O'zbekiston tarixi
Ushbu kitob O'zbekiston tarixi, madaniyati va ma'naviy merosiga bag'ishlangan. Unda O'zbekiston davlatchiligining shakllanish bosqichlari, Turkistonning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi, sovet hokimiyatining o'rnatilishi, mustaqillik yillari va undan keyingi taraqqiyot yo'li kabi masalalar yoritilgan. Kitob talabalarga, o'qituvchilarga va O'zbekiston tarixi bilan qiziquvchilarga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- O'zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari: Bu mavzuda O'zbekiston hududida dastlabki davlatlarning tashkil topishi, Katta Xorazm, Qadimgi Baqtriya, So'g'diyona, Davan, Qang' kabi davlatlar, Kushonlar saltanatining o'rni va roli, qadimgi yozuvlarning paydo bo'lishi, Buyuk ipak yo'li kabi masalalar yoritilgan.
- O'zbek xalqining etnik shakllanishi: Bu mavzuda etnogenez, o'lkamiz hududlaridagi qadimiy mahalliy aholi va o'zbek xalqining shakillanish bosqichlari, o'rta asrlardagi etnik madaniy jarayonlar, O'zbek atamasi kabi masalalar yoritilgan.
- V-XII asrlarda O'zbek davlatchiligi va ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayot: Bu mavzuda Eftaliylar, Turk xoqonligi, arablar istilosi va unga qarshi kurash, Islom dinining yoyilishi, Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar davlatlari hukumronligi davrida Mavaraunnahr, G'aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazimshohlar davlatlarining tashkil topishi kabi masalalar yoritilgan.
- IX-XII asrlarda O'rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg'onish davri.Fan va madaniyatning yuksak ravnaqi: Bu mavzuda uyg'onish davrining iqtisodiy-ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlari, tabiiy va ijtimoiy fanlar, o'rta osiyolik olimlar va ularning ilm-fan ravnaqiga qo'shgan hissasi, O'rta Osiyolik buyuk muhaddis va dinshunos olimlar kabi masalalar yoritilgan.
- Mug'ullar istelosi va zulmiga qarshi kurash . Jaloliddin Manguberdi-Vatan himoyachisi: Bu mavzuda Mug'ullar davlatining tashkil topishi, Chingizxon va Xorazimshox munosabatlari, Jaloliddin Manguberdi - yur himoyachisi, mug'ullar istelosidan keyingi siyosiy vaziyat, Chig'atoy ulusi davrida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayot kabi masalalar yoritilgan.
- Amir Temur va temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot: Bu mavzuda XIV asr o'rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, Amir Temurning markazlashgan davlat tuzishi uchun kurashi va harbiy yurishlari, Temuriylar davrida Movaraunnahr va Xuroson, Amir Temur va Temuriylar davrida madaniy hayot kabi masalalar yoritilgan.
- CHor Rossiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati: Bu mavzuda Chor Rossiyasi Turkistonni bosib olishi,Mustamlakachilarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy siyosati, Mustamlakachilarga qarshi milliy-ozodlik harakatlari,Turkistonda jadidchilik harakati va milliy uyg'onish kabi masalalar yoritilgan.
- Sovet hokimiyatining O'zbekistonda amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy,iqtisodiy tadbirlarining mustamlakachilik mohiyati: Bu mavzuda O'zbekistonda sovet hokimiyatining amalga oshirgan yer-suv islohoti, XX asr 20-40 yillarda O'zbekistonda amalga oshirilgan ommaviy qatag'onlar, O'rta Osiyo milliy-davlat chegaralanishining o'tkazilishi, O'zbekistonda sanoatlashtirish siyosati va amaliyoti, O'zbekistonda "madaniy inqilob"va uning oqibqtlari kabi masalalar yoritilgan.
- Sovet davlatida ma'muriy buyruqbozlik tuzumining kuchayishi va inqirozi. O'zbekiston davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi: Bu mavzuda Sovet davlatida ma'muriy buyruqbozlik tuzumining kuchayishi va inqirozi, O'zbekiston davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi, Demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi kabi masalalar yoritilgan.
- Mustaqillik yillarida O'zbekistonning iqtisodiy, ma'naviy va madaniy taraqqiyoti hamda jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvi: Bu mavzuda mustaqillik yillarida O'zbekistonning iqtisodiy, ma'naviy va madaniy taraqqiyoti, O'zbekistonning tinchliksevar mustaqil tashqi siyosati, O'zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligi, O'zbekiston va Mustaqil davlatlar Hamdo'stligi, Tayanch tushunchalar kabi masalalar yoritilgan.