Yangi o‘zbek she’riyatida Vatan mavzusining badiiy talqinlari
Ushbu dissertatsiya mavzusi yangi oʻzbek sheʼriyatida Vatan mavzusining badiiy talqinlari, ularning mazmun-mohiyati va ijtimoiy-madaniy, tarixiy kontekstini ochib berishga bag'ishlangan. Tadqiqotda Vatan tushunchasining shakllanishi va taraqqiyoti, zamonaviy oʻzbek sheʼriyatida vatan mavzusining badiiy tasviri, mavzu talqinida ijodkorlarning oʻziga xosligi, davr talablariga mos badiiy ifoda talqinlari, vatan mavzusining badiiy talqinlari orqali xalqning milliy va madaniy merosini aks ettirishda milliy adabiyotning oʻrni ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqotning asosiy ilmiy yangiligi shundaki, yangi oʻzbek sheʼriyatida “vatan” konseptining shakllanishi va taraqqiyoti ilk bor tizimli ravishda oʻrganilgan. Ushbu konsept faollashuvining tarixiy, diniy, falsafiy va ijtimoiy omillari adabiy-estetik va tarixiy-kontekstual nuqtai nazardan ilmiy asoslab berilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ilmiy yangiligi, tadqiqot obyekti va predmeti, ilmiy-amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining joriy qilinishi va aprobatsiyasi hamda nashr etilgan ishlari haqida ma'lumot beradi.
- I bob. Yangi oʻzbek sheʼriyatida “vatan: Ushbu bobda Vatan tushunchasining millat bilan bog'liqligi, jadidlar davrida “vatan” konseptining shakllanishi, uning badiiy-falsafiy talqini, xususan, she'riyatda ifodalanishi, milliy oʻzlikni anglash vositasi sifatida
- II bob. 20-50 yillar oʻzbek sheʼriyatida vatan mavzusining badiiy talqinlari: Bobda 20-30 yillarda Vatan obrazining badiiy konsepsiyasi, ijtimoiy oʻzgarishlar hamda sovet mafkurasining taʼsiri, urush davri sharoitining “vatan” badiiy konsepsiyasiga ta’siri tahlil qilinadi.
- III bob. 60-80 yillar oʻzbek sheʼriyatida : Bu bobda 60-80-yillarda oʻzbek sheʼriyatida “vatan” badiiy konseptining mazmuniy oʻzgarishlari, xususan, sheʼriyatda vatan tushunchasining falsafiy, hissiy va ramziy talqinlar bilan boyitilishi, vatanparvarlik tuygʻularini yangi badiiy shakllarda ifodalashga alohida eʼtibor qaratilganligi yoritiladi.
- Xulosa: Dissertatsiyada olib borilgan tadqiqotlar yakunlari, xulosalar, milliy uyg'onish davrida “vatan” va “millat” tushunchalarining yangi mazmun kasb etishi, jadidlar tomonidan “vatan” konseptining rivojlanishi, 20-yillar oʻzbek sheʼriyatida “vatan” tushunchasining milliy, ijtimoiy va mafkuraviy oʻzgarishlar fonida rivojlanishi, urush davri sheʼriyatida “vatan” badiiy konsepsiyasiga ta’siri hamda 60-80-yillarda “vatan” badiiy konseptining oʻzgarishlari umumlashtirilgan.