SURUNKALI VIRUSLI GEPATITLARDA (B, C) MIKRORNKNING XUSUSIYATLARI VA AHAMIYATI

Ushbu kitob surunkali virusli gepatit B va C kasalliklarini chuqur o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda viruslarning genetik tuzilishi, biologik faoliyati, O'zbekistonda tarqalishi, diagnostikasi, hamda mikrornklarning ushbu kasalliklardagi roli atroflicha yoritilgan. Tadqiqotlar natijasida surunkali virusli gepatit B va C bilan kasallangan bemorlarda aniqlangan o'zgarishlar, xususan mikrornklarning (mikroRNK-199a va mikroRNK-155) ekspressiyasi va ularning diagnostik ahamiyati haqida ma'lumot beriladi. Kitobda ushbu kasalliklarni davolash va oldini olish bo'yicha yangi usullar va zamonaviy tadqiqotlar ham keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Surunkali virusli gepatitlarning zamonaviy muammolari: Ushbu bobda surunkali virusli gepatit B va C ning global miqyosdagi tarqalishi, uning sabablari, kasallikning kechishi, og'ir oqibatlari (jigar sirrozi, gepatotsellyulyar karsinoma) va ushbu muammolarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati haqida ma'lumot berilgan. O'zbekiston Respublikasida sog'liqni saqlash tizimida bu kasalliklarga qarshi kurashish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va chora-tadbirlar ham tilga olingan.
  • MikroRNK larning molekulyar biologik asoslari inson hujayralarida uchrashi, biogenezi va funksiyasining o'ziga xos xususiyati: Ushbu bobda mikroRNKlarning kashf etilishi, ularning biologik tuzilishi, inson hujayralarida uchrashi, biogenezi (hosil bo'lish mexanizmlari) va funksiyalari, jumladan gen ekspressiyasini tartibga solishdagi roli keng yoritilgan. MikroRNKlarning regulyatorlik mexanizmlari, ular bilan bog'liq oqsil omillari va kasalliklar rivojlanishiga ta'siri haqida ham ma'lumot berilgan.
  • TADQIQOT MATERIALLARI VA USULLARI: Ushbu bobda tadqiqot O'zbekiston Respublikasi Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida davolangan surunkali jigar kasalliklari bilan og'rigan 76 nafar bemor o'rtasida o'tkazilganligi, tadqiqot usullari (umumiy klinik tadqiqotlar, laboratoriya usullari, molekulyar genetik usullar, statistik tahlil) hamda mikroRNKni aniqlash usullari (qondan ajratib olish, konsentratsiyasini aniqlash, aniqlash usullari) batafsil bayon etilgan.
  • XOTIMA: Xulosa qismida surunkali virusli gepatit B va C ning global muammo ekanligi, ushbu kasalliklarning mikrornklarning ekspressiyasidagi o'zgarishlar bilan bog'liqligi hamda mikrornklarning diagnostik va prognostik ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Tadqiqot natijalari asosida bu borada olib borilayotgan ilmiy ishlar dolzarb ekanligi ta'kidlangan.