Pediatriya va neonatalogiya muammolarining zamonaviy echimlari

Ushbu monografiya bolalar va chaqaloqlar kasalliklaridagi dolzarb muammolarga asoslangan. Unda bolalar nevrologiyasi, kardiologiya, pediatriya, radiologiya, bolalar jarrohligi mutaxassisligi ishlarini tashkil etish boʻyicha zarur maʼlumotlar mavjud. Monografiyada toʻliq va muddatidan avval tugʻilgan yangi tugʻilgan chaqaloqlarning tashqi hayot sharoitlariga moslashish davri xususiyatlari, ularning emizish taktikasi oʻrganilgan. Asosiy patologik holatlar va yuzaga keladigan kasalliklar toʻgʻrisida tizimlashtirilgan maʼlumotlar keltirilgan. Maʼlumotlar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan bolalar kasalliklari boʻyicha dasturga mos keladi va talabalar, pediatrlar va neonatolog shifokorlar uchun moʻljallangan.

Asosiy mavzular

  • neonatologik xizmat: Neonatologik xizmatning zamonaviy holati va rivojlanish yo'llari, neonatal davrda organizmning rivojlanishi, kasalliklarning oldini olish va davolash, neonatal davrda hamshiraning roli va vazifalari.
  • chaqaloqlik davrida uchraydigan kasalliklar: Nafas olish buzilishi sindromi (CHNOBS), gemolitik kasallik, intrauterin infektsiyalar, asfiksiya kabi kasalliklarning sabablari, rivojlanishi va davolash usullari.
  • erta tug'ilgan chaqaloqlar: Erta tug'ilishning sabablari, chaqaloqlarning anatomik va fiziologik xususiyatlari, parvarishlash tamoyillari, oziqlantirish, haroratni boshqarish, kamqonlik, raxit va sepsis kabi kasalliklar.