Xiva xonligi solnomasi tarjimasida tarixiy koloritning berilishi (“Firdavs ul-iqbol” asarining Y.Bregel tarjimasi misolida)

Ushbu dissertatsiya Xiva xonligi solnomasi tarjimasidagi tarixiy koloritni Y. Bregel tomonidan ingliz tiliga qilingan tarjimasi misolida tadqiq qiladi. Tadqiqotda tarixiy asarlarda realiyalarning tarjimasi, uslubiy figura va troplarning saqlanishi, shuningdek, tarjimon mahorati kabi masalalar tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – tarixiy-adabiy asar tarjimasida tarixiy koloritni ifodalovchi realiyalar va badiiy-uslubiy vositalarning tarjima usullari va tarjimon mahoratini ochib berishdan iborat.

Asosiy mavzular

  • Xiva xonligi solnomalari va Y. Bregel tarjimasi: Ushbu bo'limda Xorazm tarixnavislik an'anasi, Xiva xonligi tarixiy solnomalari, jumladan, Munis va Ogahiyning “Firdavs ul-iqbol” asari hamda Y.Bregelning ushbu asarni ingliz tiliga tarjima qilish jarayonidagi ilmiy izlanishlari va fikrlari haqida ma'lumot berilgan.
  • Tarixiy realiyalarning tarjimada aks etishi: Bu bo'limda tarixiy asarlarda realiyalarning o'ziga xosliklari, ularning tasnifi, tarjima usullari va murakkabliklari, shuningdek, milliy-madaniy birliklarning tarjimada ifodalanishi, ularning realiyalari tahlil qilingan.
  • Stilistik figuralar va troplarning tarjimada saqlanishi: Ushbu bo'limda tarixiy-adabiy asarlarda tarixiy koloritni ifodalovchi uslubiy figura va troplarning (saj', metafora, metonimiya, personifikatsiya, evfemizm, giperbola, antiteza, alliteratsiya va boshqalar) tarjimada saqlanishi, ularning uslubiy ahamiyati hamda tarjimon mahorati tahlil qilingan.