“MIKROIQTISODIYOT” FANIDAN O`QUV-USLUBIY MAJMUA

Ushbu kitob "Mikroiqtisodiyot" fanining asosiy qoidalari, tushunchalari va amaliy masalalarini o'z ichiga oladi. Unda talab va taklif, bozor turlari, firma faoliyati, xarajatlar, daromadlar, mehnat bozori, kapital bozorlari, moliya, monopoliyalar va raqobat kabi muhim mavzular chuqur tahlil qilingan. Kitobda nazariy bilimlar bilan birga talabalarning ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashg'ulotlar va test savollari ham mavjud.

Asosiy mavzular

  • Bozor turlari va mikroiqtisodiy tahlil: Bozor turlari (raqobatlashgan, monopol, oligopol) va ularning xususiyatlari. Narxlar shakllanishi, talab va taklif qonunlari, elastiklik tushunchasi, elastiklik turlari va ularning omillari. Ishlab chiqarish omillari va ulardan foydalanishning samaradorligi. Daromad va xarajatlar turlari, ularning o'zgarishi.
  • Firma faoliyati va bozordagi o'rni: Firma tushunchasi va uning turlari. Mulk shakllari bo'yicha firmalar tasnifi. Raqobatlashgan va monopol bozorlarda firmaning faoliyati, narxni shakllantirish va foydani maksimallashtirish usullari. Ishlab chiqarish funksiyasi, izokvanta va izokosta tushunchalari. Uzoq va qisqa muddatli davrda firma faoliyatini tahlil qilish.
  • Mehnat bozori va mehnat resurslaridan foydalanish: Mehnat bozori tushunchasi va uning mazmuni. Ishlab chiqarish omillari sifatida mehnatga bo'lgan talab va taklif. Ish haqi, mehnat unumdorligi, chekli mehnat daromadliligi. Monopolistik va monopsonistik mehnat bozori. Ish haqi stavkalari differentsiatsiyasi.
  • Kapital bozorlari va kapital qo'yilmalar: Kapital tushunchasi va uning turlari. Investitsiyani hisoblash, diskontlash. Yer narxi va ijara haqi.
  • Bozor va tavakkalсhilik. Noaniqlik va tavakkalсhilik: Noaniqlik va tavakkalсhilik tushunchalari. Tavakkalсhilikni pasaytirish usullari. Monopol firmalarning tavakkalсhilikka qarshi va befarq munosabati.
  • Korxonalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish: Davlatning nazorat va tartibga solish funktsiyalari. Korxona faoliyatini rejalashtirish va boshqarish.
  • Ishlab chiqarish va uning xarajatlari: Ishlab chiqarish jarayoni va uning omillari. Izokvanta va izokosta. Ishlab chiqarish xarajatlari turlari (o'zgarmas, o'zgaruvchan, umumiy, chekli). Ishlab chiqarishning masshtab samarasi.