O‘zbekistonda yuk va yo‘lovchi tashishni tashkil etishning kichik tadbirkorlik shakllaridan foydalanish

Ushbu dissertatsiya O‘zbekistonda yuk va yoʻlovchi tashishni tashkil etishda kichik tadbirkorlik shakllaridan foydalanishning nazariy-uslubiy asoslarini takomillashtirishga hamda ushbu sohaga oid ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga bag'ishlangan. Tadqiqotda transport sohasidagi kichik biznesning oʻrni, uni rivojlantirish yoʻnalishlari, iqtisodiy samaradorligi, shuningdek, kelajakdagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqot maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti, ilmiy yangiligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, natijalarning joriy etilishi, aprobatsiyasi, e'lon qilinganligi va tuzilishi haqida ma'lumot beriladi.
  • Iqtisodiyotda yuk va yo'lovchi tashishni tashkil etishning nazariy-uslubiy asoslari: Birinchi bobda yo'lovchi va yuk tashishning iqtisodiy mazmuni, asosiy tamoyillari, avtotransport faoliyatining xususiyatlari, kichik biznesning transport sohasidagi o'rni va ahamiyati, hamda transport logistikasining mohiyati tahlil qilinadi.
  • Oʻzbekistonda kichik tadbirkorlik shakllaridan foydalanishning holati va rivojlanish tendensiyalari: Ikkinchi bobda Oʻzbekistonda yuk va yoʻlovchi tashishda kichik tadbirkorlikning hozirgi holati, uni rivojlantirish tendensiyalari, asosiy omillar, iqtisodiy-matematik modellar yordamida tahlili va hududiy xususiyatlari oʻrganiladi.
  • Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish strategiyalari va prognoz ssenariylari: Uchinchi bobda Oʻzbekistonda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha taklif va tavsiyalar, raqobatbardoshlikni baholash uslublari, kelajakdagi prognozlar va rivojlanish strategiyalari ishlab chiqilgan.
  • Xulosa: Tadqiqot natijasida kelingan xulosalar va tavsiyalar bayon etiladi.