Buxoro tuman sharoitida beton kanallarni qurish ishlarini mexanizatsiyalashgan texnologik jarayonlarini takomillashtirish
Ushbu kitob Buxoro tumanidagi beton kanallarni qurish ishlarining texnologik jarayonlarini takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan. Unda kanallarni tozalashdan tortib, qurilish materiallari, melioratsiya ishlari, xavfsizlik choralari, va qonunchilikgacha bo'lgan turli jihatlar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Qoplamali kanallarni tozalash va ta'mirlash: Ushbu bobda sug'orish tizimlari kanallarini tozalash va ta'mirlash ishlari mexanizatsiyalashgan usullari, texnologik operatsiyalar va zarur jihozlar haqida ma'lumot beriladi.
- Mehnat muhofazasi: Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati, me'yoriy ta'minot, xodimlarning huquqlari, xavfsizlik texnikasi, changning turlari va changga qarshi kurashish usullari yoritilgan.
- Konstruktorlik qismi: Beton qoplamalarni o'pirilgan, yorilgan joylarini tonkretlash usulida ta'mirlash texnologiyasi ko'rib chiqilgan.
- Iqtisodiy qism: Buxoro tuman sharoitida beton kanallarni qurish ishlarining tannarxi, mashina va mexanizmlar ekspluatatsiyasi, qurilish materiallari xarajatlari hisoblab chiqilgan.
- Qisqacha geografik tavsif: Buxoro viloyatining iqlimi,tuproqlari, suv manbalari, aholisi, asosiy ekinlari va boshqa shu kabi ma'lumotlari keltirilgan.
- Beton qoplamali kanal qurilishida bajariladigan yer ishlari hajmlarini aniqlash.: Kanalning ko'ndalang kesimi yuzini aniqlash usullari va kanal boʻyicha bajariladigan ishlarning hajmi
- Ob'yektni qurilish muddatini aniqlash: Tayyorgarlik ishlari muddati, asosiy ishlar muddati, tugatish ishlari muddati va ularning aniqlash usullari
- Tuproqtepalarni loyihalash: Tuproqtepani shakli uchburchaksimon,Tuproqtepaning balandligi,Tuproqtepani ko'ndalang kesimini yuzini aniqlash usullari