Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

Ushbu kitob boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi faniga bag'ishlangan bo'lib, unda ta'lim va tarbiya jarayonining mazmuni, metodlari, nazariyasi va uni tashkil etishning asosiy shakllari hamda turlari, ta'lim vositalari, shuningdek, tarbiya nazariyasi va uning umumiy metodlari, jumladan, axloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, tarbiyalash usullari, ta'lim tizimidagi global tendensiyalar, xalqaro loyihalar, ta'lim dasturlari, shuningdek, tarbiyaning umumiy metodlari, jumladan, axloqiy, aqliy, jismoniy, estetik tarbiya kabi keng qamrovli mavzular o'z ichiga oladi. Shuningdek, kitobda O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimining rivojlanishi, UNESCOning xalqaro tadqiqotlari, Jahon mamlakatlari ta'lim tizimi tarixi va pedagogika fani rivoji hamda umumiy didaktik nazariyalar, jumladan, boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, uning predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari kabi keng qamrovli mavzular o'z ichiga oladi.

Asosiy mavzular

  • Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni va vazifalari: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fani o‘qituvchi shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fani maqsad va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
  • Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining tadqiqot metodlari: Pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida alohida dolzarb metodologik masalalarni hal etish bilan chegaralanmasdan xususiy bilimlar tizimi sifatida pedagogika fani metodologiyasini aniq belgilab olish zarur. Bu birinchidan, pedagogik nazariyalarning ishonchliligini ta’minlasa, boshqa tomondan metodologik bilimlarsiz pedagogik tadqiqotlarni samarali tashkil etish va o‘tkazish mumkin emasligini uqtiradi.
  • Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi rivojlanishining asosiy qonuniyatlari: Shaxsning shakilanishida harakat o‘ziga xos omil sanaladi. Go‘dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi. Biroq, bu harakatlar keyinchalik reflekslar bo‘lib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo‘zg‘otuvchilarga javob tarzida yuz beradi. Go‘dakda nutqning hosil bo‘lishi, shuningdek, uning tomonidan tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo‘la boshlashi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro‘y berishi shaxs shakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi.
  • Boshlang‘ich ta’limda ta’lim nazariyasi: Didaktika (ta’lim jarayonining nazariyasi, yunoncha didaktikos “o‘rgatuvchi”, didasko “o‘rganuvchi”) ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi masalalarni tadqiq etadi.
  • Ta’lim metodlari haqida umumiy tushuncha: Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo‘llanilayotgan metodlar samaradorligiga bog‘liq bo‘lib, u ta’lim nazariyasida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi.
  • Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari: O‘quv tarbiyaviy ishlarni samaradorligi ta’lim shakllarini to‘g‘ri tanlashga bog‘liq. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarda ta’limni tashkil etish shakli tushunchasi turlicha talqin etilgan.
  • Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish: Diagnostika” (tashxis. yun. “diagnostikos” – bilish, aniqlash) tushunchasi “aniqlashga qodir” ma’nosini anglatadi. Ushbu tushuncha ilk marotaba tibbiyotda qadimgi Yunonistonda qo‘llanilgan.
  • Boshlang‘ich ta’limda tarbiya nazariyasi: Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, metodlari va tashkil etilishi masalalarini o‘rgatadi.
  • Boshlang‘ich ta’limda tarbiya turlari: Tarbiya – shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.
  • Tarbiyaning umumiy metodlari: Tarbiya metodi (yunoncha “metodos” – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Ta’lim va tarbiya muassasalarida qo‘llaniladigan metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullar majmuasi hisoblanadi.
  • Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar jamoasini shakllantirish bosqichlari: Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) – bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh.
  • Ta’lim muassasasi menejmenti: Menejment (inglizcha: management) – boshqarish, tashkil etish) – maxsus boshqarish faoliyati hisoblanadi. Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish tamoyili ta’limni tashkil etish va uning sifatini oshirishda davlat va jamiyatning ta’lim muassasalarini boshqarishda hamkorlikka erishishni nazarda tutadi.
  • Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi tarixi: Pedagogika tarixi – ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda etakchi o‘rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o‘rganadi.
  • VII asrdan IX asrning birinchi yarmigacha O‘rta osiyodagi maktablarda tarbiya va pedagogik fikrlar: XIV-asr oxiri va XV-asr Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy iqtisodiy siyosiy, madaniy-ma’naviy va ma’rifiy hayotidagi tub burilish, gullab yashnagan ikkinchi Uyg‘onish davri bo‘lib tarixda abadiy qoldi.
  • Sharq uyg‘onish davrida boshlang‘ich ta’limga oid pedagogik fikrlarning rivojlanishi: X-XI asrlar sharq uyg‘onish davrining dastlabki bosqichi bo‘lib, bu davrda arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta’sir etdi.
  • Sharq pedagogik ta’limotida ta’limiy-axloqiy qarashlar: So‘fiylik ta’limoti VIII asr oxiri IX asr boshlarida va O‘rta Osiyoda keng tarqaldi. So‘fiylik ta’limoti VIII asr oxiri IX asr boshlarida va O‘rta Osiyoda keng tarqaldi. So‘fiylik ta’limoti VIII asr oxiri IX asr boshlarida va O‘rta Osiyoda keng tarqaldi.
  • XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movarounnahrda boshlang‘ich maktablarda tarbiya: Tarbiyaviy faoliyatning bunday shakllari estetik tarbiya vositalari deb ataladi.
  • XVII asrdan XX asrning birinchi yarmigacha boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar rivoji: O‘quv va tarbiyaviy ishlar hamrovli (kompleks), tavsiyali, jamlovli ishlardan iborat bo‘ldi. Bu ishlar belgilangan dastur
  • Hozirgi davrda jahon mamlakatlari boshlang‘ich ta’lim tizimi tarixi va pedagogika fani rivoji: Jahon mamlakatlari ta’lim tizimi. Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarida ta’lim-tarbiya ishlarining yo‘lga qo‘yilishi, maktablarda amalga oshirilgan muvaffaqiyatlarni o‘rganish orqali biz mustaqil O‘zbekistonda milliy ta’lim tizimlarini yangidan tashkil qilishda boy manbaalarga ega bo‘lamiz.