COVID-19 ASSOTSIRLANGAN REAKTIV ARTRITLI BEMORLARDA BO‘G‘IM SINDROMINING KECHISHINI SAMARALI BAHOLASH USULLARI

Ushbu uslubiy tavsiyanoma COVID-19 assotsirlangan reaktiv artritli bemorlarda boʻgʻim sindromining kechishini samarali baholash usullari haqida boʻlib, unda tadqiqotning maqsadi, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati, tadqiqot materiallari va usullari, natijalari, shuningdek, tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik hamda xulosalar va tavsiyalar batafsil yoritilgan. Tadqiqot 2021-2024 yillar davomida Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasida 195 nafar bemor ishtirokida oʻtkazilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Koronavirus kasalligi (COVID-19)ning kelib chiqishi, dunyo bo'ylab tarqalishi va uning o'pka hamda tayanch-harakatlanish tizimiga ta'siri haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, COVID-19 bilan bog'liq immun-shikastlanish kasalliklari, jumladan, reaktiv artrit belgilari yuzaga kelishi haqidagi ilmiy tadqiqotlar qayd etilgan.
  • Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 assotsirlangan reaktiv artriti mavjud bemorlarda boʻgʻim sindromini aniqlash va uning kechishini klinik baholash.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Tadqiqot natijalaridan shuni koʻrsatadiki, COVID-19 assotsirlangan reaktiv artrit asosan, oʻrtacha yoshdagi bemorlarda namoyon boʻladi va kasallikning davomiyligi 5 haftadan 42 haftagacha davom etadi.
  • Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Olingan ma'lumotlarga asoslanib, bemorlarda boʻgʻim sindromi bilan murojaat qilgan bemorlarda SARS-CoV-2 ga nisbatan IgG titrini aniqlash va taqqoslama tashxislashda muhim amaliy ahamiyatga ega.
  • Tadqiqot materiallari va usullari: Tadqiqot 2021-2024 yillar davomida Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasida 195 nafar bemor ishtirokida oʻtkazilgan. Tadqiqotga COVID-19 kasalligi bilan turli og'irlik darajada kasallangan, boʻgʻim sindromi mavjud 135 nafar bemor va solishtirish maqsadida 60 nafar urogenital etiologiyali ReA tashxisi tasdiqlangan bemorlar tanlab olindi.
  • Tadqiqot natijalari: Tadqiqotda ishtirok etgan bemorlarning oʻrtacha yoshi 46,25±7,6 ni tashkil etdi. Kasallik erkaklarga nisbatan ayollarni ustuvor shikastlaydi. Boʻgʻim sindromining davomiyligi 5 haftadan 42 haftagacha davom etadi. Tadqiqotda boʻgʻim sindromi monoartikulyar, oligoartikulyar va poliartrikulyar holatda kechganligi aniqlandi.
  • Xulosalar: COVID-19 assotsirlangan reaktiv artrit COVID-19 infeksiyasi tufayli paydo boʻladi, asosan, 50 yosh atrofi aholini shikatlaydi, erkaklarga nisbatan ayollar nisbatan koʻproq uchrashi, oʻtkazilgan COVID-19 infeksiyasidan keyin 1-12 haftada davomida paydo boʻlishi, oligo-; poliartritik shaklda 58.5% oʻtkir va 36.3% oʻtkir osti kechib, 5% holatdagina surunkali kechishi, boldir-tovon, tizza boʻgʻimlarini va qoʻl mayda boʻgʻimlari, bilakuzuk boʻgʻimlarini ustuvor shikastlashi kuzatiladi.
  • Tavsiyalar: Tashxislashda bemorlarning yoshini inobatga olish va barcha bemorlarda SARS-Co-V-2 IgG ning mavjudligini aniqlash, shuningdek, nosimmetrik oligo-; poliartrit bilan murojaat qilgan bemorlarda COVID-19 assotsirlangan reaktiv artritni istisno qilish tavsiya etiladi.