Ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjimada transformatsiya hodisasi: linvokulturologik tadqiq
Ushbu dissertatsiya ingliz tilidan oʻzbek tiliga tarjimada transformatsiya hodisasini lingvokulturologik jihatdan tadqiq etadi. Tadqiqotda tarjimadagi transformatsiyalarning lingvistik va ekstralingvistik omillari, ularning tasnifi, qoʻllanishi va ahamiyati koʻrib chiqiladi.
Asosiy mavzular
- Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Dunyo tilshunosligida tarjimashunoslik sohasining turli aspektlarini kompleks yondashuv asosida tadqiq etishga katta e'tibor qaratilmoqda. Keyingi yillarda jahonning ilg'or tarjima maktablari, yetakchi markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, olim va tadqiqotchilar tomonidan matnlarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishning dolzarb masalalari hamda muammolari ustida ilmiy izlanishlar olib borishga boʻlgan qiziqishning ortib borayotganligi tarjimashunoslikning muhim yoʻnalishlaridan biri ekanligini koʻrsatmoqda.
- Tadqiqotning obyekti va predmeti: Tadqiqotning obyekti sifatida tarjimada qoʻllanilgan turli transformatsiyalar tanlangan. Tadqiqotning predmetini ingliz tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilishda qoʻllaniladigan transformatsiyalarning lingvokulturologik xususiyatlari tashkil etadi.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Ingliz tilidan oʻzbek tiliga tarjimada transformatsiya hodisasining lingvokulturologik tadqiqi asosida har ikkala tilda tarjima transformatsiyalari olib borilgan ilmiy-nazariy asos va konseptual yondashuv asnosida lingvistik va ekstralingvistik jihatdan tasniflanishi aniqlangan.
- Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalaridan “Tarjima nazariyasi” kursiga ingliz tilidan oʻzbek tiliga bevosita tarjima qilishda transformatsiyalarning lingvistik muammolarni hal etishdagi obyektiv sabablari, qoʻllanish koʻlami, tipologik jihatdan turli sistemalarga oid tillardagi tarjima muammolarini leksik-semantik sathda hal etish yoʻllarining koʻrsatib berilishi bilan belgilanadi. Shuningdek, tadqiqot natijalaridan “Tarjima nazariyasi” fanidan hamda “Ingliz tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilish muammolari” kabi fanlar uchun oʻquv-uslubiy materiallar yaratishda foydalanish mumkin.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tadqiqot natijalaridan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Erudit” innovatsion loyihasida, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida bajarilgan "Dunyo dinlari” elektron dasturi va mobil ilovasini yaratish mavzusidagi amaliy loyihada hamda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O'zbekiston” radiokanali DUK “Madaniy-ma'rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan "Ta'lim va taraqqiyot”, “Hidoyat sari” radiodasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan.