Non ishlab chiqarishda mаhаlliy tritikаlе unidan ratsional fоydаlаnish
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti O'zbekistonning quruq iqlim sharoitida yetishtirilgan mahalliy tritikale donining unboplik va texnologik xossalarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda tritikale unidan non va non mahsulotlari ishlab chiqarishning ratsional usullari ishlab chiqilgan va bu borada eksperimental tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqot natijasida mahalliy tritikale unining kimyoviy tarkibi, aminokislotalar va vitaminlar tarkibi, shuningdek, novvoylik xossalari o'rganilgan. Ushbu ma'lumotlar asosida mahalliy tritikale unini bug'doy va javdar unlari bilan aralashtirib, turli nisbatlarda kompozitsion unlar tayyorlangan va ulardan non mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Tadqiqot natijalari bug'doy va javdar unlariga nisbatan tritikale unining oqsil miqdori va aminokislotalar tarkibi jihatidan ustunligini ko'rsatdi. Shuningdek, tritikale unining non mahsulotlarining saqlash muddatini uzaytirish va sifatini yaxshilashdagi ahamiyati ham aniqlangan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, non ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Tritikale donining xossalari, ushbu don unidan novvoylik sanoatida foydalanishning hozirgi holati va istiqbollari: Ushbu bobda dissertatsiya mavzusi boʻyicha xalqaro va respublikamizdagi ilmiy-tadqiqot ishlari sharhi keltirilib, unda tritikale, bug'doy va javdar donlarining kimyoviy tarkibi, unboplik hamda texnologik xossalarini qiyoslash boʻyicha olib borilgan mavjud ilmiy tadqiqotlarning tahlili, tritikale donini kompleks qayta ishlash va biomodifikatsiyalash natijasida olinadigan un navlari hamda boshqa mahsulotlar, tritikale uni hamda tritikale-bug'doy va tritikale-javdar unlari aralashmalaridan non mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar tahlili, Respublikamizning issiq va quruq iqlim sharoitlarida yetishtiriladigan tritikale donining istiqbolli navlari, ularning unboplik hamda texnologik xossalari keltirilgan.
- Xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarning tadqiq qilish hamda non mahsulotlarini tayyorlash usullari: Ikkinchi bobda tadqiqot materiallari, ularning tavsifi, xom ashyolarni tadqiq qilishning fizik-kimyoviy usullari, yarim tayyor mahsulotlarning xossalarini tadqiq qilish usullari, non mahsulotlarini sifati va oziqaviy qiymaini baholash usullari, tadqiqotlarning maxsus usullari, tajribalarni rejalashtirish va olingan natijalarni matematik tahlil qilish hamda ikkinchi bob boʻyicha xulosa keltirilgan.
- Mahalliy tritikale doni navlarining texnologik va novvoylik xossalari va ularning non mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati: Uchinchi bobda mahalliy va xorijiy tritikale doni asosiy navlarining agrotexnik, unboplik va novvoylik texnologik xossalarini aniqlash, qiyosiy tahlil qilish hamda tadqiqotlar uchun maqbul navni tanlash, mahalliy "Sardor”, “Temiryazevskaya 150" (Rossiya) va Dauren (Qozogʻiston) tritikale doni navlarining fizik-kimyoviy tavsiflarini ifodalovchi koʻrsatkichlarning aksariyati boshqa namunalarga nisbatan ustunligi aniqlangan.
- Ishlab chiqarish sharoitlaridagi tajriba-sinov natijalari va tadqiqot natijalarini amalga oshirishning iqtisodiy samaradorligi: To'rtinchi bobda mahalliy tritikale va novvoylik bug'doy uni turli nisbatlarining non chiqishi va sifatiga ta'siri boʻyicha ishlab chiqarish sharoitlaridagi tajriba sinovlari natijalari, mahalliy tritikale va javdar uni turli nisbatlarining non chiqishiga va sifatiga ta'siri boʻyicha ishlab chiqarish sharoitlaridagi tajriba sinovlari natijalari, mahalliy tririkale unidan mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalanishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash bo'yicha ma'lumotlar hamda to'rtinchi bob boʻyicha xulosalar keltirilgan.