Tanqid va adabiyotshunosligimiz rivojida Ozod Shararafiddinov ijodining o‘rni va ahamiyati

Oʻzbek adabiyotshunosligida Ozod Sharafiddinovning oʻrni va ahamiyati

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, ishning fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga mosligi, muammoning oʻrganilganlik darajasi, maqsad, vazifalar, obyekt va predmet aniqlangan. Ishning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, ularning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltirilgan.
  • Bob 1. Badiiy ijod va adabiy tanqid uzviyligi: Adabiyotshunoslik tarixiga nazar: adabiy tanqid mohiyati va funksiyasi, Navoiy davri tanqid-adabiyotshunosligi anʼanalari oʻrganilgan. Adabiy tanqidchilikka doir bir qator oʻzbekcha va ruscha ensiklopedik va adabiyotshunoslik terminlari lugʻatlarida “Adabiy tanqid
  • Bob 2. Adabiy-tanqidiy tafakkur rivojida Ozod Sharafiddinov ijodining oʻrni: Ozod Sharafiddinov: yorqin iste'dod va sermahsul ijod. Adabiy-tanqidiy tafakkur rivojida olim ijodining oʻrni va munaqqid faoliyatining serqirraligi va koʻlamdorligi yaxlit-kompleks oʻrganilgan. Olimning yarim asr (1956-2005) davomida yaratgan adabiy-tanqidiy asarlarining janr va mavzu rang-barangligi, portret va esse-badialarining oʻziga xosligi, ularning adabiyot va tanqid-adabiyotshunoslikdagi oʻrni aniqlangan. Olimning ijodiy faoliyati sermahsul, serqirraligi, qamrovi, mavzu va janrlar xilma-xilligi, samaradorligi hamda ta'sirchanligi bilan oʻzbek tanqid-adabiyotshunosligining yalovbardori-patriarxi darajasiga koʻtarilganligi, zamonamiz qahramoni timsoliga aylanganligi ta'kidlangan. Ozod Sharafiddinov ijodi tufayli adabiy-tanqidiy tafakkur va qarashlarimiz sinfiylik, partiyaviylik, nigilizm, soxta sotsialistik mafkuraviy aqidalardan xalos boʻlib, koʻplab yirik soʻz sanʼatkorlari ijodini ilmiy hamda badiiylik mezonlari asosida tadqiq etishning yuksak bir namunasi va bu tanqid hamda adabiyotshunoslikning ham jiddiy yutugʻi sifatida xulosalangan.
  • Bob 3. Asar tili, uslubi va tarjimachilik muammolari: Til va uslub muammolari Ozod Sharafiddinov talqinida va Ozod Sharafiddinov – tarjimon va muharrir deb nomlangan fasllar bilan boyitilgan. Ijodkorning badiiy asarlarining til xususiyatlari, mumtoz adiblarning soʻz qoʻllash va maʼno ifodalash mahorati, matn tahlili kabi lingvopoetik xususiyatlari yetuk asarlar misolida yoritilgan. Tanqid va adabiyotshunoslikning yorqin sahifalari sifatida baholangan. Ayniqsa, taniqli ijodkorlarning ayrim asarlari tili va uslubidagi nuqsonlar Ozod Sharafiddinov talqinida jiddiy muammo tarzida haqqoniy koʻrsatilganiga ham e'tibor qaratilgan. Ozod Sharafiddinovning tanqidchi va adabiyotshunos sifatidagi butun ijodiy faoliyatida alohida oʻrin tutuvchi fazilatlardan biri, shubhasiz, uning tadqiqot va tahlillarida badiiy asar tili hamda adibning soʻz sanʼatkorligi masalasiga jiddiy ahamiyat berishida namoyon boʻlgan.
  • Xulosa: Ozod Sharafiddinovlar avlodi ham shonli va mashaqqatli, shu bilan birga samarali ijod yoʻllarini bosib oʻtganligi; uning badiiy ijodi va adabiyotshunoslikning murakkab mavzu va muammolarini keng yoritib berganligi; Oʻzbek adabiyotshunosligida qahhorshunoslik va choʻlponshunoslik shakllanishi, tadrijiy rivoji va boyishida Ozod Sharafiddinov tomonidan yaratilgan oʻnlab yirik tadqiqotlar hamda munaqqidning mashaqqatli faoliyati beqiyos ahamiyat kasb etishi; jadidlar hayoti va ijodini oʻrganishda Ozod Sharafiddinovning jasorati, fidoyiligi; uning ijodiy faoliyati, adabiy tanqidchilik faoliyati hamda “Zamon. Qalb. Poeziya”, “Adabiy etyudlar”, “Yalovbardorlar”, “Birinchi moʻjiza”, “Abdulla Qahhor”, “Choʻlponni anglash”, “Domlalar” kabi salmoqli tadqiqotlari zamonaviy oʻzbek adabiy tanqidchilik maktabi va adabiyotshunoslik saviyasini yuksaltirishi; Ozod Sharafiddinovning zamonaviy oʻzbek tarjima sanʼatiga tanqidchilik konsepsiyasini olib kirgani va tarjimachilik maktabining asoschilaridan biriga aylanganligi; uning Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi yosh isteʼdodlar ijodi va boshqa koʻplab tadqiqotlarga ustoz-rahnamoligi, “Jahon adabiyoti” jurnalidagi muharrir hamda noshirlik faoliyatidagi yuksak masʼuliyati, begʻarazligi, natijadorligi bilan ham ibratli va unutilmasligi ta'kidlangan.