Bo‘lajak muhandis-o‘qituvchilarni ijodiy loyihalash faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirish
Ushbu dissertatsiya Oʻzbekistonda professional ta'lim, xususan, boʻlajak muhandis-oʻqituvchilarni ijodiy loyihalash faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda mazkur sohaga oid ilmiy-nazariy asoslar, zamonaviy yondashuvlar va usullar tahlil qilinib, boʻlajak muhandis-oʻqituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ularni ijodiy loyihalash faoliyatiga tayyorlash boʻyicha yangi metodika va texnologiyalar taklif etilgan. Tadqiqot natijalari Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga va malakali kadrlar tayyorlash jarayonini yaxshilashga hissa qoʻshadi.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, uning Oʻzbekiston Respublikasi fan, texnologiyalar va ta'limning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiqligi, tadqiqot maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari, ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, ishning aprobatsiya natijalari, e'lon qilingan ishlar va dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi bayon etilgan.
- 1-bob. Bo'lajak muhandis-oʻqituvchilarni ijodiy loyihalash faoliyatiga tayyorlashni tadqiq qilishning nazariy-metodik asoslari: Ushbu bobda oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak muhandis-oʻqituvchilarni ijodiy loyihalash faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirish muammosi holati, ularni ijodiy loyihalash faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirishning mazmuni va mohiyati, metodik asoslari tadqiq qilingan va tavsifi yoritilgan. Shuningdek, kasbiy kompetensiyalar turlari va ularning shakllanishiga oid tamoyillar ko'rib chiqilgan.
- 2-bob. Bo'lajak muhandis-oʻqituvchilarni ijodiy loyihalash faoliyatiga tayyorlash texnologiyasi: Ikkinchi bobda texnika fanlarini oʻrganishda bo'lajak muhandis-oʻqituvchilarni ijodiy loyihalash faoliyatiga tayyorlash strukturasi ishlab chiqilgan hamda bo'lajak muhandis-oʻqituvchini ijodiy loyihalash faoliyatga tayyorlashning strukturali-mazmunli modeli, ijtimoiy-gumanitar ekspertiza va o'quv muhandislik loyihalashini tashkil etishning innovatsion texnologiyasi algoritmi taklif etilgan. Tadqiqot ishining asosiy tushunchalariga ta'riflar berildi va ularga aniqlik kiritildi hamda struktura, strukturali tahlil, tizim strukturasi, ijodiy loyihalash faoliyati uchun ijodiy loyihalash faoliyatiga tayyorgarlik jarayonini modellashtirish metodi va tizimning struktura tarkibiy qismlarini, tarkibiy qismlarni har birining vazifasini, ular orasidagi bog'liqlikni aniqlash va olingan natijalar asosida bo'lajak muhandis-oʻqituvchining ijodiy loyihalash faoliyatini shakllanish jarayonining qonuniyatlari asoslandi.
- 3-bob. Bo'lajak muhandis-oʻqituvchilarni ijodiy loyihalash faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirish boʻyicha tajriba-sinov ishlari: Uchinchi bobda bo'lajak muhandis-oʻqituvchini ijodiy loyihalash faoliyatga tayyorlashning strukturali-mazmunli modelini joriy etish, talabalarning ijodiy loyihalash faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga xizmat qiluvchi metodik ta'minotni amaliyotga tatbiq etish natijalari, tajriba-sinov ishlarini baholash mezonlari va natijalari tahlili bayon etilgan. Tajriba-sinov ishlari Toshkent davlat texnika universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Jizzax politexnika institutining Kasb ta'limi yoʻnalishlarida 2019-2022 yillar mobaynida o'tkazildi. Tajriba-sinov ishida jami 316 nafar talaba ishtirok etdi.
- Xulosa: Olib borilgan ilmiy-pedagogik tadqiqot natijalarining tahlili va yakunlariga asoslanib, boʻlajak muhandis-oʻqituvchining ijodiy loyihalash faoliyatini shakllantirish boʻyicha bir qator xulosalar va tavsiyalar berilgan. Xususan, ijodiy loyihalash faoliyati boʻlajak muhandis-oʻqituvchining shaxsiy-kasbiy sifati ekanligi, uning shakllanishida kontekst-faoliyatli yondashuv muhim ahamiyat kasb etishi, mazkur sohada yangi model va innovatsion texnologiyalar taklif etilganligi ta'kidlangan.