O‘rik danagini chaqish jarayonini tadqiq qilish va qurilmasini ishlab chiqish
Ushbu dissertatsiya Oʻrik danagini chaqish jarayonini tadqiq qilish va qurilmasini ishlab chiqish mavzusiga bag'ishlangan. Tadqiqotda Oʻrik danagini yangi texnika va texnologiyalar asosida qayta ishlash, uning qobig'ini chaqish jarayonini takomillashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilgan. Tadqiqotda o'rik danagini chaqish uchun energiya tejamkor qurilma ishlab chiqilgan bo'lib, uning amaliy ahamiyati va iqtisodiy samaradorligi asoslab berilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Ixtiro patenti mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga mosligi, muammoning o'rganilganlik darajasi, tadqiqot ishining oliy ta'lim muassasalarining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog'liqligi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari bayon etilgan.
- Tadqiqot ob'ekti va predmeti: Tadqiqot ob'ekti sifatida har xil fizik va mexanik xususiyatga ega boʻlgan turli navli oʻrik mevasi danagi magʻzining butunligini ta'minlab beruvchi, oʻrik danagini uzluksiz chaqish jarayonining texnologik qurilmasi olingan. Tadqiqotning predmetini oʻrik danagini energiyatejamkor uzluksiz chaqish qurilmasining kinematik, dinamik hamda texnologik parametrlari tashkil etadi.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: O'rik danagi qobig'ining fizik, mexanik xossalarining tahlili asosida, qobiqning 1,01÷2,16 mm oraliqdagi qalinliklari boʻyicha siqilish darajalarining qiymati 0,588-0,845 mm ni tashkil etishi tajribalar asosida aniqlangan; o'rik danagini chaqish uchun sarflanayotgan yuklama miqdori, namunaning namlik darajasiga bog'liqligi aniqlanib, namlik darajasi 4 % boʻlgan oʻrik danagini chaqish uchun 0,656 kN, namligi 6% boʻlgan oʻrik danagi uchun 0,586 kN, hamda namligi 8% boʻlgan namuna uchun 0,567 kN yuklama zarurligi asoslangan.
- Tadqiqotning amaliy natijalari: Har xil qattiqlik darajasiga va oʻlchamga ega boʻlgan oʻrik danagini chaqish uchun talab etilgan yuklama qiymati aniqlangan; oʻrik danagining ishchi kameradagi harakat trayektoriyasini, apparatda boʻlish vaqtini hamda jarayonining davomiyligini hisoblash usullari asoslangan.
- Tadqiqot natijalarining ishonchliligi va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ishonchliligi chaqish apparatining ishchi kamerasi boʻyicha o'rik danagining harakat trayektoriyasining asoslanganligi, chaqish apparatini konstruktiv loyihalashda SolidWorks dasturiy ta'minotidan foydalanilganligi, izlanishlarning zamonaviy uslub va vositalardan foydalangan holda oʻtkazilganligi, loyihalashda zamonaviy dasturlardan foydalanilganligi hamda oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan chaqish apparati sinovlarining ijobiy natijalari amaliyotga joriy etilganligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati navlar boʻyicha o'rik danagi qobig'ini chaqish uchun sarflanadigan yuklamaning maqbul chegaraviy qiymatlari asoslanganligi, jarayonni tavsiflovchi regressiya tenglamalari ishlab chiqilganligi hamda texnologik rejimlarni aniqlanganligi bilan izohlanadi.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi va aprobatsiyasi: O'rik danagi qobig'iga yoriq hosil qiluvchi va chaqish qurilmasi “Buxoro Agroklaster