Kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish
Ushbu avtoreferat "KREDIT-MODUL SHAROITIDA TALABALARNIG MUSTAQIL ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH" mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining qisqacha mazmunini ochib beradi. Unda kredit-modul tizimi asosida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy, uslubiy va amaliy jihatlari, jumladan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, oʻqitish metodlari va vositalari, shuningdek, samarali taʼlim jarayonini tashkil etishning yoʻllari tadqiq etilgan. Tadqiqot natijasida kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirishning samarali modeli ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan.
Asosiy mavzular
- Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Jahon amaliyotida til oʻrganuvchilar bilimlarini mustaqil tarzda ilmiy metodik konsepsiyalarga asoslangan xalqaro standart ISCED-T talabi darajasidagi ilmiy maʼlumotlarni innovatsion shaklda oʻrganish, chet tillarni oʻrganishda nutqiy va lingvistik bilim, koʻnikma va malakalarni egallash metodikasini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyo davlatlari oliy taʼlim muassasalarida kredit-modul tizimi asosida oʻqitish, chet tillarni oʻqitish sifatini oshirish, mustaqil taʼlimni oʻzlashtirish va oʻz ustida mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.
- Muammoning oʻrganganlik darajasi: Respublikamizda xorijiy tillarni oʻqitish masalalariga oid ilmiy-tadqiqotlar, jumlasiga J.J.Jalolov, Oʻ.H.Hoshimov, T.Q.Sattarov, L.T.Axmedova, D.U.Xoshimova va S.S.Saidaliyevlarning izlanishlari, shuningdek, mustaqil taʼlim, uning mazmun-mohiyati, mustaqil taʼlimni tashkil etish masalalari boʻyicha N.A.Muslimov, O.A.Qoʻysinov, I.X.Iminaxunova, Sh.A.Yusupova, Sh.Sh.Aripova va D.M.Sarimsakovaning ilmiy ishlari tadqiq etilgan.
- Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Tadqiqotning maqsadi kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish. Vazifalari: kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga oid ilmiy-nazariy tadqiqot ishlarini tahlil qilish; kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirishning shakl, metod va vositalarini tadqiq etish.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Amaldagi kredit-modul tizimiga oid Yevropa mamlakatlari kredit-modul sistemasi (Europian Credit Transfer System) sharoitida "Blum taksonomiyasi (Bloom taxonomy)" nazariyasini interpretatsiya qilish asosida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish bosqichlari aniqlashtirilgan; kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini motivatsion va kognitiv komponentlari mazmunida quyi, oʻrta va yuqori baholash koʻrsatkichlari, belgilangan auditoriya va auditoriyadan tashqari mustaqil ishlash shakllari, PPP, PBLT, TBLT, CLT metodlari vositasida takomillashtirilgan; mustaqil ishlashni tashkil etishning individual yondashuv modeli talabalarning mustaqil ishlash faoliyatiga tayyorgarlik daraja (Can I...) mezonlari mazmuni, boshqarish strategiyasi va Eng yaqin rivojlanish zonasi (ZPD) va VAKT (visual, auditory, kinesthetic, tactile) oʻrganish usullari yordamida takomillashtirilgan.
- Tadqiqotning amaliy natijalari: Kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantiruvchi auditoriyadan tashqarida (out of the audience tools) foydalanadigan samarali texnologiyalar va didaktik materiallar bazasi ishlab chiqilgan; "Oʻqish va yozish amaliyoti" fani uchun dastur yaratilgan va oʻquv qoʻllanmasi nashr etilgan.
- Tadqiqot natijalarining ishonchliligi va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ishonchliligi qoʻllanilgan yondashuv va usullarning ilmiy-metodik jihatdan asoslanganligi, nazariy maʼlumotlarning rasmiy manbalardan olinganligi, keltirilgan tahlillar, tajriba-sinov ishlari samaradorligi darajasi matematik-statistik metodlar vositasida aniqlanganligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish tamoyillari, lingvotexnologiyalarning tavsiya etilganligi, mustaqil ishning oʻrni, tashkil qilish shakllari, oʻquv mashgʻulotlarini loyihalash modeli, VAKT shaxsga yondashuv usullari, mustaqil faoliyat yuritish koʻnikmasini rivojlantiruvchi metodik taʼminot mazmuni takomillashtirilganligi bilan izohlanadi. Amaliy ahamiyati ishdagi nazariy umumlashma va tahlillardan "Chet tillarni oʻqitishning integrallashgan kursi" va "Til koʻnikmalari integrasiyasi" fanlaridan darslik, oʻquv qoʻllanma, majmualar yaratishda "Oʻqish va yozuv amaliyoti" fani oʻquv kurslari, yangi avlod elektron darslik hamda oʻquv adabiyotlarni yaratish mumkilnligi bilan izohlanadi.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirishda ularning ichki va tashqi (intrinsic and extrinsic) motivasiyasini shakllantirish, oʻz-oʻzini rivojlantirishga yoʻnaltiruvchi taklif va tavsiyalar asosida oʻquv qoʻllanma ishlab chiqilgan. Natijada, talabalarning oʻqish va yozish til koʻnikmalarini mustaqil ishlash kompetensiyasi asosida yanada rivojlantirishga xizmat qilgan. Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari boʻlgan oʻquv jarayonlarini modul taʼlim asosida tashkil qilish, talabalar bilimini reyting asosida baholash, taʼlim jarayonida mustaqil taʼlim olishning ulushini oshirish kabi masalalariga oydinlik kiritilgan.
- Tadqiqotning aprobatsiyasi va publikatsiyasi: Tadqiqot natijalari 2 ta xalqaro va 6 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokama qilingan. Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 15 ta ilmiy ish, jumladan 1 ta qoʻllanma chop etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 7 ta maqola, jumladan, 4 tasi respublika va 3 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan.
- Tadqiqotning asosiy xulosalari: 1. Kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasiyasini rivojlantirish respublikamizdagi huquqiy-meʼyoriy hujjatlar, chet tili oʻqitish metodikasiga oid ilmiy-nazariyalarning metodologik va didaktik tomonlari, mustaqil taʼlimning turli taʼlim shakllarida tutgan oʻrni va oʻziga xos xususiyatlari ilmiy jihatdan aniq tahlil qilindi. 2. Kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish zarur, chunki taʼlimning 70% ulushi mustaqil taʼlimga qaratilgan. 3. Blum taksonomiyasining mustaqil ish shaklini tashkil etishdagi tutgan oʻrni ilmiy-metodologik jihatdan oʻrganildi. 4. Masofaviy taʼlim platformalari integratsiyasi, onlayn oʻqitish ilovalarining afzalliklari va kamchiliklari oʻrganildi. 5. Kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish modeli yaratildi. 6. Kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil rivojlanish hududlari (Zone of Proximal Development) asosida ishlab chiqilgan. 7. Tadqiqot natijalariga koʻra 13,0% samaradorlik aniqlandi.