Kossera muhitidan iborat to‘lqin o‘tkazgichlarda garmonik to‘lqinlarni tarqalish xususiyatlari

Ushbu dissertatsiya mavzusi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida roʻyxatga olingan boʻlib, unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida bajarilgan va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda “ZiyoNet” axborot taʼlim portalida joylashtirilgan. Dissertatsiya muallifi Saipnazarov Jonibek Muxammadiyevichdir. Tadqiqotning asosiy maqsadi qovushqoq-elastik Kossera muhitidan iborat yarim tekislik, qatlam va ikki qatlamli to'lqin o'tkazgichlarda xos to'lqin tarqalishi hamda so'nishi, muhitning kuchlanish-deformatsiyalanganlik holati va rezonans holatini baholashga qaratilgan hisoblash metodikasini va dasturini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda deformatsiyalanuvchi muhit bilan aloqada bo'lgan qatlamli muhitda hosil boʻladigan to'lqin dinamikasi va difraksiyasi nazariyasining rivojlanishiga hissa qoʻshish hamda takomillashtirishga erishilgan.

Asosiy mavzular

  • DISSertatsiyaning asosiy mazmuni: Kirish qismida dissertatsiya tadqiqotining dolzarbligi va zaruriyati asoslab berilgan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekt va predmetlari shakllantirilgan. Tadqiqotning Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga muvofiqligi ko'rsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon etilgan. Olingan natijalarning ishonchliligi asoslangan, ularning ilmiy va amaliy ahamiyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi, ishning aprobatsiyasi, chop etilgan ishlar, dissertatsiya tuzilishi va hajmi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan.
  • XULOSALAR: 1. Deformatsiyalanuvchi (qovushqoq-elastik) Kossera muhitidan iborat bir, ikki va ko'p qatlamli to'lqin o'tkazgichga turli xil kontakt shartlari bajarilganda xos to'lqinlar tarqalishini oʻrganish metodikasi, algoritmi va dasturi ishlab chiqilgan. 2. Kossera muhitidan tashkil topgan uzun qatlamli mexanik sistemada garmonik yuklanishlar ta'sirida hosil boʻladigan kuchlanish deformatsiya holatini topish metodikasi va algoritmi ishlab chiqildi. 3. Sirt to'lqinlarini Kossera muhitida tarqalishini ifodalovchi tebranishlar chastotasi va faza tezligini topish masalasini yechish metodikasi va algoritmi ishlab chiqildi. Sirt to'lqinlarni faza tezligi va chastotasi orasidagi munosabat qurildi. Reley to'lqinini dispersiyaga uchrash sohasi topildi. Olingan natijalarni klassik elastiklik yoki qovushqoqlik nazariyasi masalalari bilan solishtirildi. 4. Simmetrik boʻlmagan nazariya qo'llaganda plastinkada Lemb to'lqinidan tashqari yangi to'lqin paydo boʻlganligi bilan klassik nazariyadan farqlanadi. Qovushqoq xossasini hisobga olish faza tezligini haqiqiy qismini 5% gacha kamaytirar ekan. Faza tezligini mavhum qismi esa to'lqin soniga bogʻliq oshib borar ekan. 5. Dissipativ bir jinsli boʻlmagan mexanik sistemasida to'lqin tarqalishi muammosini yechish jarayonida faza tezligi tizimning fizik, mexanik va geometrik parametrlariga monoton boʻlmagan bog'liqlikligi topildi. 6. Guruh tezligi hech qachon faza tezligidan oshmasligi topildi. Dispersiya boʻlmagan muhitda guruh tezligi dispersiya boʻladigan muhitga nisbatan 10-15% yuqori boʻlishi topildi. 7. Dissipativ bir jinsli va bir jinsli boʻlmagan mexanik sistemalar uchun xos tebranishlar, hamda majburiy tebranishlar uchun olingan natijalar bir-birini to'ldirishi topildi. Dissipativ mexanik sistema majburiy tebranishlar amplitudasini global rezonans amplitudasi orqali baholanishi va dissipativ bir jinsli boʻlmagan mexanik sistema uchun nomonoton oʻzgarishi topildi. 8. Rezonans amplitudasini oʻrganish uchun global rezonans amplitudasi tushunchasi kiritildi va fizik mohiyati sonli eksperiment yordamida asoslab berildi. Dissipativ mexanik sistema majburiy tebranishlar amplitudasini global rezonans amplitudasi orqali baholanishi va dissipativ bir jinsli boʻlmagan mexanik sistema uchun nomonoton oʻzgarishi topildi.