Tabiiy fanlar (Science)ni oʻqitishda o‘qituvchilarning o‘quv-metodik tayyorgarligini rivojlantirish (6-sinf misolida)
Ushbu dissertatsiya tabiy fanlarni oʻqitishda oʻqituvchilarning oʻquv-metodik tayyorgarligini rivojlantirishga bagʻishlangan. Tadqiqotda tabiiy fanlar (Science)ni oʻqitishda integrativ yondashuvlar, oʻquv-metodik tayyorgarlikni rivojlantirishning didaktik modeli hamda ushbu jarayonlarni takomillashtirish metodlari oʻrganilgan. Tadqiqot natijalari oʻqituvchilarning kasbiy malakalarini oshirishga, taʼlim sifatini koʻtarishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Tabiiy fanlarni oʻqitishda oʻqituvchilarning oʻquv-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning nazariy asoslari: Bobda ta'limda fanlararo integratsiyaning nazariy va uslubiy asoslari, tabiiy fanlar (Science)ni oʻqitishda o'qituvchilarning oʻquv-metodik tayyorgarligini rivojlantirish muammolari, konstruktiv yondashuvning ahamiyati, tadqiqot muammolari boʻyicha adabiyotlar tahlili keltirilgan.
- Tabiiy fanlarni oʻqitishda oʻqituvchilarning oʻquv-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimi: Ushbu bobda oʻqituvchilarning mavjud tayyorgarlik holati, fanni o'qitishda o'quv-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik modeli, oʻqituvchilarni tayyorlash dasturining mazmuni va tuzilishi, oʻquv jarayonini konstruktiv yondashuv asosida tashkil etish metodikasi masalalari yoritib berilgan.
- Tabiiy fanlarni oʻqitishda oʻqituvchilarning oʻquv-metodik tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi: Bobda pedagogik tajriba-sinov ishlarining mazmuni hamda ularning natijalari batafsil tavsiflangan. Tadqiqot natijalari koʻrsatishicha, oʻqituvchilarning oʻquv-metodik tayyorgarligi darajasi 13% ga oshgan.