Futbolchilarning texnik-taktik mahoratlarini, emotsional xolatlarga bog‗liqligini ba holashning metodik asoslarini takomillashtirish
Ushbu dissertatsiya futbolchilarning texnik-taktik mahoratlarini va ularning emotsional holatlarini baholashning metodik asoslarini takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda 16-17 yoshli o'smir futbolchilarning o'yin davomidagi harakatlari, ularning texnik-taktik ko'rsatkichlari hamda emotsional holatlari o'rganilgan va tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida futbolchilarning emotsional holatini aniqlash va stressga chidamliligini oshirish bo'yicha yangi metodikalar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, anketalashtirish, psixologik testlar, pedagogik kuzatuvlar, tajribaviy tadqiqotlar hamda matematik-statistik usullar qo'llanilgan. Tadqiqot natijalari Namangan va Andijon futbol akademiyalarida tatbiq etilgan va ularning samaradorligi tasdiqlangan.
Asosiy mavzular
- Dissertatsiyaning dolzarbligi va zarurati: Hozirgi kunda futbolni rivojlantirish, sportchilarning texnik-taktik mahoratlarini va emotsional holatlarini baholash metodikasini takomillashtirish dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Jahon sportida hamda futbolning taraqqiyoti jamiyat yuksalishining asosiy omillaridan bo'lgan va XXI-asr futbolining muammolaridan sanalgan futbolchilarni texnik-taktik va psixologik tayyorlash masalalaridan biri bo'lib kelmoqda. Zamonaviy sportning rivojlanishi uchun esa ilg'or tajribalarni professional darajada qo'llash va sport mashg'ulotlarining turli bosqichlarida boshqarishning ilmiy-metodik asoslarini yanada rivojlantirish zarur.
- Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Tadqiqotning maqsadi futbolchilarning texnik-taktik harakatlarini xususiyatlari hamda emotsional holatinini baholash metodikasini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: futbol akademiyalari 16-17 yoshli futbolchilarning oʻyin paytida koʻrsatgan texnik va taktik mahoratlarining samaradorligini, shuningdek ularning psixologik holatlari bilan bog'liqligini aniqlash hisobiga emotsional stresslarga bardoshlilik darajasining oshirish; futbolchilarni mashg'ulotlar va musobaqalar davomida texnik-taktik mahoratlarining ijobiy yoki salbiy oqibatlarini emotsional holatlarga bog'liqligini takomillashtirilgan sportchini emotsional holatini baholash metodini tajribada sinab asoslash hisobiga futbol amaliyotda qoʻllash uslublarini kengaytirish; 16-17 yoshli futbolchilarning emotsional holatini aniqlash uchun organizmni stressga bardoshli yoki bardoshsizliligini koʻrsatuvchi psixodiagnostik metodi parametrlari va shkalalarini ishlab chiqish hamda kategoriyalarga ajratish hisobiga psixoemotsional koʻrsatkichlarning mavjud qiymatlarini tizimli ro'yxatga olish imkoniyatlari kengaytirish; futbolchilarni emotsional holatini baholash boʻyicha takomillashtirilgan metodini mobil kompyuter ilovalarini ishlab chiqish hisobiga sportchilarni turli mashg'ulotlar va musobaqalar jarayonida murabbiylar tomonidan operativ tarzda baholash imkoniyatlari kengaytirish.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: futbol akademiyalari 16-17 yoshli futbolchilarining oʻyin paytida koʻrsatgan texnik va taktik mahoratlarining samaradorligini, shuningdek ularning psixologik holatlari bilan bog'liqligini aniqlash hisobiga emotsional stresslarga bardoshlilik darajasini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan; futbolchilarning mashg'ulotlar va musobaqalar davomida texnik-taktik mahoratlarini ijobiy yoki salbiy oqibatlarini emotsional holatlarga bog'liqligini takomillashtirish orqali o'yinda yuqori faollik darajasi va emotsional holatini nazorat qilish samaradorligi oshirilgan; 6-17 yoshli futbolchilarning emotsional holatini aniqlash uchun organizmni stressga bardoshli yoki bardoshsizliligini koʻrsatuvchi psixodiagnostik metodi parametrlari va shkalalarini toifalarga ajratish hisobiga psixoemotsional koʻrsatkichlarning mavjud qiymatlarini tizimli ro'yxatga olish imkoniyatlari kengaytirilgan; futbolchilarni emotsional holatini baholash boʻyicha takomillashtirilgan metodini mobil kompyuter ilovalarini ishlab chiqish hisobiga sportchilarni turli mashg'ulotlar va musobaqalar jarayonida murabbiylar tomonidan operativ tarzda baholash imkoniyatlari kengaytirilgan.
- Tadqiqotning amaliy natijalari: Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: tadqiqot ishida Farg'ona vodiysi futbol akademiyalari va respublikada faoliyat olib borayotgan yosh futbolchilarining texnik-taktik tayorgarligini va emotsional streslarning ta'sirini oʻrganish jarayonida futbolchilarni stresslarga tez yoʻliqishi- sportchining shaxsiy harkter sifatlari, emotsional yuklar, depretsiyalar, jaroxat stresslarinini va emotsional noxushliklarni yengib oʻta olmaslik futbolchilar faoliyati voqeliklari ilmiy adabiyotlar natijalari asosida qiyosiy tahlili taqdim etilgan; dissertatsiya materiallaridan, oliy oʻquv yurtlari Jismoniy madaniyat fakultetlari bakalavrlari va magistrlari uchun maxsus kurslar tashkil etish va futbolga ixtisoslashgan bolalar va o'smirlar sport maktabalari xususiy futbol maktablarida futbolchilarni tayyorlash boʻyicha murabbiylarga uslubiy qoʻllanma sifatida foydalanish mumkin.