Mustаqil tа’lim аsosidа bо‘lаjаk boshlаng‘ich sinf о‘qituvchilаrining kаsbiy mеtodik tаyyorgаrligini tаkomillаshtirish
Ushbu dissertatsiya Mustaqil ta'lim asosida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirishga bag'ishlangan. Unda zamonaviy ta'lim talablariga mos, yuqori malakali o'qituvchilarni tayyorlash, o'quv jarayonini samarali tashkil etish, pedagogik texnologiyalarni qo'llash va o'z-o'zini rivojlantirish kabi masalalar atroflicha o'rganilgan. Tadqiqotda kasbiy metodik tayyorgarlikni takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari, yangi metodlar va texnologiyalar taklif etilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, muammoning oʻrganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, ilmiy-amaliy ahamiyati, natijalarining ishonchliligi hamda joriy qilinishi asoslangan.
- I bob: Nazariy asoslar: Boʻlajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirishning nazariy asoslari, jahon ta'lim tizimidagi o'rni, mustaqil ta'limning mazmuni va uning ahamiyati, psixologik-pedagogik jihatdan moslashuvchanlik va oʻzini oʻzi tashkil etish konsepsiyasi tahlil etilgan.
- II bob: Metodik-texnologik asoslar: Mustaqil ta'lim asosida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirishning metodologik-texnologik blok, jarayonli-faoliyat bloki va natijaviy blokdan iborat modeli ishlab chiqilgan. Bu model asosida o'qitish jarayoniga tatbiq etiladigan loyihalashtirish, konstruktiv, tashkiliy va kommunikativ komponentlar o'rganilgan.
- III bob: Tajriba-sinov ishlari: Tadqiqotning amaliy natijalarini Toshkent, Qo'qon va Buxoro davlat pedagogika universitetlarida tajriba-sinov ishlarini o'tkazish orqali baholash va samaradorligini oshirish yo'llari aniqlangan. Tadqiqot natijalarining statistik va qiyosiy taxlili asosida ushbu o'zgarishlarning ijobiy samaradorligi isbotlangan.
- Xulosa: Dissertatsiya tadqiqotining asosiy natijalari va xulosalari umumlashtirilgan. Tadqiqot natijalari bo'yicha 14% ga yuqori samaradorlikka erishilganligi ta'kidlangan.
- Tavsiyalar: Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini mustaqil ta'lim vositalari asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar berilgan.