Favqulodda holatlarda inson huquqlarini ta’minlashning huquqiy asoslari: xalqaro va milliy tajriba

Ushbu tadqiqot O'zbekiston Respublikasida favqulodda holatlarda inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashning huquqiy asoslarini, jumladan, xalqaro va milliy tajribani tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda favqulodda holatlarda inson huquqlarini cheklashning nazariy va huquqiy masalalari, ushbu cheklovlarning asoslari, maqsadlari, turlari va mezonlari batafsil o'rganilgan. Shuningdek, tadqiqotda inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha xalqaro standartlar va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Inson huquqlari va erkinliklarini cheklashning nazariy-huquqiy asoslari: Mazkur mavzu doirasida inson huquqlari va erkinliklariga huquqiy cheklovlarning mohiyati va tasnifi, shaxs huquqlari va erkinliklariga nisbatan huquqiy cheklovlarni bir xil qoʻllash masalasi, shuningdek, cheklashning nazariy tushunishda qiyinchiliklar hamda cheklashning shartlari, maqsadlari, asoslari, subyektlari, mazmuni va ularni qoʻllash tartibi boʻyicha olimlarning fikrlari tahlil qilingan.
  • Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlar qonunchiligida inson huquq va erkinliklarini qonuniy cheklash tizimi: Ushbu mavzu doirasida Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlarda inson huquq va erkinliklarini ta'minlash asnosida ayrim huquqlarni cheklash asoslari tahlil qilingan. Xususan, maxsus huquqiy maqomga ega boʻlgan shaxslar uchun inson huquq va erkinliklarini qonuniy cheklash hamda diniy huquq va erkinliklarni cheklash masalalari yoritilgan.
  • Favqulodda holatlarda inson huquqlarini ta'minlashning xalqaro-huquqiy jihatlari: Mazkur mavzu xalqaro-huquqiy nuqtai nazardan favqulodda holat instituti, uning mohiyati va xususiyatlari, shuningdek, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda inson huquq va erkinliklarini cheklashning xorijiy tajribasi va xalqaro hujjatlardagi talablar tahlil qilingan.
  • Xalqaro-huquqiy va mintaqaviy hujjatlarda favqulodda holatlar ta'minlashning oʻziga xos xususiyatlari: Ushbu bobda inson huquqlari boʻyicha xalqaro organlar tomonidan favqulodda holatlarni talqin qilishning xususiyatlari, shuningdek, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktning 4-moddasining talablaridan kelib chiqish zarurati va uning ustuvorligi ko'rib chiqilgan.
  • Maxsus huquqiy rejimni Oʻzbekistonda amalga oshirishning xususiyatlari: Mazkur bobda Oʻzbekiston Respublikasida maxsus huquqiy rejimni joriy qilish amaliyoti, xususan, Konstitutsiyaviy qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishi, shuningdek, COVID-19 pandemiyasi sharoitida inson huquqlarini cheklashning ayrim xususiyatlari tahlil qilingan.