Mаhаlliy xomashyo vа mаteriаllаr аsosidаgi ekspluаtаtsion xossаlаri yaxshilаngаn kompleks modifikаtsiyalаngаn issiqlik izolyatsiyalovchi ko‘pik beton
Ushbu dissertatsiya mavzusi Farg'ona politexnika instituti huzuridagi ilmiy kengashda PhD.03/07.06.2024.T.106.06 raqamli Ilmiy kengashining 2025 yil «__» soat majlisida bo'lib o'tadi. Tadqiqot O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurudagi Oliy attestatsiya komissiyasida B2024.2.PhD/T4026 raqami bilan roʻyxatga olingan. Dissertatsiya Qoraqalpoq davlat universitetida bajarilgan. Ushbu tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyo va materiallar asosida issiqlik izolyatsiyalovchi avtoklavsiz qotuvchi koʻpik betonlarning ekspluatatsion xossalarini yaxshilashdan iborat.
Asosiy mavzular
- Kirish: Ushbu qismda dissertatsiya tadqiqotini bajarishning dolzarbligi va zarurati asoslab berilgan. Oʻzbekiston Respublikasida fan va texnika rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga muvofiq ma'lumotlar keltirilgan, olingan natijalarning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati belgilangan, tadqiqot natijalarining ishlab chiqarishga tadbiq etilishi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi, shuningdek chop etilgan ilmiy ishlar toʻgʻrisidagi ma'lumotlar keltirilgan.
- Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Qurilish industriyasi sohasida mikrokremnezyomni qoʻllash quyidagi natijalarga ya'ni yuqori mustahkam betonlarni olish, va ularda kechadigan fizik va kimyoviy jarayonlar, suv shimuvchangligini bartaraf qilish usullari va kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha ishlab chiqilgan tavsiyaviy chora-tadbirlar, texnik adabiyotda berilgan maqolalar va ma'lumotlarning tahliliy obzori koʻrib chiqilgan.
- Tadqiqot usullari va qoʻllaniladigan materiallarning xossalari: Ushbu bobda texnik koʻrsatkichlar, dastlabki xomashyo va materiallarning kimyoviy, fizik, fizik-mexanik xossalari keltirilgan, shuningdek, plastifikatsiyalovchi kimyoviy qoʻshimchalar va mikrokremnezyom bilan modifikatsiyalangan issiqlik izolyatsiyalovchi koʻpik beton kompozitsiyalar tarkibini ishlab chiqish, shuningdek ularning asosiy fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalari batafsil yoritib berilgan.
- Issiqlik izolyatsiyalovchi koʻpik beton tarkibida qoʻllaniladigan qoʻshimchalarni tanlash: Ushbu bobda yuza faol moddalarning asosiy tavsiflari tahlil qilingan, yangi avlod plastifikatorlarini issiqlik izolyatsiyalovchi koʻpikbetonlarda qoʻllash imkoniyati koʻrib chiqilgan, koʻpikbetonning siqilishdagi mustahkamligini uning matritsasi mustahkamligidan aniqlash imkonini beruvchi qonuniyat keltirib chiqarilgan.
- Issiqlik izolyatsiyalovchi koʻpik betonning tarkibida mikrokremnezyom va plastifikatorni kompleks qoʻllashning koʻpik beton tavsiflariga ta'siri: Ushbu bobda mikrokremnezyomni issiqlik izolyatsiyalovchi koʻpik betonlarda qoʻllash imkoniyati va uning "VESTA HPR 801" Superplastifikatori bilan birgalikda koʻpik betonning fizik-mexanik hamda issiqlik-texnik xususiyatlariga koʻrsatadigan ta'siri aniqlangan.