Jag‘ suyaklari jarohatlarining sud-tibbiy jihatlari
Ushbu monografiya Oliy tibbiy o'quv yurtlarining talabalari hamda sud tibbiyoti ixtisoslikdagi magistrlar uchun moʻljallangan. Unda jag' suyaklari shikastlanishlari, ularning oʻziga xos xususiyatlari, jinoyatlarning ochishdagi ahamiyati, ogʻirlik darajalarini baholash va baholash algoritmi, shikastlanish mexanizmlari, sud-tibbiy ekspertiza tayinlash va oʻtkazishning protsessual asoslari hamda tekshirish usullari toʻgʻrisida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, jag' suyaklari shikastlanishlari natijasida yuzaga kelgan holatlarni sud-tibbiy jihatlarining ilmiy asoslash hamda ekspertiza sifatini oshirish bugungi kundagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Kitobda jag' suyaklari jarohatlarining turli shakllari, mexanizmlari, sud-tibbiy baholashning zamonaviy talqini, ekspertiza o'tkazish xususiyatlari va mezonlari, shuningdek, yuqori va pastki jag' suyaklari sinishlari xususiyatlari atroflicha tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Mavzuning dolzarbligi, jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlari, yuz-jag' sohasidagi travmatizm, jag' suyaklari jarohatlarining sud-tibbiy jihatlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari va qarorlari, mamlakatdagi tibbiyot sohasini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari.
- I BOB. JAGʻ SUYAKLARI SHIKASTLANISHLARI HOLATLARIDA SUD TIBBIY BAHOLASHNING ZAMONAVIY TALQINI: Jag' suyaklarining shikastlanishlari turlari, tasnifi, mexanizmi va sud-tibbiy baholashning zamonaviy talqini. Jag' jarohatlarida sud-tibbiy ekspertiza o'tkazish va uning xususiyatlari.
- II BOB. JAGʻ SUYAKLARI JAROHATLARINING SUD-TIBBIY JIHATLARI USLUBIYOTI VA MONITORINGI: Jag' suyaklari jarohatlarining sud-tibbiy jihatlarini baholash uslubiyotlari va monitoringi.
- III BOB. JAGʻ SUYAKLARI JAROHATLARINING SUD-TIBBIY JIHATLARI: Jag' suyaklari jarohatlarining xususiyatlari va shikastlanish mexanizmlari, jumladan, yuqori va pastki jag' suyaklari sinishlari va ularning xususiyatlari.
- IV BOB. JAGʻ SUYAKLARI JAROHATLARIDA SUD-TIBBIY EKSPERTIZA OʻTKAZISH XUSUSIYATLARI: Jag' suyaklari jarohatlarida sud-tibbiy ekspertiza o'tkazish xususiyatlari va og'irlik darajasini ekspert tomonidan baholash mezonlari.
- QISQARTMALAR ROʻYXATI: Kitobda ishlatilgan qisqartmalar roʻyxati va ularning qisqacha izohlari.