Karam, loviya, mosh asosida yangi оziq-оvqаt qо‘shilmаlаri оlish vа ulаrni sinflаsh

Ushbu dissertatsiya ishi karam, loviya va mosh oʻsimliklari asosida yangi, immunitetni oshirish hamda yallig'lanish kasalligini davolashda qoʻllaniladigan oziq-ovqat qoʻshilmalarini yaratish, ularning kimyoviy tarkibini aniqlash, antioksidantlik va antiradikal faolligini isbotlash, hamda ularga TIF TN boʻyicha yangi tovar kodlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishga bag'ishlangan. Tadqiqot davomida olingan “As-Nafas” va “As-Immun” qoʻshilmalari inson salomatligini tiklashda, immunitetni oshirishda, yallig'lanish kasalliklarini oldini olish va davolashda samarali ekanligi isbotlandi.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, uning Respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga mosligi, muammoning oʻrganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti, tadqiqot usullari, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati va natijalarining joriy qilinishi haqida ma'lumot berilgan.
  • Ayrim oʻsimliklar (karam (brassica L), loviya (phaseolus vulgaris L) va mosh (phaseolus aureus)) ning kimyoviy tarkibi va ularning foydali xususiyatlari, xalq tabobatidagi oʻrni (adabiyotlar taxlili): Ushbu bobda dissertatsiya mavzusi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar va muammoning oʻrganilganlik darajasi batafsil tahlil qilingan. Yallig'lanish kasalligi, uni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalari, shuningdek, xalq tabobatida mazkur kasallikni davolashda qoʻllaniladigan dorivor oʻsimliklarning kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlari toʻgʻrisidagi ilmiy adabiyotlar tahlil qilingan.
  • Oʻsimliklar asosida tayyorlangan yangi oziq-ovqat qoʻshilmalarining kimyoviy tarkibi va ularni tadqiq etish (olingan natijalar muxokamasi): Karam, loviya, mosh oʻsimliklari asosida yaratilgan “As-Nafas
  • Yangi oziq-ovqat qoʻshilmalari tayyorlash va ularning xususiyatlarini oʻrganish (Eksperimental qism): Ushbu bobda karam, loviya va mosh oʻsimliklari asosida yaratilgan "As-nafas" va "As-Immun” yangi oziq-ovqat qoʻshilmalarining kimyoviy tarkibini, antioksidantlik va antiradikallik faolligini aniqlash usullarining batafsil metodikalari bayon qilingan.
  • Tabiiy oziq-ovqat qoʻshilmalar va sintetik preparatlarni yallig'lanish kasalliklarida qoʻllash: Ushbu bobda yallig'lanish kasalliklarini davolashda zamonaviy sintetik preparatlar va tabiiy "As-nafas” va “As-Immun” oziq-ovqat qoʻshilmalarining klinik sinov natijalari keltirilgan.
  • XULOSALAR: Dissertatsiya ishi doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Karam, loviya, mosh oʻsimliklari asosida yallig'lanish kasalliklarini davolash va oldini olish xususiyatiga ega boʻlgan "As-Nafas" va "As-Immun" nomli tabiiy oziq-ovqat qoʻshilmalari ishlab chiqildi. 2. Spektrofotometrik usul yordamida “As-Nafas” va “As-Immun
  • E'LON QILINGAN ISHLAR ROʻYXΑΤΙ: Ushbu bo'limda muallifning dissertatsiya mavzusi bo'yicha chop etilgan ilmiy ishlari ro'yxati keltirilgan.