Qodir baxshi Rahimov ijodida odob-axloq talqini
Ushbu malakaviy ish Qodir baxshi Rahimovning hayoti, ijodi, ayniqsa dostonlarida xalq odob-axloqini tasvirlash masalalarini oʻrganishga bagʻishlangan. Ishda Qodir baxshi dostonlaridagi nasihatlar tahlil qilinib, ularning oʻzbek xalq didaktikasidagi oʻrni, inson kamolotiga ta’siri koʻrsatib beriladi. Shuningdek, dostonlarda odob-axloq qoidalarini oʻrgatish tizimini ishlab chiqish zarurligi asoslanadi. Dostonlardagi ahloqiy mavzularga e’tibor qaratilib, ularning xalqning ma’naviy merosidagi ahamiyati ochib berilgan.
Asosiy mavzular
- Qodir baxshi hayoti va ijodi: Qodir baxshi Rahimovning tarjimai holi, ijodiy faoliyati va uning o'zbek dostonchiligi rivojiga qo'shgan hissasi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Qodir baxshi termalarining g'oyaviy-badiiy xususiyatlari: Baxshi termalaridagi odob-axloq mavzusi, vatanparvarlik, ustozlar qadri, hajviy termalar va ularning xususiyatlari tahlil qilingan.
- "Zaydinoy" dostonida ahloq-odob talqini: Dostondagi pand-nasihatlar, chiltonlarning duolari, yaxshi va yomon odamlar haqidagi tushunchalar, do'stlik, vafodorlik, odob va kamtarlik kabi axloqiy me'yorlar tahlil etilgan.