O‘zbekiston iqlimi sharoitida kichik bog‘larni loyihalashning me'moriy asoslari
Ushbu tadqiqot Oʻzbekiston iqlimi sharoitida kichik bogʻlarni loyihalashning me'moriy asoslarini tadqiq etadi. Unda kichik bogʻlarning tarixi, turlari, zamonaviy dizayn tendensiyalari, mahalliy va xorijiy tajribalar, shuningdek, landshaft kompozitsiyalari va ulardan foydalanish usullari oʻrganilgan. Tadqiqot natijasida Oʻzbekiston sharoitida kichik bogʻlar yaratish boʻyicha 16 ta qoidadan iborat me'moriy dastur ishlab chiqilgan va uchta kichik bogʻ loyihasi taklif etilgan. Kitobda kichik bogʻlarning amaliyotga joriy etish boʻyicha ham tavsiyalar berilgan.
Asosiy mavzular
- Kichik bog'lar umumiy ma'lumotlar: Kichik bogʻ atamasi, uning tarixiy shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, tarixiy turlari, oʻsimlik dunyosi, kichik bogʻlarning me'moriy-rejaviy va landshaft semantikasi (badiiy-estetik obrazi) tadqiq qilingan. Kichik bogʻ landshaft dizaynining asosiy obyekti sifatida koʻrib chiqilgan.
- Kichik bog'lar yaratishning xorijiy va vatanimiz tajribalari. Kichik bog'larning tipologiyasi: Oʻzbekistonda kichik bogʻlarni yaratish tajribalari, asosan, amaliy landshaft dizayni sohasiga yoʻnaltirilganligi, kichik bogʻlarni shakllantirishning tabiiy va sun'iy vositalari, zamonaviy yoʻnalishlari va tipologiyasi oʻrganilgan.
- Oʻzbekiston iqlimi sharoitida kichik bog'larni yaratishning ilmiy-nazariy asoslari: Ushbu bo'limda kichik bog'larni yaratish boʻyicha muallif ishlab chiqqan meʼmoriy dastur, kichik bogʻlarning atributlari va semantikasi, kichik bogʻlarda qoʻllaniladigan landshaft kompozitsiyalari, tavsiyalar, kichik bogʻlarda qoʻllaniladigan suv qurulmalari va moʻjaz me'moriy shakllar amaliy loyihaviy takliflar keltirilgan.