Mahalliy grek yongʻogʻi (Juglans regia) poʻstlogʻidan foydalanib bugʻdoy unini biologik faol moddalar bilan boyitish texnologiyasi

Ushbu dissertatsiya ishida mahalliy grek yongʻogʻi (Juglans regia) poʻstlogʻidan foydalanib, bugʻdoy unini biologik faol moddalar bilan boyitishning texnologik jihatlari va uning natijalari tadqiq etilgan. Tadqiqot natijasida grek yongʻogʻi poʻstlogʻi qoʻshimchasining oziqaviy qiymati va texnologik xossalari oʻrganilib, uni modifikatsiya qilishning samaradorligi aniqlangan. Boyitilgan un va undan tayyorlangan non mahsulotlarining inson organizmi uchun foydasi, xususan, vitamin va minerallarga boʻlgan ehtiyojni qondirishi, shuningdek, glikemik indeksni kamaytirishi isbotlangan. Tadqiqot ishi iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan ham foydali ekanligi koʻrsatilgan.

Asosiy mavzular

  • Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati: Jahonda aholini toʻlaqonli va xavfsiz iste'mol mahsulotlari bilan ta'minlash oziq-ovqat sanoatining ustuvor vazifalaridan biri boʻlib, global miqyosda barqaror rivojlanish, sog'liqni saqlash va iqtisodiy o'sishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, tarkibida vitamin va minerallarga boy boʻlgan oʻsimlik xomashyolari asosida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari alohida oʻrin tutadi. Bu borada nutrientlarga boy boʻlgan mahalliy grek yongʻogʻi yashil po'stlog'ini kimyoviy tarkibi va toksikologik xavfsizlik koʻrsatkichlarini tadqiq qilish, ulardan oqilona foydalanish asosida oziqaviy qoʻshimchalar olish, bug'doy unining sifat koʻrsatkichlarini oshirish boʻyicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega.
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Tadqiqot ishi respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining V. “Qishloq xoʻjaligi biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhitning muhofazasi" ustuvor yo'nalishi doirasida bajarilgan.
  • Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Turli un navlarini tabiiy qoʻshimchalar bilan boyitish va ulardan novvoychilik sanoatida foydalanish yoʻnalishidagi tadqiqotlar koʻplab xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan oʻrganilgan. Biroq yong'oq poʻstloqlari asosida qoʻshimchalar tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish, un mahsulotlarini ishlab chiqarishda oziqaviy qiymatning yo'qotilishini kamaytirish va ular asosida tayyorlanadigan non mahsulotlari sifatini yaxshilash hamda oziqaviy va biologik qiymatini oshirish boʻyicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar yetarlicha tadqiq etilmagan.
  • Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Tadqiqotning maqsadi mahalliy grek yongʻogʻi po'stlog'idan foydalanib, bug'doy unini biologik faol moddalar bilan boyitishning muqobil texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. Vazifalari: un va non mahsulotlari sifatini oshirish va kimyoviy tarkibini boyitish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tahlil qilish; mahalliy grek yong'og'i yashil po'stloqlarining kimyoviy tarkibi, texnologik xossalari va toksikologik xavfsizlik koʻrsatkichlarini tadqiq qilish; dastlabki ishlov berishning samarador usulini aniqlash; qoʻshimcha bilan boyitilgan bug'doy unidan non mahsulotlari retsepturasi va texnologik tartiblarini ishlab chiqish; boyitilgan non mahsulotining oziqaviyligi va biologik qiymatini hamda sifat koʻrsatkichlarini aniqlash; texnologik usulning iqtisodiy samaradorligini aniqlash.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Birinchi navli bug'doy unini mahalliy grek yongʻogʻi (Juglans regia) po'stlog'i tarkibidagi biologik faol moddalar bilan boyitish texnologiyasi ishlab chiqilgan; maqbul nisbatlari topilgan; inson organizmining vitamin va minerallarga boʻlgan kunlik fiziologik ehtiyojini oshirilganligi aniqlangan; non xamirini bijgʻish jarayonida bijgʻituvchi mikroflora hayot faoliyatining jadallashuvi hisobiga xamirning yetilish vaqtini qisqartirishi aniqlangan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: un mahsulotlarining tarkibini biologik faol moddalar bilan boyitishda mahalliy grek yong'og'i po'stlog'i kukunidan foydalanishning texnologik yechimi asoslangan; non mahsulotlarining glikemik indeksi va glikemik yuklamasini kamayishi uchun qoʻshimchadan foydalanish texnologiyasi ishlab chiqilgan; boyitilgan undan tayyorlangan oʻzbek obinon mahsulotini tayyorlash retsepturasi ishlab chiqilib, pishirish vaqtidagi yod mikroelementini yoʻqotilish koʻrsatkichlari aniqlangan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Tadqiqot natijalarining ishonchliligi laboratoriya va tajribaviy-ishlab chiqarish sharoitlarida aprobatsiyadan oʻtkazish natijalariga koʻra nazariy va tajriba maʼlumotlarini mos kelishi bilan tasdiqlangan.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Ilmiy ahamiyati: un mahsulotiga grek yongʻogʻi yashil po'stlog'i asosida tayyorlangan tabiiy qoʻshimchani qo'shish orqali non mahsulotlarining biologik faol komponentlar bilan boyitilishi eksperimental usullar asosida asoslab berilganligi. Amaliy ahamiyati: resurslardan samarali foydalanish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish, tannarxini kamaytirish va umumiy rentabellikni yaxshilash.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mahalliy sharoitda yetishtirilgan grek yongʻogʻi yashil po'stlog'i qoʻshimchasi qoʻshilgan I navli bug'doy uni ishlab chiqarish texnologiyasi “Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati" uyushmasining “2025-2027-yillarda amaliyotga joriy etiladigan ishlanmalar ro'yxati