Kislorod tarkibli qo‘shimchalardan foydalanib benzinli avtomobilning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilash

Ushbu avtoreferat Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda Alimov Shuxrat Ikramovich tomonidan tayyorlangan "Kislorod tarkibli qoʻshimchalardan foydalanib benzirli avtomobilning ekspluatatsion koʻrsatkichlarini yaxshilash" mavzusidagi texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining qisqacha mazmunini oʻz ichiga oladi. Avtoreferatda dissertatsiya ishlari, ularning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, ilmiy yangiliklari, amaliy natijalari hamda tadqiqot natijalarining joriy etilishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti, Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga mosligi, tadqiqotning oʻrganilganlik darajasi, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bogʻliqligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining joriy qilinishi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Birinchi bob. Kislorod tarkibli qoʻshimchalardan avtomobil benzini uchun foydalanish boʻyicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlili: Avtotransport vositalarining (ATV) ichki yonuv dvigatellari (IYoD) uchun kislorod tarkibli suyuq moddalardan motor yonilgʻisi sifatida yoki bazaviy yonilgʻiga qoʻshimcha sifatida foydalanishdagi muammolarga bagʻishlangan ilmiy-tadqiqotlar tahlillarini, texnik ishlanmalar hamda patent ma'lumotlarini oʻz ichiga oladi. Kislorod tarkib qoʻshimchali yonilgʻilarning ba'zi sifat hususiyatlariga ekspluatatsiya sharoitining va ATV energo-ekologik koʻrsatkichlari, shuningdek issiqxona gazlari tashlanmasining ta'siri tahlil qilingan.
  • Ikkinchi bob. Benzinga murakkab kislorod tarkibli birikmalarni qoʻshish usullarini takomillashtirishning nazariy asoslari: Transport vositalari va ichki yonuv dvigatellarining ekspluatatsion koʻrsatkichlarini yaxshilash uchun murakkab kislorod tarkib qoʻshimchali benzindan foydalanishning yangi yondashuvini tasvirlaydi. Odatda spirtlar va efirlar avtomobil benziniga qo'shimchalar sifatida, asosan ularning oktan sonini oshirish uchun ishlatiladi. Ushbu tadqiqotda spirtlar va efirlardan avtomobil benziniga qo'shimcha sifatida birgalikda foydalanish birqancha yangi yondashuvga ega.
  • Uchinchi bob. Murakkab kislorod tarkib qoʻshimchali benzinli avtomobilning eksperimental tadqiqotlari: Eksperimental tadqiqot va poligon sinovi usulini, shuningdek laboratoriyaviy, stenddagi va poligondagi sinovlarda ishlatiladigan qurilmalar va oʻlchov asboblari haqida bayon qiladi. Asosi spirtlar va efirlar boʻlgan kislorod tarkib qoʻshimchali benzindan foydalanib benzinli avtomobilning ekspluatatsion koʻrsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan eksperimental tadqiqotlar nazariy natijalarni hamda hisoblash tadqiqotlarini tasdiqlash madsadida oʻtkaziladi.
  • Toʻrtinchi bob. Nazariy va eksperimental tadqiqotning umumlashtirilgan natijalari: Nazariy va eksperimental tadqiqotning baholash va taqqoslashi, ularning ekologik va iqtisodiy samaradorligining umumlashtirilgan natijalari keltirilgan. Xulosalar va tavsiyalar berilgan.
  • Xulosa: Kislorod tarkibli qoʻshimchalardan foydalanib benzinli avtomobilning ekspluatatsion koʻrsatkichlarini yaxshilash bo'yicha tadqiqot natijalari asosida xulosalar shakllantirilgan. Xulosalarda ilmiy-texnikaviy ishlanmalar va patent ma'lumotlari tahlili, hisoblash usuli, eksperimental tadqiqot usulubiyoti, laboratoriyaviy, stenddagi hamda eksperimental (poligon) tadqiqotlarning natijalari keltirilgan.