Принципы диагностики и лечения заболеваний дыхательной системы у детей

Ushbu o'quv qo'llanmasi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanganPediatriya ixtisosligi bo'yicha klinik ordinatorlarni tayyorlash davlat ta'lim standarti va ta'lim (modul) dasturi talablariga muvofiq tayyorlangan. Qo'llanmada bolalikdagi nafas olish tizimi kasalliklarini diagnostika qilish va davolashning zamonaviy usullari, ularning etologik omillari, patogenezi, klinik belgilari, diagnostikasi va davolashning muhim jihatlari yoritilgan. Qo'llanma bolalarda keng tarqalgan nafas yo'llari kasalliklari: bronxitlar, pnevmoniyalar, bronxial astma, respirator virusli infeksiyalar (shu jumladan COVID-19) va boshqa respirator kasalliklarni chuqur o'rganishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Bolalarda bronxitlar: Ushbu bobda bolalarda uchraydigan bronxitlarning turli shakllari, ularning etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari va diagnostikasi batafsil yoritilgan. O'tkir bronxit, o'tkir obstruktiv bronxit, takrorlanuvchi bronxit va surunkali bronxit kabi mavzular qamrab olingan.
  • Bolalarda pnevmoniyalar: Bobda pnevmoniyaning turlari (fokal, segmental, lobar, interstitsial, atipik) va ularning klinik xususiyatlari, diagnostikasi va davolash usullari ko'rib chiqiladi. Turli etilogiyali pnevmoniyalarning (bakterial, virusli, mikoplazmali) o'ziga xos jihatlari yoritiladi.
  • Bolalarda bronxial astma: Ushbu mavzu bolalarda bronxial astmaning rivojlanish omillari, patogenezi, klinik ko'rinishlari, diagnostikasi va davolashning asosiy tamoyillari bilan tanishtiradi. Shuningdek, astmaning fenotiplari va nazorat darajalari ham ko'rib chiqiladi.
  • Respirator virusli infeksiyalar (COVID-19): Qo'llanmada koronavirus infeksiyasining umumiy tavsifi, etilogiyasi, yuqish yo'llari, klinik ko'rinishlari, diagnostikasi va davolashning asosiy tamoyillari, shuningdek, bolalarda COVID-19 ning xususiyatlari batafsil bayon etilgan.
  • Balg'am chiqarish sindromi: Bob bronxoobstruktiv sindromning sabablari, rivojlanish mexanizmlari va klinik ko'rinishlarini tahlil qiladi. Asosiy e'tibor bolalarda uchraydigan BОS ning turli shakllari va ularning diagnostikasi hamda davolashga qaratilgan.
  • Mukovistsidoz: Ushbu bo'lim muovitsidozning genetik asoslari, patogenezi, organizmdagi o'zgarishlar, klinik ko'rinishlari va diagnostikasi hamda davolash usullari haqida ma'lumot beradi. Nafas olish tizimi va oshqozon-ichak tizimidagi o'zgarishlarga alohida urg'u berilgan.