorfizmi va xromosomada joylashgan joyini aniqlashning imkoniyati yuzaga keldi. Boshqa har qanday multifaktor xastaliklar kabi BA xastaligini aniqlovchi genni ma’lum xromosoma sohasida joylashishi ikkita asosiy usulda ya’ni kandidat va pozitsion (joylashgan o‘rni) usul vositasida aniqlanadi. Birinchi holatda oqsil mahsulotlari funksiyasi o‘rganilyotgan patologiyani rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xastalikni polimorf variantli genlarini birlashmasining tahlili o‘tkaziladi. Bunday genlar nomzod genlar deyiladi. BA xastaligining patogenezi murakkab bo‘lganligi sababli, bu xastalikda nomzod genlar soni ko‘p hisoblandi. Bu genlarni beshta guruhi farqlanadi: I. Gumoral immunitetga javobgar va antigenni tanuvchi omil genlari. II. Yallig‘lanish omili genlari. 3. Yallig‘lanish va sitokinlar retseptorlari genlari; 4. Ho‘jayra ichi signal molekulalari genlari; 5. Boshqa genlar.
- Asosiy qism. Tekshirish mаteriаli vа usullаri: Mazkur bobda tadqiqot o‘tkazilgan bemorlar va ularni klinik guruhlarini shakllantirish usullari haqida umumiy ma’lumot beriladi. Tadqiqot M.N.Xaitov nomidagi Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining bazasida joylashgan allergologiya va pulmonologiya bo‘limiga 2017-2021 yillar davomida BA xastaligi bilan davolangan bemorlar o‘rtasida o‘tkazildi. Tadqiqotga kiritilgan 49 nafar probandning har birini oilasini shajarasi tuzib chiqildi va oiladagi shaxslarni har biriga maxsus so‘rovnoma o‘tkazildi. Tadqiqot olib borish davomida 49 nafar oiladagi bemorlardan proband sifatida olinib, ularning to‘rtta avlodlaridagi 193 nafar shaxslar tadqiqot o‘tkazishga kiritildi. Tadqiqot o‘tkazishga belgilangan oiladagi shaxslarni uchta guruhga bo‘lib ajratib o‘rganildi. Tadqiqotga kiritilgan barcha bemorlarda xastalikni tashxislash maqsadida klinik tekshiruv usullaridan umumiy qon, siydik, balg‘am tahlili tekshirildi. Klinik tekshirishda xastalikga xos ko‘rsatkichlar kuzatildi. Ko‘krak qafasi rentgen tekshirishlari, tashqi nafas funksiyasini spirometriya tekshirish usuli, qon zardobida IgE, IL-6, IFN-γ miqdorini aniqlash, eNOS3 geni polimorfizmi genotipi va allellari tekshiruvlari o‘tkazildi.
- Xususiy tekshirish natijalari: Mazkur bobda tadqiqot natijalariga asoslanib xulosalar chiqarilgan. Tadqiqotga kiritilgan shaxslarning umumiy IgE, IL-6 va IFN-γ miqdorini oilada BA bilan xastalanganlarda, xususan probandlarda, BA bilan xastalangan qarindoshlarida va BA aniqlanmagan qarindoshlarida ishonchli yuqoriligi aniqlandi. Bu esa oilaviy BA xastaligida allergik yallig‘lanish yuzaga kelishida IgE vositali mexanizm rivojlanishi asosiy rol o‘ynashini tasdiqlab, BA aniqlanmagan qarindoshlarida esa allergik fon borligidan darak beradi. Shuningdek, oiladagi BA bilan xastalanganlarda xastalikni kechish pog‘onalarining oshib borishi bilan bemor qon zardobida umumiy IgE va IL-6 miqdori kamayib borishi, ammo IFN-γ miqdorining esa oshib borishi kuzatildi. Oilaviy BA bilan xastalanganlarda eNOS3 geni 4b/4b gomozigot genotip va 4b allel tashuvchilar xastalikni yengil darajasida, 4a/4a gomozigot genotip va 4a allel tashuvchilar xastalikni og‘ir darajasida ko‘proq uchraganligi aniqlandi. Xastalikni nazoratga olish bo‘yicha tahlillar ham keltirilgan.
- XULOSALAR: O‘zbek populyatsiyasida astma bilan xastalanishning yuqoriligi, oilaviy BA kechishining og‘irlik darajasi va allergiyani norespirator ko‘rinishlari irsiylanish turiga bog‘liqligi aniqlandi. Oiladagi sog‘lom shaxslarda umumiy IgE miqdorining yuqoriligi ularda allergik fon mavjudligini tasdiqlaydi va oilaviy BA ni birlamchi profilaktikasini o‘tkazish zarurligini ko‘rsatdi. Oilaviy BA rivojlanishida eNOS3 genining 4a/4a allel variantining aniqlangan assotsiatsiyasi xastalik patogenezining genetik mexanizmlarini tushunishga yangicha yondashish va shu asosda BA ni diagnostika usullari, davolash va oldini olishni optimallashtirish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari oiladagi BA bilan xastalangan bemorlarda umumiy IgE, IL-6 ning yuqori konsentratsiyasi xastalikni og‘ir kechishi va nazoratga erishmagan va 4a/4a genotip va 4a allel tashuvchilar bilan bog‘ligi aniqlangan. Atopiyaga moyil bo‘lgan oilalarda BA va yuldosh allergik xastaliklarni erta tashxislash uchun algoritm ishlab chiqilgan.
- AMALIY TAVSIYALAR: O‘zbek populyatsiyasida oilaviy BA bilan xastalanganlarda oilani genetik modellashtirish maqsadida segregatsion tahlil o‘tkazish tavsiya etiladi. Oilaviy BA bilan xastalanganlar oilasidagi shaxslarda umumiy IgE aniqlash birlamchi profilaktika o‘tkazish mezoni ekanligi va Oilaviy BA allergik turini differinsial – diagnostik markeri sifatida IL-6 va interferon-γ miqdorini tekshirish lozimligi amaliyotgatavsiya etiladi. O‘zbek populyatsiyasida oilaviy BA tashxislashi, birlamchi va xavf guruhini oldini olish maqsadida eNOS3 geni allel variantlarini aniqlash kerakligi tavsiya etiladi. Oilaviy BA bilan xastalanganlarda eNOS3 geni polimorfizmi bilan immunologik markerlarining o‘zaro bogliqligini tahlili qiyosiy tashxis o‘tkazish, davolash taktikasini tuzish, xastalik ustidan to‘liq nazoratga erishish rejasini tuzishni tavsiya etiladi. Oilaviy BA rivojlanishining erta tashxislash va bashoratlash mezonlarini aniqlashda tashxislash algoritmidan foydalanish tavsiya etiladi.