Asad Dilmurod nasrida muallif shaxsiyati va ijodiy tutum uyg‘unligi

Ushbu dissertatsiya O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida ro'yxatga olingan. Tadqiqot Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan. Dissertatsiya avtoreferati uch tilda (oʻzbek, ingliz, rus) tayyorlangan. Tadqiqotning maqsadi – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Asad Dilmurod (1947-2019) nasriy merosini muallif shaxsiyati va ijodiy tutumi uyg'unligi negizida ochib berishdir. Tadqiqotda Asad Dilmurod ijodiy biografiyasi, kamol topgan muhiti, ta'sirlangan manbalari, badiiy ijod psixologiyasi, qalb dialektikasi, ijodiy niyat, estetik ideal, badiiy-estetik konsepsiya, epik bayon tarzi kabi masalalar o'rganilgan. Shuningdek, Asad Dilmurod asarlarida falsafiy mushohadaning teranlashuvi, intellektual romanlarga xos xususiyatlar, ramziy-majoziy mazmun va badiiy ifoda serqatlamligi, poetik ifoda rakurslari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari 8 ta ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokamadan oʻtkazilgan va 19 ta ilmiy ish nashr etilgan.

Asosiy mavzular

  • Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Jahon adabiyotshunosligida shoir, yozuvchi va dramaturg ijodiy shaxsiyati, adabiy-estetik qarashlari va badiiy ijodining uyg'unligi, badiiy asarlaridagi muallif “men”i va uning mohiyatini oʻrganish muhim ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etadi. Asad Dilmurodning ijodiy shaxsiyati va ijodiy tutumi uyg'unligi hamda dunyo adabiyotida oʻz oʻrnini belgilash muhim vazifalar jumlasidandir.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Asad Dilmurod nasridagi shakliy-kompozitsion jihatlar va uslubiy individuallikni yuzaga chiqaruvchi tasvir vositalari, poetik usullar oʻziga xosligi kabi masalalar oʻzbek hamda jahon adabiyotshunosligi nazariy tushuncha va tamoyillariga tayanilgan holda asoslangan. Adib nasriy merosida yangi tipdagi qahramonlar obrazi, xatti-harakatlar ichki dinamikasi, hayotiy materialni tanlash va uni badiiy ifodalashning oʻziga xos usullari, badiiy tasvir va talqin poetikasidagi oʻzgarishlar ochib berilgan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Asad Dilmurod ijodiy biografiyasi, kamol topgan muhiti, ta'sirlangan manbalari bilan bog'liq jihatlar yozuvchining milliy nasrimizdagi shakliy-uslubiy izlanishlari misolida an'ana, adabiy ta'sir, ichki ma'naviy-ruhiy ehtiyoj bilan bog'lab, uzviylik hamda uzluksizlik konsepsiyasi negizida ochib berilgan. Adib nasriy merosida yangi tipdagi qahramonlar obrazi, xatti-harakatlar ichki dinamikasi, hayotiy materialni tanlash va uni badiiy ifodalashning oʻziga xos usullari, badiiy tasvir va talqin poetikasidagi oʻzgarishlar ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalardan foydalanilgan.
  • Tadqiqotning joriy qilinishi: Tadqiqot natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy jurnallarda 11 ta, jumladan, xorijiy jurnallarda 4 ta, respublika jurnallarida 7 ta maqola nashr qilingan. Tadqiqot natijalari bo'yicha tayyorlangan materiallar Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston tarixi” telekanali uchun foydalanilgan.