Ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini kasbga yo‘naltirganlik asosida shakllantirish texnologiyalari
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti nofilologik oliy ta'lim muassasalari fizika ta'lim yo'nalishi talabalarining ingliz tilida o'qish kompetensiyasini kasbga yo'naltirilganlik asosida shakllantirish texnologiyalarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda chet tilini kasbga yo'naltirilgan holda o'qitishning zamonaviy konsepsiyalari, o'qishning lingvo-psixologik xususiyatlari, kasbiy mahoratni shakllantirishdagi o'qishning roli va o'qish turlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida ingliz tilida o'qish kompetensiyasini rivojlantirish bo'yicha ilmiy-metodik asoslar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Jumladan, "Texts on Specialty" oʻquv qoʻllanmasi yaratilgan va amaliyotga tatbiq etilgan. Shuningdek, bosqichma-bosqich yondashuv asosida talabalarda kasbiy matnlarni o'qib tushunish kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalari tajriba-sinov ishlarida oʻz tasdigʻini topgan va ta'lim sifatini oshirishga hizmat qiladi.
Asosiy mavzular
- Kitobning asosiy maqsadi va vazifalari: Nofilologik oliy ta'lim muassasalari talabalarining ingliz tilida o'qish kompetensiyasini kasbga yo'naltirilganlik asosida shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish. Maqsadga erishish uchun tadqiqot quyidagi vazifalarni bajaradi: kasbga oid matnlarni o'qishga yo'naltirilgan mashqlar kompleksini ishlab chiqish; ingliz tilidagi o'qish mazmunini fizika ta'lim yo'nalishiga oid kasbiy matnlarni tanlash orqali takomillashtirish; amaliy mashg'ulotlarda talabalarning kasbiy matnlarni o'qish kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan o'quv-uslubiy ta'minot yaratish; talabalarning o'qish kompetensiyasini o'rganish va "stage-by-stage" metodik yondashuv asosida tashkil qilishni asoslash.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Nutqiy ko'nikma-malakalarni shakllantirishda fizika ta'lim yo'nalishi talabalarining ingliz tilini bilish darajasiga ko'ra kasbga oid matnlarni o'qib tushunishga yo'naltirilgan maxsus mashqlar kompleksi ishlab chiqilgan; kasbiy matnlarni oʻqib tushunish kompetensiyasini shakllantirishda ingliz tilidagi oʻqish mazmuni fizika taʼlim yoʻnalishiga oid kasbiy matnlarni tanlash orqali takomillashtirilgan; amaliy mashg'ulotlarda fizika ta'lim yoʻnalishi talabalarning kasbiy matnlarni oʻqish kompetensiyasini takomillashtirishga qaratilgan oʻquv materiallari va amaliy topshiriqlardan iborat oʻquv-uslubiy ta'minot yaratilgan; fizika ta'lim yoʻnalishi talabalarining ingliz tilida o'qish kompetensiyasini "stage-by-stage" metodik yondashuv asosida tashkil qilish asoslangan.
- Tadqiqotning amaliy natijalari: Fizika ta'lim yoʻnalishi talabalarining ingliz tilidagi oʻqish koʻnikmasini kasbga yo'naltirganlik asosida shakllantirishga qaratilgan "Texts on speciality" oʻquv qoʻllanmasi yaratildi va amaliyotga tatbiq etildi; uslubiy ta'minot kasbiy matnlar asosida takomillashtirilgan; bosqichma-bosqich shakllantirish texnologiyasi ishlab chiqilib amaliyotga tatbiq etilgan.
- Xulosa: Nofilologik oliy ta'lim muassasalari fizika ta'lim yoʻnalishi talabalarining ingliz tilida o'qish kompetensiyasini kasbga yo'naltirganlik asosida shakllantirish muammosiga bag'ishlangan tadqiqot natijalariga ko'ra quyidagi xulosalarga kelindi: Chet tillarni oʻqitishni kasbga yo'naltirganlik umuminsoniy faoliyatning bir qismi sifatida kompetentivlikni talab qiladi; o'qish – lingvopsixologik xususiyatlarga ega; o'qishning psixofiziologik mexanizmi boshqa nutq turlari bilan integratsiyalashuvini ta'minlaydi; o'qish – intellektual boylikdan foydalanishga imkon beradigan kognitiv faoliyat; har xil mezonlarga ko'ra o'qish turlari farqlanadi; ingliz tilida o'qish kompetensiyasini shakllantirish uchun lingvistik, psixologik va professional yo'nalishdan kelib chiqib tanlangan matnlar muhimdir.