Ўсмир қизларда ҳайз цикли бузилишлари келиб чиқишининг прогностик мезонларини ишлаб чиқиш ва коррекциялаш усуллари
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25 apreldagi PQ-216-sonli hamda 2020-yil 12 noyabrdagi PQ-4891-sonli qarorlari ijrosini ta'minlashga qaratilgan. Tadqiqot o'smir qizlarda hayz siklining buzilishi (O'SHQB)ni kamaytirish bo'yicha profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni optimal-lashtirishga qaratilgan. Aynan shu yondashuv orqali O'SHQB havf omillarini bartaraf etish, ular-ning asosatlarini kamaytirish va generativ potensialni oshirish imkonini beradi. Tadqiqot Respublikaning tibbiyot va farmakologiya sohasidagi VI ustuvor yo'nalishiga muvofiq amalga oshirilgan.
Asosiy mavzular
- Menstrual sikl buzilishlarining diagnostik ahamiyati: O'smir qizlarda menstrual sikl buzilishining rivojlanishida eng muhim omillar, ularning turlari, chastotasi va kelib chiqish sabablari o'rganilgan. Jinsiy rivojlanishning hormonal holati va undagi o'zgarishlarning bashorat qilishdagi roli, vitamin D va mikroelementlar tanqisligi sharoitida hormonal holatning shakllanish xususiyatlari va ularning korrelyasion bog'liqligi o'rganilgan.
- Genetik polimorfizmning roli: O'smir qizlarda aniqlangan gen polimorfizmlarining kasallik rivojlanishidagi prognostik samaradorligi belgilangan. Etiopatogenetik, kompleks va differensial yondashuvlarga asoslangan davolash usullari tanlab olingan va ularning samaradorligi baholangan.
- Vitamin D va mikroelementlar ta'siri: Vitamin D va mikroelementlar (Ca, Zn, Fe, Mg)ning defitsiti o'smir qizlarda gormonal statu-sning shakllanishidagi rolini va ularning menstrual sikl buzilishlariga ta'sirini o'rganilgan. D vitaminining defitsiti anomali bachadon qon ketishini 8,43 barobar oshirishi, oligomenoreya turidagi menstrual sikl buzilishlari esa 12,36 barobar oshirishi aniqlangan.
- Davolash usullari va reabilitatsiya: Menstrual sikl buzilishlarini prognozlash, erta aniqlash va davolash usullarini ishlab chiqishga qaratilgan. Ushbu tadqiqot natijalari bo'yicha ishlab chiqilgan usullar amaliyotga joriy etilgan bo'lib, bu esa tibbiyot jarayonlariga sezilarli yordam bergan.