Dinamik makroiqtisodiyot

Mazkur darslikda dinamik makroiqtisodiy jarayonlar va nazariyalar, iqtisodiy o’sish modellari, ishbilarmonlik sikllari va ularning turlari, iqtisodiy siyosatning asosiy yo'nalishlari, pul-kredit va fiskal siyosat, inflyatsiya, byudjet tizimi, davlat qarzi, valyuta kursi va boshqa muhim makroiqtisodiy tushunchalar va muammolar atroflicha tahlil qilingan. Darslik iqtisodiy tafakkur dunyosiga chuqur kirib borish, jahon va milliy iqtisodiyotni chuqur o'rganish, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va ularga tegishli xulosalar chiqarishda talabalarga qo'llanma bo'lib xizmat qiladi.

Asosiy mavzular

  • Iqtisodiyotda muvozanat: IS va LM egri chiziqlari kesishish nuqtasida iqtisodiy muvozanat holati ko'rsatiladi. Bu nuqta tovar va pul bozorlarida muvozanatni ta'minlovchi foiz stavkasi 'R' va daromad darajasi 'Y' ni aniqlaydi.
  • Pul-kredit siyosatining tamoyillari va vositalari: Pul siyosatida pul massasi miqdori, foiz darajasi va kreditlar boshqariladi. Foiz darajasi ustidan nazorat foizning hisob stavkasi darajasini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Hozirda barcha mamlakatlarda pul miqdorini tartibga solishda ochiq bozorda operatsiyalar (inglizcha – Open market operations), ya’ni davlat qimmatli qog’ozlarini taklif qilish usulidan foydalaniladi.
  • Fiskal (soliq-byudjet) siyosati: Davlat tomonidan iqtisodiyotga ta'sir ko'rsatish maqsadida soliqqa tortish va davlat sarfi tarkibini o'zgartirish bo'yicha qo'llaniluvchi chora tadbirlar.
  • Iqtisodiy o'sish: Iqtisodiy o'sish – bu jahon iqtisodiyoti rivojlanishining natijasida milliy mahsulot hajmi va aholi jon boshiga daromadning ko'payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi.
  • Ishbilarmonlik sikli: Ishbilarmonlik sikllari – bu o’z ishini asosan biznes korxonalarida tashkil etadigan xalqlarning umumiy iqtisodiy faoliyatida uchraydigan dalgalanish turi: tsikl ko’plab iqtisodiy faoliyatlarda bir vaqtning o’zida sodir bo’ladigan kengayishdan, so’ngra xuddi shunday umumiy retsessiyalar, qisqarishlar va jonlanishlardan iborat.