Falsafa

Ushbu kitob falsafa faniga oid uslubiy qo`llanma bo`lib, unda falsafaning predmeti, asosiy mavzulari, yo`nalishlari, kategoriyalari va qonuniyatlari haqida ma'lumotlar berilgan. Qo`llanma O`zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi Toshkent davlat agrar universiteti talabalari uchun mo`ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Falsafaning predmeti, fanlar sistemasidagi o`rni, muammolari va vazifalari: Falsafaning mohiyati, mazmuni, dunyoqarash tushunchasi, uning tarixiy tiplari, falsafa fanining predmeti va asosiy muammolari, falsafiy muammolar bilan bo`liq oqim va ta'limotlar.
  • Qadimgi Sharq va antik dunyo falsafasi: Vatanimiz hududidagi eng qadimgi falsafiy qarashlar, Qadimgi Bobil, Misr, Hindiston va Xitoy falsafasi, Antik dunyo va Yunoniston falsafasi, Qadimgi Sharq va Antik dunyo falsafasini o`rganishning ahamiyati, uning jahon madaniyatiga ta'siri.
  • O`zbekiston hududidagi ilk o`rta asrlar va temuriylar davri falsafasi, uning jahon madaniyatidagi o`rni: Ilk o`rta asrlarda dunyoviy bilimlar rivoji va falsafiy tafakkur, Xorazmiy, Far`oniy, Farobiy, Beruniy va Ibn Sinolarning tabiiy- ilmiy va falsafiy qarashlari, ularning jahon fanlari rivojiga qo`shgan hissalari, Temuriylar davri va o`rta asrlar falsafasi, Ulu`bek, Navoiy va Bobur o`rta asrlar madaniyatining atoqli vakillari.
  • XVI-XX asrlardagi jahon falsafiy tafakkuri: O`rta asrlarda Evropa madaniyati va falsafasi, Evropada uy`onish davri va undagi falsafiy tafakkur takomili, XVII-XIX asr Evropa falsafasidagi oqimlar vafalsafiy maktablar, XX asr falsafasi va uning asosiy oqimlari.
  • Olam va odam: falsafiy talqin: Olam va odamning mavjudligi va yashashi bilan bo`liq muammolarning tarixiy ildizlari, Olam tushunchasi. Uning ilohiy yaratilganligi, yoxud tabiiy yaratilganligi muammosi, Olamning namoyon bo`lish shakllari.
  • Borliq va uning falsafiy tahlili: Borliq tushunchasi va uning falsafiy ma'nosi, Borliqning asosiy shakllari va turlari. Dunyoning moddiy birligi, Borliqning asosiy mavjudlik shakllari.
  • Tabiat falsafasi: Tabiat tushunchasi, uning tuzilishi, falsafiy mohiyati va mazmuni, Tabiat va jamiyat, ularning o`zaro aloqasi, Erda hayot va biosotsial evolyutsiya, Tabiatni falsafiy tushunishning ahamiyati, ekologik muammolar va ekologik tarbiya.
  • Taraqqiyot va aloqadorlik tamoyillar va talqinlar. Falsafada metod muammosi: Harakat, rivojlanish, taraqqiyot va o`zaro aloqadorlik tushunchalari, Metod va metodologiya tushunchalari, Falsafada metod muammosi.
  • Rivojlanish va o`zaro aloqadorlikning umumiy qonuniyatlari. falsafiy qonunlar: O`zgarish va taraqqiyot jarayonida takrorlanish tamoyili. Qonun tushunchasi, uning mohiyati va falsafiy talqini, Miqdor o`zgarishlarining sifat o`zgarishlariga o`tish qonuni, Qarama-qarshiliklar biriligi va kurashi qonuni, Inkorni- inkor qonuni.
  • Mavjudlik, o`zgarish, bo~liklikning asosiy shakllari. falsafiy kategoriyalar: Mavjudlik, o`zgarish va o`zaro aloqadorlikning namoyon bo`lishining asosiy tamoyillari, Falsafiy kategoriyalar tizimi, ularning mazmuni, Falsafiy kategoriyalar o`rtasida bo`lanishlar va ularning hozirgi davrda namoyon bo`lishi.
  • Ong va ruhiyat. falsafiy talqin: Ong va ruhiyat nima? Ular koinot evolyutsiyasi natijasimi yoki ilohiy mo'jizami?, Ong va ruhiyatning shakllanishi va rivojlanishi hiqida tabiiy- ilmiy tasavvurlar va qarashlar, Inson ongining tabiiy ijtimoiy jihatlari, Ong va in'ikos. In'ikosning mohiyati, asosiy shakllari
  • Bilish falsafasi: Bilish - ob'ektiv olamning inson ongidagi in'ikosi, Inson bilishining asosiy bosqichlari, Bilish va haqiqat. Falsafada haqiqat muammosi, Fan- inson bilishining maxsus shakli. Ilmiy bilishning usullari va shakllari.
  • Jahon sivilizatsiyasi va o`zbekiston istiqbolining falsafiy masalalari: Jahon sivilizatsiyasining hozirgi davrdagi xususiyatlari va rivojllangan mamlakatlar taraqqiyoti, O`zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga qo`shilish yo'lining falsafiy- metodologik muammolari, XXI asrda O`zbekistonning istiqboli va sivilizatsiyalashgan taraqqiyotning muhim xususiyatlari