Qashqadaryo viloyati qishloq joylarida kambag‘allikni qisqartirish yо‘llari

Ushbu dissertatsiya tadqiqoti Qashqadaryo viloyati qishloq joylarida kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga bag'ishlangan. Tadqiqotda hududlarda kambag'allikni qisqartirish va barqaror rivojlanishni ta'minlash omillari aniqlangan, qishloq joylarida kambagʻallikka qarshi kurashishning oʻziga xos xususiyatlari va uni baholash usullari tahlil qilingan, viloyat va tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari va tizimli muammolari aniqlangan, tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan kambag'allik o'rtasidagi bog'liqlik asoslangan. Shuningdek, guruhlarga ajratish usuli orqali kambagʻallikni baholash va mavjud tafovutlarni tumanlararo kamaytirish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan, qishloq joylarida kambagʻallikni qisqartirishning ustuvor yoʻnalishlari asoslangan, viloyat va tumanlarda kambag'allik darajasini qisqartirishning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan hamda qishloq joylarida kambag'allikni qisqartirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Qashqadaryo viloyati qishloq joylarida kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Hududlarda kambag'allikni qisqartirish va barqaror rivojlanishni ta'minlash omillarini aniqlash, qishloq joylarida kambagʻallikka qarshi kurashishning oʻziga xos xususiyatlari va uni baholash usullarini tahlil qilish, viloyat va tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari va tizimli muammolarini aniqlash, tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan kambag'allik o'rtasidagi bog'liqlikni asoslash, guruhlarga ajratish usuli orqali kambagʻallikni baholash va mavjud tafovutlarni tumanlararo kamaytirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish, qishloq joylarida kambagʻallikni qisqartirishning ustuvor yoʻnalishlarini asoslash, viloyat va tumanlarda kambag'allik darajasini qisqartirishning prognoz parametrlari ishlab chiqish, qishloq joylarida kambag'allikni qisqartirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
  • Tadqiqot obyekti va predmeti: Tadqiqot obyekti sifatida Qashqadaryo viloyati tumanlari olingan. Tadqiqotning predmeti Qashqadaryo viloyati va uning tumanlarida kambag'allik bilan bog'liq ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
  • Tadqiqot usullari: Dissertatsiyada dialektik, mantiqiy fikrlash, ilmiy abstraksiyalash, tahlil va sintez, korrelyatsiya va regressiya, tizimli va qiyosiy tahlil, guruhlash va ekonometrik prognozlash usullaridan foydalanilgan.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Viloyat tumanlaridagi kam ta'minlangan oilalarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish maqsadida asbob-uskunalar va xomashyo xarid qilish bo'yicha xarajatlarni qoplashlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish asoslangan; viloyatda kambag'allik darajasi yuqori bo'lgan Dehqonobod tumanida bodomzorlar barpo qilish, kaliy zavodi shoxobchalarini tashkil qilish, Koʻkdala tumanida chorvachilikni (echkichilik) va uning mahsulotlarini qayta ishlash asosida junni tayyorlash sexini qurish, Chiroqchi tumanida ipak yetishtirish va undan shoyi matolar ishlab chiqish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish orqali hududiy bandlikni rag'batlantirish natijasida kambagʻallikni qisqartirish taklif etilgan; Shahrisabz, Kitob, Yakkabogʻ, Qamashi tumanlariga turizm salohiyatidan samarali foydalanish va kambagʻallikni qisqartirish maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi hisobidan 50 mln. dollar kredit mablag'lari 5 foiz imtiyozli stavkada ajratish orqali sayyohlik qishloqlari, uy-lagerlar, oilaviy mehmon uylari tashkil etish asosida kambag'al oilalarda qoʻshimcha daromad olish imkoniyati yaratilishi asoslangan; viloyat va tumanlarining oʻziga xos salohiyatini inobatga olgan holda, 2030-yilgacha kambag'allik darajasini qisqartirish boʻyicha maqsadli prognoz koʻrsatkichlari ishlab chiqilgan.