Qoraqalpogʻiston Respublikasida bank xizmatlarini rivojlantirish yoʻnalishlari va istiqbollari (ATB Mikrokreditbank misolida)

Ushbu dissertatsiya avtoreferati Qoraqalpogʻiston Respublikasida bank xizmatlarini rivojlantirish yoʻnalishlari va istiqbollarini ATB Mikrokreditbank misolida tahlil qiladi. Unda mamlakatimizning bank tizimini isloh qilish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xorijiy mamlakatlar tajribasi, bank xizmatlari bozorining holati, uning rivojlanish tendensiyalari, shuningdek, Mikrokreditbank ATB Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialining faoliyati va asosiy koʻrsatkichlari tahlil qilingan. Tadqiqotda hudud iqtisodiyoti va kichik biznesni rivojlantirishda banklarning roli, bank xizmatlarining sifatini oshirish va raqamli texnologiyalardan foydalanish kabi masalalar yoritilgan. Shuningdek, bank aktivlari va kredit resurslari samaradorligini baholash hamda kelgusi yillar uchun prognozlar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Jahonda bank xizmatlari bozorida raqobatning kuchayib borishi va raqamli texnologiyalarning ustuvorligi sharoitida banklar faoliyatida moliyaviy xizmatlar samaradorligi va sifatini oshirish dolzarb muammolardan biri sifatida qaralmoqda. Mamlakatimizda ham iqtisodiyotni rivojlantirishda moliya institutlarini sifat jihatdan rivojlantirish va xizmat koʻrsatish madaniyatini oshirishga katta e'tibor qaratilmoqda.
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Mazkur dissertatsiya tadqiqoti respublika fan va texnologiyalar rivojlantirishning I. «Demokratik va huquqiy jamiyatni ma'naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish» ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq bajarilgan.
  • Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Banklar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar nazariyasining rivojlanishida turlicha yoʻndashuvlar va banklar xizmati bozorini rivojlantirish masalalari xorijlik va mahalliy olimlar tomonidan oʻrganilgan. Biroq, Qoraqalpogʻiston Respublikasida bank xizmatlari koʻrsatish soha maxsus izlanish obyekti sifatida yahlit oʻrganilib, uni rivojlantirish yoʻnalishlari va istiqbollari borasidagi ilmiy muammolarning amaliy yechimlari ishlab chiqilgan.
  • Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpogʻiston Respublikasida bank xizmatlarini rivojlantirish yoʻnalishlarini takomillashtirish va istiqbollarini asoslash boʻyicha taklif tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Vazifalari esa bank moliya xizmatlarining nazariy tahlili, hudud iqtisodiy oʻsishiga erishishda bank xizmatlarini koʻrsatishning istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlash hamda xorijiy tajribadan foydalanishni oʻz ichiga oladi.
  • Tadqiqotning obyekti va predmeti: Tadqiqotning obyekti sifatida ATB Mikrokredit bank Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali faoliyati olingan. Tadqiqot predmetini esa ATB Mikrokreditbank Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali tomonidan tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlari koʻrsatishni rivojlantirish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi.
  • Tadqiqotning usullari: Dissertatsiya ishida guruhlash, umumlashtirish, qiyosiy va omilli tahlil, dinamikada taqqoslash, iqtisodiy-matematik va statistik tahlil, ekspert baholash va prognozlash kabi usullardan foydalanilgan.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Mintaqada moliyaviy xizmatlar samaradorligini oshirish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda "oilaviy tadbirkorlik" dasturlari doirasida maqsadli loyihalar boʻyicha mikrokreditlarni ustuvor darajada ajratishning maqsadga muvofiqligi, mintaqada bank xizmatlarini rivojlantirishda hudud ixtisoslashuvi va infratuzilmaviy ta'minlanganlik darajasiga koʻra qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarining uzoq muddatli ijarasi asosida oʻz biznesini tashkil etishga kreditlar ajratishning maqsadga muvofiqligi, dasturlar boʻyicha kreditlarni optimallashtirishga koʻra ular doirasidagi soʻndirilgan kreditlar hisobidan shakllangan resurslarni mazkur hududdagi loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirishning maqsadga muvofiqligi hamda bank xizmatlari imkoniyatlarini tadbirkorlik subyektlariga faol jalb qilgan holda Mikrokreditbank ATB Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali boʻyicha kreditlar va depozitlar hajmining 2030 yilgacha ssenariyli prognozi ishlab chiqilgan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Mintaqada moliyaviy xizmatlar sifatini oshirish xususiyatlari va bank xizmatlari sohasini samarali tashkil etishning shart-sharoitlari aniqlashtirilgan, bank-moliya xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ilg'or xorijiy tajribadan foydalanish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Tadqiqot natijalarining ishonchliligi ishda qo'llanilgan yondashuv va usullarning maqsadga muvofiqligi, ma'lumotlar bazasining rasmiy manbalardan olinganligi, tadqiqotlar me'yoriy huquqiy hujjatlar va tahliliy ma'lumotlarga asoslanganligi hamda xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilganligi bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati xulosa va tavsiyalardan Qoraqalpog'iston Respublikasida bank xizmatlari sifati darajasini oshirish va sohani rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarining nazariy-uslubiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Amaliy ahamiyati esa hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda tadbirkorlik subyektlariga bank-moliya xizmatlarini koʻrsatishni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishda hamda sohaga oid oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tadqiqot natijalari asosida mintaqada moliyaviy xizmatlar samaradorligini oshirish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda «oilaviy tadbirkorlik» dasturlari doirasida maqsadli loyihalar boʻyicha mikrokreditlarni ustuvor darajada ajratish, bank xizmatlarini rivojlantirishda hudud ixtisoslashuvi va infratuzilmaviy ta’minlanganlik darajasiga koʻra qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini uzoq muddatga ijara asosida oʻz biznesini tashkil etishga kreditlar ajratish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan.
  • Tadqiqotning aprobatsiyasi va e'lon qilinishi: Dissertatsiya mavzusi boʻyicha 2 ta xalqaro va 4 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanida muhokamadan oʻtkazilgan. Tadqiqot mavzusi boʻyicha jami 13 ta ilmiy ish, jumladan, OAK e'tirof etgan milliy nashrlarda 3 ta, xorijiy jurnallarda 1 ta ilmiy maqola nashr etilgan.