Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalari kasbiy tayyorgarligining pedagogik- psixologik xususiyatlari
Ushbu dissertatsiya avtoreferati chaqiriqqacha harbiy ta'lim yoʻnalishi talabalarining kasbiy tayyorgarligining pedagogik-psixologik xususiyatlarini tadqiq etishga bag'ishlangan. Tadqiqotda talabalarning ijtimoiy-psixologik va kasbiy kompetentlik darajasi, ularga ta'sir etuvchi omillar, shuningdek, ularning psixologik xususiyatlari va rivojlanish mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga bog'liqligi. Muammoning oʻrganilganlik darajasi. Dissertatsiya tadqiqotining oliy ta'lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog'liqligi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari.
- TADQIQOTNING VAZIFALARI: Chaqiriqqacha harbiy ta'lim yoʻnalishi talabalari kasbiy tayyorgarligining nvoiamsin ijumоту-kommunikativ kompetentlikni shakllanishiga identiv ekanligini asoslash; chaqiriqqacha harbiy ta'lim yoʻnalishi talabalarining kasbiy tayyorgarligiga ta'sir etuvchi psixilogik omillarni aniqlash; chaqiriqqacha harbiy ta'lim yoʻnalishi talabalarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish modelini ishlab chiqish; chaqiriqqacha harbiy ta'lim yoʻnalishi talabalarining kasbiy tayyorgarligini oshirishda ta'lim jarayonidagi texnologik vositalar bilan ishlash ko'nikmalari, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
- TADQIQOTNING USULLARI: Tadqiqotda suhbat, kuzatish metodlaridan, shuningdek, V.N.Kunisinaning «Kommunikativ va ijtimoiy kompetentligi aniqlash» so'rovnomasi, M.V.Chumakovning «Kasbiy irodaviy-mas'uliyat sifatlarini oʻrganish» so'rovnomasi, N.N.Obozovning «Iroda kuchini baholash» so'rovnomasi, V.V.Boykoning «Empatiya darajasini diagnostikasi» metodikalaridan foydalanildi, olingan natijalarning ishonchliligi matematik-statistik metodlardan Styudentning t-mezoni, Pirsonning r-korrelyatsiya mezoni orqali tasdiqlandi, ma'lumotlarni qayta ishлашda SPSS dasturi imkoniyatlaridan foydalanildi.
- TADQIQOTNING ILMIY YANGILIGI: chaqiriqqacha harbiy ta'lim yoʻnalishi talabalarining kasbiy tayyorgarligining rivojlanishi insonlarni va vaziyatni tushunish, uddaburonlik, axloqiy ustanovkalar, emotsional barqarorlikning kasbiy mas'uliyat bilan uyg'un holda talabalarda professional imidjni tarkib topishiga asoslanib ijtimoiy-kommunikativ kompetentlikning shakllanishiga identiv ekanligi dalillangan; chaqiriqqacha harbiy ta'lim yoʻnalishi talabalarining kasbiy tayyorgarligining ta'limiy va jangovar shaylik oshirishga qaratilgan mashg'ulotlarda mas'uliyatlilik, tashabbuskorlik, matonatlilik, qat'iyatlilikning empatiyaning ratsional, emotsional, intuitiv kanaliga integrativ shakllanishiga asoslanib shaxs hissiy-irodaviy sifatlarini rivojlanganligi darajasiga identiv namoyon boʻlishi dalillangan; chaqiriqqacha harbiy ta'lim yoʻnalishi talabalarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish modeli ta'lim jarayonidagi ijodiy g'oyalarni amaliyotga integrasiyalashda irodaviy sifatlarga ustuvorlik berish orqali jangovor taktik, kommunikativ, kreativlik sifatlarni shakllanishiga erishish muhimligi tufayli <<<motivatsion», «kognitiv», «integrativ-faoliyatli» komponentlarni pedagogik-psixologik vektorga modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
- TADQIQOTNING AMALIY NATIJALARI: chaqiriqqacha harbiy ta'lim yoʻnalishi talabalarining kasbiy tayyorgarligining rivojlantirishning xususiyatlari bilan bog'liq dalillarning keltirilganligi kasbiy tayyorgarliklarni prognozlash, psixologik rivojlantiruvchi ishlar samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratilgan; chaqiriqqacha harbiy ta'lim yoʻnalishi talabalarining kasbiy tayyorgarligining kurs boʻyicha namoyon boʻlish darajasining oʻziga xos xususiyatlari empirik jihatdan tahlil qilingan va amaliyotda aprobatsiya qilingan; chaqiriqqacha harbiy ta'lim yo'nalishi talabalarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish jarayonining psixik va empatiya darajasi bilan o'zaro aloqadorligi empirik tadqiqotlarda aniqlanib, zarur psixotrening dasturi yaratilgan, amaliyotga kiritilgan.
- XULOSA: Chaqiriqqacha harbiy ta'lim yoʻnalishi talabalarida kasbiy tayyorgarlikni shakllanishi mavzusidagi ilmiy izlanishlarning natijasiga asoslanib quyidagi xulosalar taqdim etildi: 1. Ijtimoiy-psixologik va kasbiy kompetentlik chaqiriqqacha harbiy ta'lim talabalarining samarali faoliyat yuritishini ta'minlovchi sohaga oid bilim, koʻnikma va malakalari majmui sifatida ularnng kasbiy faoliyatida ahamiyatli ekanligi aniqlandi. 2. Pedagogik-psixologik manbalarda ijtimoiy kompetentlik muammosining qator omillari, jihatlari tadqiq etilganligiga qaramay uning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beruvchi izlanishlar etarli darajada emas. 3. Chaqiriqqacha harbiy ta'lim yoʻnalishi talabalarining kasbiy faoliyatida kasbiy kompetentlikning namoyon etilishi va rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar professionallik darajasini takomillashuviga xizmat qilishi mumkin. 4. Chaqiriqqacha harbiy ta'lim yoʻnalishi talabalarda kasbiy tayyorgarlik haqidagi tasavvurlarni shakllanishi ulardagi ijtimoiy kompetentlik, empatiya darajalari dinamikasini ta'minlashga xizmat qiladi. 5. Chaqiriqqacha harbiy ta'lim yoʻnalishi talabalalarning kasbiy tayyorgarligini ijtimoiy, emotsional va bilish komponentlari o'rtasidagi oʻzaro aloqadorliklar aniqlandi va uni rivojlantirishning shart-sharoitlari, mexanizmlarini ijtimoiy-psixologik xususiyatlari tahlil qilindi.