Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish
Ushbu dissertatsiya Oʻzbekistonda qurilish materiallari sanoatida innovatsion faoliyatni rivojlantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot hisoblanadi. Tadqiqotda qurilish materiallari sanoati korxonalarida innovatsion faoliyatning nazariy-uslubiy asoslari, innovatsion faoliyatni baholash metodikasi, Oʻzsanoatqurilishmateriallari uyushmasi tarkibidagi korxonalar, xususan, Ohangaronsement AJ misolida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Jahonda raqamlashtirish sharoitida iqtisodiyotning barcha sohalarida innovatsiyalarga investitsiya kiritish jarayoni jadal sur'atlarda amalga oshmoqda. "Global innovatsion indeks" ma'lumotlariga koʻra “2023-yilda innovatsiyalarni milliy iqtisodiyotga tatbiq yetish boʻyicha umumjahon reytingida Shveysariya (67,6 foiz), Shvesiya (64,2 foiz), AQSh (63,5 foiz), Buyuk Britaniya (62,4 foiz) va Singapur (61,5 foiz) yetakchi ulushga ega boʻldi". Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion faoliyat jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida strategik ahamiyat kasb etadi.
 - Tadqiqotning maqsadi: Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
 - Tadqiqotning vazifalari: Korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil etishning nazariy asoslarini tadqiq etish; sanoat korxonasida innovatsion faoliyat samaradorligini baholashga uslubiy yondashuvlarni tadqiq etish; sanoat korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini baholash boʻyicha ilg'or xorijiy tajribalarning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganish; respublikamiz qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida innovatsion faoliyatni tashkil etishning joriy holatini tahlil qilish; "Ohangaronsement" AJ da innovatsion loyihalarni joriy etish amaliyotini tahlil qilish va baholash; qurilish materiallari sanoati korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini baholash koʻrsatkichlarini shakllantirish; qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar berish.
 - Tadqiqot obyekti: “Oʻzsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi tarkibidagi "Ohangaronsement" AJ
 - Tadqiqot predmeti: Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish jarayonida vujudga keladigan tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
 - Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Uslubiy yondashuvga koʻra “innovatsion faoliyat" tushunchasining iqtisodiy mazmuni iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, resurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish hamda investitsiyalarni jalb qilish orqali barqaror rivojlanishni ta'minlovchi yangi mahsulotlar, texnologiyalar va ishlab chiqarish usullarini yaratish va joriy etish jarayonini korxonalar uchun xarajatlarni kamaytirish va bozordagi raqobat ustunligini mustahkamlash jihatidan takomillashtirilgan.
 - Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Olingan natijalar asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishda korxonalar faoliyatini rejalashtirish va innovatsion strategiyasini ishlab chiqishda, shuningdek, oliy oʻquv yurtlarida "Korxona iqtisodiyoti”, “Qurilish korxonalari iqtisodiyoti" fanlaridan ma'ruza matni, oʻquv qoʻllanma va darsliklar tayyorlashda ilmiy manba sifatida foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.
 - Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida uslubiy yondashuvga koʻra “innovatsion faoliyat" tushunchasining iqtisodiy mazmunini iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, resurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish hamda investitsiyalarni jalb qilish orqali barqaror rivojlanishni ta'minlovchi yangi mahsulotlar, texnologiyalar va ishlab chiqarish usullarini yaratish va joriy etish jarayonini korxonalar uchun xarajatlarni kamaytirish va bozordagi raqobat ustunligini mustahkamlash jihatidan takomillashtirilgan "Innovatsion iqtisodiyot" nomli oʻquv qoʻllanmani tayyorlashda foydalanilgan; qurilish materiallari sanoati korxonalarida ekologik yo'naltirilgan innovatsiyalarga investitsiya kiritishda jami kapital qoʻyilmalarida ekologik innovatsiyalarga ajratiladigan ulush (UEI = 10-20%), daromadning ekologik texnologiyalarga sarmoya kiritish ulushi (UETS = 5-10%), ekologik standartlarga javob beradigan uskunalar uchun ajratiladigan investitsiya (yillik investitsiya budjetining ≥ 30%) miqdoriy chegaralarini ta'minlash orqali atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirish taklifi Oʻzbekiston Respublikasi 2024-yil I choragiga mo'ljallangan investitsiya dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan; qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida energiya tejamkorligini ta'minlovchi istiqbolli raqamli texnologiyalardan foydalanishda Energy Management System (EMS) tizimlarini joriy qilish hisobiga umumiy energiya sarfini kamaytirish (15%≤EMS≤40%), sement va qurilish materiallari ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan texnologik jarayonlar ulushi (UATJ≥50%), raqamli simulyatsiya va modellashtirish orqali resurs tejamkorlikni oshirish (RSM≥20%) orqali ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilish taklifi “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning 2024-2030-yillarga moʻljallangan Innovatsion strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan; qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni ifodalovchi koʻp omilli ekonometrik model asosida “O'zsanoatqurilishmateriallari