Belbog‘li kurash bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini mashqlantiruvchi vositalarning integratsiyasi asosida oshirish
Ushbu dissertatsiya avtoreferati belbog'li kurash bilan shug'ullanuvchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini mashqlantiruvchi vositalarning integratsiyasi asosida oshirishga bag'ishlangan. Unda belbog'li kurash sportchilari uchun jismoniy va texnik tayyorgarlikni rivojlantirishning dolzarb muammolari, ilmiy-amaliy tadqiqotlar, zamonaviy pedagogik va funksional yondashuvlar, shuningdek, genetik tadqiqotlar natijalari oʻz aksini topgan. Tadqiqotda sportchilarni tanlash, tayyorlash va baholash boʻyicha yangi metodik tavsiyalar taklif etilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Mavzuning dolzarbligi, uning zaruriyati, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga mosligi, muammoning oʻrganilganlik darajasi, dissertatsiya bajarilgan oliy ta'lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bogʻliqligi, dissertatsiyaning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti, tadqiqot usullari, ilmiy yangiligi, tadqiqotning amaliy natijasi, tadqiqotdan olingan natijalarning ishonchliligi, tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, va ularni amaliyotga joriy qilinishi, aprobatsiyasi, va e'lon qilinganligi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi haqida ma'lumot berilgan.
- Belbogʻli kurash boʻyicha oʻrganilayotgan muammoni adabiyotlardagi manbalarni nazariy-uslubiy tahlil qilish va umumlashtirish asosidagi holati: Birinchi bobida sport yakkakurashlarining milliy va xalqaro turlarini rivojlanishi xususiyatlari ochib berilgan. Nashr ishlarida 2000- yildan boshlab mamlakatimiz tadqiqotchilarining nashr ishlarida belbogʻli kurashni xalqaro darajadagi obro'sini oshirishga koʻmaklashadigan nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ega ishlar ham paydo boʻlgan. F.A.Kerimov, R.D.Xalmuxamedov, A.Abdiyev, Sh.A.Mirzakulov, Sh.S.Mirzanov, T.R.Ishmuxamedov, Z.S.Artiqov tadqiqotlarida ishlab chiqilgan konsepsiyaning bazaviy asoslari kurashning koʻpchilik turlarida, jumladan hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining maqsadga yoʻnaltirilgan siyosati tufayli muvaffaqiyatli rivojlanayotgan belbogʻli kurashda ham oʻz aksini topgan. Belbogʻli kurashda maxsus harakat sifatlarini rivojlantirish boʻyicha ishlarni tahlil qilishga bagʻishlangan, har xil ixtisosliklardagi kurashchilarni texnik-taktik tayyorgarligi Oʻzbekistondagi milliy kurash turlarini hamda belbogʻli kurashdagi taktika va strategiya tushunchalarining oʻrni va ahamiyatini hisobga olgan holda oʻrganilgan. Kurash sohasidagi yetakchi olimlar F.A.Kerimov, A.M.Novikov, Korjenevskiy, R.Z.Kamalov, K.N.Murodovlar sportchilarni texnik-taktik tayyorgarligi jarayonini takomillashtirish muammosini har tomonlama ishlab chiqishgan.
- Tadqiqot usullari va tadqiqotni tashkil qilinishi: Ikkinchi bobida quydagi usullar yoritilgan: ilmiy-uslubiy adabiyotlarni nazariy tahlil qilish va umumlashtirish, anketa-so'rov, pedagogik kuzatuv, tibbiy-biologik testlash, musobaqa bellashuvlarini va trenirovka mashg'ulotlarini xronometraj qilish, pedagogik testlash, pedagogik tajriba, matematik-statistik usullar. Tadqiqotlar 3 bosqichda – 2021-2024-yillar davomida oʻtkazilgan. Birinchi bosqich izlanuvchi bosqich (2021-2022-yillar). Tajribalar uchta mezosikllar (trenirovka siklini) doirasida oʻtkazilgan va oʻz tarkibiga bir xil davoymiylikdagi uchta etapni olgan. Ikkinchi bosqichda (2022-2023-yillar.) bitta kontingentdagi sportchilarning jismoniy rivojlanishi, funksional va jismoniy tayyorgarligini baholash boʻyicha tajriba ishlarining oʻtkazilishi paytida, belbogʻli kurashchi sportchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasi ketma-ket tartibda baholangan. Uchinchi bosqichda (2023-2024-yillar.) tajriba ishtirokchilari, ya'ni belbogʻli kurash bilan 5 yildan kam boʻlmagan muddat shugʻullanadigan yengil, oʻrta, ogʻir va absolyut vazndagi 30 nafar malakali sportchilar 4 ta guruhga ajratildi.
- Belbogʻli kurash bilan shugʻullanadigan sportchilarni vazn toifasini hisobga olgan holda jismoniy rivojlanishi, funksional holati va jismoniy tayyorgarligi strukturasi xususiyatlari: Uchinchi bobida belbogʻli kurashchilarning vazn toifasini hisobga olgan holda antropometrik belgilarini informativ ko'rsatkichlari keltirilgan (1-jadvalga qarang). Belbogʻli kurashchilarning morfologik koʻrsatkichlarini baholash uchun fiziologik tadqiqot metodlari, chunki mashg'ulot ta'sirlari va ayniqsa musobaqa yuklamalari barcha fiziologik jarayonlarning jadal namoyon boʻlishiga va ularning ish unumdorligining oshishiga yordam beradi. Yengil vazn toifasiga mansub boʻlgan belbogʻli kurashchilarning vazn-boʻy indeksi (VBI) 371.1±20.6 g/sm.ni, oʻrta vazn toifasidagilarniki – 430,2 ±22,4 g/sm.ni va ogʻir vazn toifasidagilarniki – 486.4±24.7gr/sm.ni tashkil qilgan. Absolyut vazn toifasiga ega boʻlgan kurashchilar uchun VBI koʻrsatkichlari 592.9±30.7 g/sm.ni tashkil qilgan. Tananing total kattaliklarining ortishi bilan belbogʻli kurashchilarning jismoniy rivojlanishini tavsiflaydigan vazn-boʻy indeksini chiziqli ketma-ketlikdagi ortishi sodir boʻladi. Har xil vazn toifasiga mansub boʻlgan belbogʻli kurashchilarning jismoniy ishchanlik qobiliyatlarining farqlari boʻyicha aniqlangan ma'lumotlar keltirilgan. Belbogʻli kurashchilarning vazn toifalarining ortishi bilan jismoniy ishchanlik qobiliyatining ortishi o'rtasida chiziqli bog'liqlik aniqlangan.
- Belbogʻli kurashchilarning jismoniy va funksional tayyorgarligini oshirish: Belbogʻli kurashchilarning jismoniy va funksional tayyorgarligini oshirish boʻyicha tajriba dasturi ishlab chiqilgan. Tajriba natijalari koʻrsatadiki, ishlab chiqilgan dastur an'anaviy dasturlarga nisbatan samaraliroq boʻlib, sportchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini sezilarli darajada oshirgan. Bu oʻz navbatida sportchilarning musobaqa natijalariga ijobiy ta'sir koʻrsatgan.