Fertil yoshidagi ayollarda revmatoid aritrit kasalligida anemik sindrom

Ushbu monografiya revmatoid artrit kasalligi bilan og'rigan, ayniqsa fertil yoshdagi ayollarda uchraydigan kamqonlik (anemiya) sindromini rivojlanish mexanizmlari, diagnostikasi va davolash usullarini, shuningdek, ushbu holatda temir tanqisligi kamqonligi va surunkali kasalliklar kamqonligining o'zaro bog'liqligini atroflicha o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda revmatoid artrit fonida rivojlanayotgan turli xil kamqonliklar, ularning sabablari, tashxislash usullari va davolashning eng yangi zamonaviy yondashuvlari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Tadqiqot natijalari asosida revmatoid artrit bilan kasallangan ayollarda uchraydigan kamqonlikning turli ko'rinishlari, ularning klinik va laborator ko'rsatkichlari tahlil qilinib, davolash samaradorligini oshirish yo'llari ko'rsatib berilgan.

Asosiy mavzular

  • Revmatoid artrit va kamqonlik sindromi: Revmatoid artrit ko'p hollarda anemiya sindromi bilan birga kechadi. Kamqonlikning turlari ko'p, revmatoid artrit autoimmun kasallik bo'lgani sababli revmatoid artritda kamqonlik turlicha namoyon bo'lishi va kechishi mumkin. Revmatoid artritda anemiya tashxisini qo'yish uchun bemorda tekshirilgan umumiy qon taxlilini tekshiruvining natijalari etarli bo'lmaydi. Keng qamrovli tekshiruv o'tkazish kerak - anamnez yig'ish, tekshirish, bo'g'imlarni palpatsiya qilish, laboratoriya va instrumental tekshirish (qon bioximik taxlillarii, rentgen tekshiruvi, MRT va boshqalar) o‘tkazish kerak.
  • Temir tanqisligi kamqonligining rivojlanishi va diagnostikasi: Temir tanqisligi anemiyasi - bu organizmda temirning yetarli emasligi, bu esa gemoglobin va eritrotsitlarning shakllanishiga ta'sir qiladi. Bu holat ovqatlanish, qon ketishi, so'rilishning buzilishi va organizmning temirga bo'lgan ehtiyojining ortishi kabi omillar bilan bog'liq. Diagnostikada gemoglobin, eritrotsitlar, ferritin, transferrin, sTfR kabi ko'rsatkichlar o'rganiladi.
  • Surunkali kasalliklar kamqonligi: Surunkali kasalliklar kamqonligi (SKK) - bu surunkali yallig'lanish, autoimmun yoki o'sma kasalliklari fonida yuzaga keladigan ikkilamchi anemiya. Uning rivojlanishida yallig'lanishga qarshi sitokinlarning ta'siri asosiy rol o'ynaydi. SKK diagnostikasida gemoglobin, eritrotsitlar, EChT, leytsositlar, trombotsitlar va boshqa ko'rsatkichlar baholanadi.
  • Revmatoid artritda kamqonlikni davolash usullari: Revmatoid artritda kamqonlikni davolashda asosiy kasallikni davolash, temir preparatlari bilan davolash, rekombinant eritropoetin qo'llash va boshqa usullar qo'llaniladi. Davolash natijalari bemorning umumiy ahvoliga va kamqonlik turiga bog'liq bo'ladi.
  • Laborator va instrumental diagnostika: Tadqiqotda bemorlarda umumiy qon taxlili, bioximik tahlillar (temir, ferritin, transferrin, vitamin B12, gepsidin, sTfR) va rentgenologik tekshiruvlar o'tkazildi. Natijalar statistik tahlil qilindi va kamqonlik turlari aniqlandi.