СOVID-19 KASALLIGI OG’IR FORMALARIDA JIGAR FUNKSIONAL HOLATI
Ushbu monografiyada O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro tibbiyot instituti tomonidan COVID-19 infeksiyasining jigar faoliyatiga ta’siri, xususan, og‘ir formalarda jigar funksional holati o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasida SARS-CoV-2 virusining jigarga ta’sir mexanizmlari, immunitet tizimining faollashishi va tizimli yallig‘lanishning jigar shikastlanishiga olib kelishi, biokimyoviy va metabolik o‘zgarishlar hamda surunkali jigar kasalliklari, semizlik, diabet va boshqa omillarning COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda jigarning og‘ir kechishiga ta’sirining muhimligi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, ushbu asarda COVID-19 dan keyin surunkali jigar kasalliklarining oldini olish va davolash usullari, reabilitatsiya dasturlari, innovatsion yondashuvlar va biomarkerlar hamda ularning istiqbollari haqida ma’lumot berilgan.
Asosiy mavzular
- COVID-19 infeksiyasining jigar faoliyatiga ta'siri: SARS-CoV-2 virusining ACE2 retseptorlari orqali jigar hujayralariga to'g'ridan-to'g'ri zarar etkazishi, gipoksiya, immunitet tizimining faollashishi va tizimli yallig'lanishning jigar shikastlanishiga olib kelishi mexanizmlari, biokimyoviy va metabolik o'zgarishlar (fermentlar, koagulyatsiya, lipidlar, uglevodlar va aminokislotalar almashinuvi buzilishi) hamda surunkali jigar kasalliklari (yog'li jigar, sirroz, virusli gepatit) va boshqa yondosh omillarning (semizlik, diabet, gipertenziya) jigarga ta'siri batafsil tahlil qilingan.
- Surunkali jigar kasalliklarini COVID-19 dan keyin profilaktikasi va davolash usullari: COVID-19 infeksiyasidan keyin surunkali jigar kasalliklarining kuchayishini oldini olish va ularni davolash bo'yicha kompleks yondashuv, jumladan, emlash, parhez, jismoniy faollik, yomon odatlardan voz kechish, stressni boshqarish, dori-darmonlar bilan davolash, regenerativ tibbiyot, gen terapiyasi, nanotexnologiya va shaxsiylashtirilgan tibbiyot kabi innovatsion usullarning ahamiyati, reabilitatsiya dasturlari va bemorlarni monitoring qilish yoritilgan.