Qovushqoq-elastik muhitdagi suyuqlikli quduqlarda to’lqin tarqalishi va dinamik kuchlanish-deformatsiya holati

Ushbu dissertatsiya

Asosiy mavzular

  • QOVUSHQOQ-ELASTIK MUHITDAGI SUYUQLIKLI QUDUQLARDA TO'LQIN TARQALISHI VA DINAMIK KUCHLANISH-DEFORMATSIYA HOLATI: Dissertatsiya qovushqoq-elastik muhitda joylashgan suyuqlikli quduqlarda to'lqin tarqalishi va dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda seysmik zonada gruntli muhitda joylashgan silindrsimon qobiqlar, quvur oʻtkazgichlarining tuzilmalari, metro tunnellari, gaz omborlari va boshqa yer osti inshootlarini zilzilabardoshligini oʻrganishga bagʻishlangan adabiyotlar tahlili qisqacha keltirilgan. Shuningdek, qovushqoq-elastiklik muhitdan tashkil topgan toʻlqinoʻtkazgichlarga toʻlqintarqalishini oʻrganishga bagʻishlangan adabiyotlar tahlili hamda seysmik yuklanishlarning yupqa devorli tunnellarni hisoblashga bagʻishlangan adabiyotlar tahlili keltirilgan. Quduq qoplamalarida soʻnuvchi toʻlqinlarni tarqalish va toʻlqinyuklanishi masalalarining qoʻyilishi va yechish usullari koʻrib chiqilgan. Seysmik toʻlqintaʼsiridagi qovushqoq elastik muhitdagi mustahkamlangan quduqning kuchlanganlik deformatsiya holatini topish va tahlil qilish muammosining qoʻyilishi koʻrib chiqilgan.
  • Dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini oʻrganishning matematik modeli: Tadqiqotning maqsadi deformatsiyalanuvchi muhitda joylashgan vertikal quduq formasidagi maxsus inshootga noturgʻun va garmonik yuklanish taʼsirida hosil boʻladigan kuchlanganlik-deformatsiya holatini oʻrganishning matematik modelini qurish, masalalarni yechish metodikasi va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
  • Umumiy xulosalar: Dissertatsiyada qovushqoq-elastik muhitda joylashgan suyuqlikli quduqqa xos toʻlqinlarning tarqalishi, soʻnishi va limit holatlarini oʻrganish usullari, algoritmi va dasturi ishlab chiqilgan. Quduqda to'lqinyutilishi jarayoni yuz berishi, hamda faza tezligi yoki chastota kompleks kattalik boʻlishi tahlil qilingan. Olingan sonli natijalar asosida to'lqinintensivligining oshishi va quduq diametrining oshishi bilan kuchlanish quyidagicha o'zgarishi aniqlangan.