O‘zbekiston yoshlari faoliyatida diniy va dunyoviy madaniyat uygʻunligini ta’minlashning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari

Ushbu dissertatsiya avtoreferati Oʻzbekiston yoshlari faoliyatida diniy va dunyoviy madaniyat uyg'unligini ta'minlashning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini tahlil qiladi. Tadqiqotda jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy barqarorligini ta'minlash, yoshlar hayotidagi ijtimoiy me'yor va ruhiyat omillarining konfessional va nokonfessional jarayonlar bilan bog'liqligiga oid taklif va tavsiyalar Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tatbiq etilgan. Shuningdek, zamonaviy o'zbek jamiyatida diniy va dunyoviy madaniyat uyg'unligini ta'minlashga doir konseptual yondashuvlarni ishlab chiqish,

Asosiy mavzular

  • Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Jahonda yuz berayotgan ijtimoi-siyosiy integratsiya, murosasizlik, oʻzaro adovat, toqatsizlik va salbiy munosabatlar natijasida yuzaga kelayotgan nizolar insoniyat taraqqiyoti va tinchligiga rahna solmoqda. Dunyoning aksariyat davlatlari garshi diniy xususiyatga ega boʻlsalar ham, dunyoviy qadriyatlarni qabul qilib, bugungi globallashuv sharoitida bir yo'nalishda harakat qilmoqdalar. Zamonaviy dunyo jamiyatning dindorlik darajasi va sekulyarizm tendensiyalari oʻrtasidagi ixtiloflar majmui sifatida yanada dolzarbdir. Dunyoning ko'plab ilmiy tadqiqot muassasalari, tadqiqot markazlari, va professional ta'lim dargohlarida yoshlar diniy va dunyoviy madaniyat uyg'unligini ta'minlashning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati, ustuvor jihatlari ijtimoiy-falsafiy jihatdan oʻrganilmoqda.
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga bog'liqligi: Tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy innovatsion g'oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo'llari” ustuvor yoʻnalishiga muvofiq bajarilgan.
  • Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Yoshlar faoliyatida diniylik va dunyoviylik madaniyat uyg'unligini ta'minlashga oid falsafiy tadqiqotlar asosan XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab olib borilgan bo'lsada, uning ijtimoiy-falsafiy genezisi, sotsiologik, ijtimoiy antropologik va psixologik fanlarning tadqiqot ob'ektlaridan biri boʻlib kelgan. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyevning ma'ruzalari, asarlarida oshib berilgan. “Islom dini bizni ezgulik va tinshlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da'vat etadi" deb alohida e'tirof etganlar.
  • Tadqiqotning obyekti va predmeti: Tadqiqotning obyekti sifatida Oʻzbekiston yoshlari faoliyatida diniy va dunyoviy madaniyat uyg'unligini ta'minlash jarayonlar tanlab olingan. Tadqiqotning predmeti yoshlarda diniy va dunyoviy madaniyat uyg'unligini ta'minlashga oid ijtimoiy jarayonlarning ijtimoiy-falsafiy asoslari tashkil etadi.
  • Tadqiqotning usullari: Tadqiqotning usullari: umumiy oʻzaro aloqadorlik, tarixiylik, tizimlilik tamoyillari, gipotetik deduktiv, anketali soʻrov usullaridan foydalanildi.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy barqarorligigini ta'minlashda yoshlar hayotiy faoliyatidagi ekzogen (ijtimoiy me'yor) va endogen (ijtimoiy ruhiyat) omillar konfessional va nokonfessional jarayonlar uyg'unligini ta'minlovchi paradigma ekanligi aniqlangan; zamonaviy o'zbek jamiyatida diniylik va dunyoviy madaniyatidagi ma'naviy muvofiqlik, madaniy an'analarning aksiologik faoliyat bilan optimal uyg'unligini ta'minlash, ijtimoiy davlatning barqarorlik belgisi ekanligi ilmiy asoslangan; yoshlar faoliyatida diniylik va dunyoviylik madaniyatining uyg'unligini ta'minlashda, “ma'rifatli avlod” ni shakllantirish dunyoviylik va diniylikning muhim algoritmi bo'lmish ma'naviy o'zlikni anglash plyuralistik jamiyatning shakllanishiga olib keluvchi ratsional yechim sifatida jamiyatda miqdor o'zgarishidan sifat o'zgarishiga olib keluvchi ijtimoiy kapital ekanligi falsafiy ochib berilgan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Diniy va dunyoviy madaniyat uyg'unligini rivojlanish omillari yuzasidan ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan; Jamiyatda diniy va dunyoviy madaniyat uyg'unligi transformatsiyasidagi zamonaviy tendensiyalari tadqiq qilinib, mustaqil tavsiyalar ishlab chiqilgan; Globallashuv davrida yoshlar diniy va dunyoviy madaniyat uyg'unligini yuksaltirish omillari hamda shart-sharoitlari hamda uning innovatsion yo'llarini takomillashtirish mexanizmlari ishlab chiqilgan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Tadqiqot natijalarining ishonchliligi respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiya materiallari to'plamlari, OAK ro'yxatidagi maxsus jurnallar hamda xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar, ularda muallif tomonidan ilgari surilgan xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotda joriy etilgani, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundan iboratki, unda yoritilgan fikr-mulohaza va xulosalardan oliy o'quv yurtlarida bakalavr, magistratura bosqichida o'tiladigan “Ijtimoiy falsafa”, "Madaniyat falsafasi”, “Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotining falsafiy tahlili", "Mediasavodxonlik”, “Estetika" va boshqa shu kabi fanlar hamda kurslarning tegishli ma'ruzalarini yangi pedagogik texnologiyalar bilan o'qitishda foydalanish mumkin. Ilmiy ahamiyati shundan iboratki, unda ilgari surilgan nazariy-falsafiy g'oyalardan, umumlashtirilgan ilmiy xulosalardan ijtimoiy gumanitar fanlar nazariyasi va amaliyoti boʻyicha o'tkaziladigan darslarda foydalanish mumkin.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Oʻzbekiston yoshlari faoliyatida diniy va dunyoviy madaniyat uyg'unligini ta'minlashning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari tadqiqotimizdan ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida: jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy barqarorligigini ta'minlash, yoshlar hayotiy faoliyatidagi ijtimoiy me'yor va ijtimoiy ruhiyat omillarning konfessional va nokonfessional jarayonlar bilan bog'liqligiga oid taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining 2023-2024-yillarda oʻtkazilgan targ'ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining 2023-yil uchun chora tadbirlar dasturining VI yoʻnalishida belgilangan "Millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglik boʻyicha targ'ibot-tashviqot tadbirlari, aholi oʻrtasida radikalizm illatini oldini olish" 28-bandi "Aholi, ayniqsa yoshlar orasida radikal kayfiyatlarni uyg'otishga, axloqsizlikni yoyishga qaratilgan buzg'unchi g'oyalarga qarshi samarali targ'ibot ishlarini tashkil etish" mavzusida targ'ibot ishlarini oʻtkazishda dissertatsiya materiallaridan (Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi ijtimoiy – ma'naviy tadqiqotlar markazining 2024-yil 27-iyuldagi 330-son ma'lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada, O'zbekiston yoshlari faoliyatida dini va dunyoviy madaniyat uyg'unligini ta'minlashning ijtimoiy -falsafiy jihatlarini tahlil etish va ga xizmat qilgan; zamonaviy o'zbek jamiyatida diniylik va dunyoviy madaniyatidagi ma'naviy muvofiqlik, madaniy an'analarning aksiologik faoliyat bilan optimal uyg'unligini ta'minlashga doir taklif va tavsiyalaridan Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "Oʻzbekiston” teleradiokanalining 2024-yil yanvar va may oylarida efirga uzatilgan "Ta'lim va taraqqiyo”, "Oʻzbekiston yoshlari” "Millat va ma'naviyat" dasturlari va senariylarni ishlab chiqish (Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "O'zbekiston" teleradiokanalining 2024-yil 25-iyuldagi 04-36-879-son dalolatnomasi) foydalanildi. Natijada, “Ta'lim va taraqqiyot", "Oʻzbekiston yoshlari”, “Millat va ma'naviyat” ddasturlarining senariylarini tayyorlashga hamda ijtimoiy davlatning barqarorlik omillarini ochib berishga xizmat qilgan.
  • Tadqiqotning aprobatsiyasi: Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 2 ta xalqaro va 3 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida ma'ruza koʻrinishida bayon etilgan hamda aprobatsiyadan oʻtgan.
  • Tadqiqot natijalarining e'lon qilinishi: Tadqiqot natijalarining e'lon qilinishi. Dissertatsiya mavzusi boʻyisha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini shop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 8 ta maqola, jumladan, 6 tasi respublika va 2 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan.
  • Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi: Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi. Dissertatsiya tarkibi kirish, ushta bob, to'qqizta paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Dissertatsiyaning umumiy hajmi 146 betni tashkil etadi.
  • DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI: Kirish boʻlimida mavzuning muhimligi va zaruriyati, masalaning oʻrganilganlik darajasi, ilmiy yangiligi, tadqiqotning milliy fan va texnologiyalarning asosiy ustuvor yo'nalishlariga bog'liqligi, ob'ekti, predmeti, usullari, maqsadi va vazifalari aniqlangan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, amaliyotga joriy etilganligi, aprobatsiyasi, chop etilgan ishlar, dissertatsiyaning tuzilishi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan. Dissertatsiyaning “Diniy va dunyoviy madaniyat uyg'unligini rivojlanish omillarini tadqiq etishning nazariy-metodologik asoslari” deb nomlangan birinchi bobida Bugungi kunda axborotlashuv jarayonlarining konstruktiv va destruktiv omillariga birdek javob bera oladigan, tarix saboqlaridan toʻgʻri anglab mantiqan yondashgan holda xulosa chiqara oladigan, yoshlarni ilmiy-diniy ongi, yoshlarda diniy va dunyoviy madaniyat uyg'unligini ta'minlashning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari bilan uyg'unlashtirgan ko'p qirrali yondashuvlar nazariy-metodologik jihatdan tadqiq etilgan. Bugungi kunda yoshlarda diniy va dunyoviy madaniyat uyg'unligini tahlil qilishga qaratilgan bir nechta ilmiy markazlar, dastur va loyihalar faoliyat yuritadi. Shuningdek, jamiyatda yoshlarda diniy va dunyoviy madaniyatni shakllanishi va genezisi, evolyutsiyasi, ijtimoiy-falsafiy xususiyati va fenomenologik mohiyati va uyg'unligini ta'minlashning konseptual asoslari bilan oʻzaro aloqadorligi ilmiy tahlili ko'rsatib berilgan. Ushbu bobning “Diniy va dunyoviy uyg'unlik namoyon boʻlishining ijtimoiy falsafiy tadqiqotlar ob'yekti sifatida” deb nomlangan birinchi paragrafida dissertant “din",
  • Diniy qadriyatlar: Diniy qadriyatlar insoniyatning ma'naviy, axloqiy va ruhiy hayotini shakllantiradi. U insonlarga hayotning ma'nosini, olamning kelib chiqishini va o'limdan keyingi hayotni tushunishga yordam beradi.
  • Dunyoviy madaniyat: Ilm-fan va texnologiya. Dunyoviy madaniyat ilm-fan va texnologiyaning rivojlanishiga asoslangan. U insonlarga olamni tushunish, yangi bilimlarni kashf etish va hayotni yaxshilashga imkon beradi.
  • An'analar va marosimlar: Diniy madaniyatda an'analar va marosimlar muhim o'rin tutadi. Ular insonlarni birlashtiradi, ularning tarixiy va madaniy merosini saqlab qoladi va ularning ruhiy hayotini boyitadi.
  • Individualizm va erkinlik: Dunyoviy madaniyat individualizm va erkinlikni ta'kidlaydi. U insonlarga oʻz hayotlarini oʻzlari tanlash, oʻz qarorlarini qabul qilish va oʻz qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradi.
  • Ijtimoiy taraqqiyot: Dunyoviy madaniyat ijtimoiy taraqqiyotni maqsad qilib oladi. U insonlarga o'z hayotlarini yaxshilash, kambag'allikni kamaytirish va jamiyatni rivojlantirishga imkon beradi.
  • Ijtimoiy rol: Diniy madaniyat jamiyatda muhim ijtimoiy rol o'ynaydi. U insonlarga axloqiy qoidalarni belgilaydi, jamoatchilikni birlashtiradi va ijtimoiy yordam ko'rsatishni ta'minlaydi.
  • Dialektik munosabatlar: To'qnashuvlar: Diniy va dunyoviy madaniyat o'rtasida doimo to'qnashuvlar bo'lib turadi. Bu to'qnashuvlar dunyoqarash, qadriyatlar va hayot tarzi farqlari tufayli yuzaga keladi. O'zaro boyitish: Diniy va dunyoviy madaniyat bir-birini boyitadi. Diniy madaniyat dunyoviy madaniyatga axloqiy qoidalarni, jamoatchilikni birlashtirish va ruhiy qadriyatlarni beradi. Dunyoviy madaniyat diniy madaniyatga ilm-fan va texnologiya, individualizm va ijtimoiy taraqqiyotni beradi. Kelishuv va hamkorlik: Diniy va dunyoviy madaniyat o'rtasida kelishuv va hamkorlik mumkin.
  • Xulosa: Oʻzbekiston yoshlari faoliyatida diniy va dunyoviy madaniyat uyg'unligini ta'minlashning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari dissertatsiya bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijasi boʻyicha quyidagi xulosalar taqdim etiladi: Birinchidan, Yangi Oʻzbekiston “Taraqqiyot strategiyasi