METHODS OF EXAMINATION OF PATIENTS WITH RESPIRATORY SYSTEM DISEASES
Ushbu o'quv qo'llanmasi ichki kasalliklar propedevtikasi kursi doirasida nafas tizimi kasalliklari bo'lgan bemorlarni tekshirish usullarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda nafas tizimining anatomiyasi va fiziologiyasi, bemorlarni so'rovdan o'tkazish (anamnez), jismoniy tekshiruv usullari (inspeksiya, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya), laboratoriya va instrumental tekshiruv usullari batafsil yoritilgan. Qo'llanma nafas tizimi kasalliklarini tashxislashda zarur bo'lgan nazariy va amaliy bilimlarni o'z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Nafas tizimining anatomofiziologik xususiyatlari: Nafas tizimining tuzilishi, funksiyalari, unda amalga oshadigan gaz almashinuvi, havo o'tkazuvchi yo'llari va nafas olish organlarining tuzilishi, alveolalar va ularning ahamiyati, mukotsiliyar klirens haqida ma'lumot beradi.
- Tekshirish usullari: Bemorlarni so'rovdan o'tkazish (anamnez olsh) usullari, jumladan, pasport qismi, shikoyatlari, kasallik tarixi (anamnesis morbi), hayotiy anamnez (anamnesis vitae) yig'ishning ahamiyati. Jismoniy tekshiruvning asosiy usullari - inspeksiya, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya hamda ularning qo'llanilishi batafsil bayon etilgan.
- Laboratoriya usullari: Balg'amni tekshirish (makroskopik va mikroskopik), qon tahlili, qon gazlari, qon pH kabi laboratoriya tekshiruvlarining ahamiyati va ulardan olinadigan ma'lumotlar yoritilgan.
- Instrumental usullar: Nafas olish funksiyasining tashqi ko'rsatkichlarini (oksigemometriya, spirometriya, peak flow metriya) aniqlash, rentgenologik va tomografik tekshiruvlar, bronkoskopyya kabi instrumental usullarning qo'llanilishi va diagnostik qiymati tushuntirilgan.