Uglevodorod gazlarini qayta ishlash mahsulotidan antratsenni olish va u asosida kationitlar sintezi

Ushbu dissertatsiya ishi uglevodorod gazlarini qayta ishlash jarayonining ikkilamchi mahsuloti bo'lmish tar-mahsulotdan antratsenni ajratib olish hamda undan foydali sanoat chiqindilarini qayta ishlash asosida polimetilenantratsensulfokislota kationitini olish texnologiyasini ishlab chiqishga bag'ishlangan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, mavzuni oʻrganilganlik darajasi, tadqiqotning Oʻzbekiston Milliy universiteti ilmiy tadqiqot ishlari bilan bog'liqligi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari, tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati, natijalarning joriy qilinishi, tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi va e'lon qilinganligi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi haqida ma'lumot berilgan.
  • Tar-mahsulot tarkibini oʻrganish va kationit sintezi: Ustyurt gaz-kimyo majmuasining ikkilamchi mahsuloti tar-mahsulot tarkibi va xossalari oʻrganildi. Antratsenni sulfolash natijasida 1-antratsensulfokislota, antratsendisulfokislotalar sintezga ta'sir etuvchi omillar oʻrganildi. Sintez qilingan antratsensulfokislotalar asosida fazoviy tuzilishli polimetilenantratsensulfokislota sintez qilish uchun optimal sharoitlar aniqlandi. Sintez qilingan moddalarning tuzilishi, tarkibi va xossalari IQ-spektroskopiya, xromato-mass spektrometriya, SEM va termogavametriya usullaridan foydalanilgan holda aniqlandi.
  • Antratsen asosida moddalar sintezi: Foydalanilgan reaktivlar, uglevodorodlar pirolizi jarayoni ikkilamchi mahsuloti tar-mahsulotdan aantratsenni ajratib olish metodikasi, antrasensulfokislotalar va ular asosida fazoviy polimetilenantratsensulfokislotalar sintez qilish metodikasi, sintez qilingan moddalarning tahlil usullari va fizik doimiyliklari keltirilgan.
  • Polimetilenantratsensulfokislotalarning xossalari: Uglevodorodlar pirolizi jarayoni ikkilamchi mahsuloti tar-mahsulotdan olingan antratsen asosida sintez qilingan fazoviy tuzilishga ega polimetilenantratsensulfokislotaning sulfokationit sifatidagi ekspluatatsion xossalari oʻrganildi va amaliyotga joriy qilindi.
  • Texnologiya ishlab chiqish: Tar-mahsulotdan olinadigan antratsen fraksiyasi asosida fazoviy tuzilishli polimetilenantratsensulfokislotani sintez qilish texnologiyasi ishlab chiqildi. Texnologik jarayon uzlikli ishlaydi va tavsiflanadi.